Texnologiya ta’limi praktikumi fanidan o’quv uslubiy majmua


Yelimlarning turlari, tarkibi va hossalari



Download 13,16 Mb.
bet38/130
Sana22.04.2022
Hajmi13,16 Mb.
#572744
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130
Bog'liq
TEXNOLOGIYA TA\'LIM PRAKTIKUM

Yelimlarning turlari, tarkibi va hossalari.
Biriktiriladigan sirtlarga surkalganda va ma’lum sharoitlarda shu sirtlarni yopishtiradigan mustahkam qatlam hosil qiladigan xususiyatga ega bo’lgan moddalar yelimlar deb ataladi.
Kelib chiqishiga ko’ra, yelimlar ikki gruppaga: tabiiy va sintetik gruppalarga ajratiladi. Tabiiy yelimlar gruppasiga hayvonot yoki oqsilli (glyutin, kazein, albumin), o’simlik (moyli va dukkakli o’simliklar kunjarasi va shirdoni, tabiiy smolalar, natural kauchuk, kraxmal, dekstrin asosida tayyorlangan yelimlar), mineral (silikatli, asfaltli, bitumli) yelimlar kiradi. Mebel, faner va qurilish konstruksiyalari ishlab chiqarishda tabiiy yelimlardan (oz miqdorda) hayvonot yelimi ishlatiladi.
Sintetik yelimlar g’ovakdor moddalardan murakkab kimyoviy jarayonlar natijasida olinadigan sintetik smolalar asosida ishlab chiqariladi.
Elimlar asosiy yelimlash moddalari, erituvchi va yordamchi moddalardan tarkib topgan.
Eritgichlar asosiy yelim moddasini eritish hamda uni ma’lum konsentratsiyaga yetkazishga xizmat qiladi. Eritgichlarga suv, spirt, ishqorning suvdagi eritmasi, organik erituvchilar misol bo’la oladi.
Yordamchi moddalar yelim hosil qiluvchilar, to’ldirgichlar, katalizatorlar, qotirgichlar, stabilizatorlar, oshlovchilar, antiseptiklar, plastifikatorlar va ko’piklantiruvchi moddalarga ajratiladi.
Elim hosil qiluvchilar asosiy yelim moddasining eritma holatiga o’tishiga yordam beradi: ularga suyuq shisha, o’yuvchi natriy, ohak, ammiak kiradi.
To’ldirgichlar deb asosiy yelim moddasi sarfini kamaytirish va yuza sirtiga shimilishini kamaytirish uchun ishlatiladigan moddaga aytiladi. U yelimli chokdagi cho’kishni kamaytiradi. To’ldirgich sifatida yog’och uni, gips va boshqa moddalar ishlatiladi.
Katalizatorlar–sintetik smolalar ishlab chiqarishda smola hosil bo’lish jarayonini tezlashtirish uchun ishlatiladigan modda. Katalizatorlarga misol qilib anorganik va organik kislotalar, bu kislotalarning tuzlari, sulfonaftenli kislotalar, ishqorlarni ko’rsatish mumkin.
Qotirgichlar deb, smolali yelimlarning erimaydigan qattiq va suyuqlanmaydigan holatga o’tishini tezlashtirish uchun ishlatiladigan moddalarga aytiladi. Sovuq holatda qotadigan fenol-formaldegidli smolalar uchun qotirgichlar sifatida kerosin kontakti yoki sulfonaftenli kislotalar, karbamid-formaldegidli smolalar uchun ammoniy xlorid va kuchsiz (shavel, sut, chumoli) kislotalari qo’llaniladi.
Stabilizatorlar–yelimlarning yopishtirish xossasini, ularning konsentratsiyasini ma’lum vaqt davomida saqlab turishga yordam beradigan moddalar. Stabilizatorlar sifatida atseton, etil spirti, organik eritgichlardan foydalaniladi.
Oshlagichlar yelimlarga suvga chidamlilik xossasini beradi. Ularga urotropin, formalin, mis tuzlari misol bo’ladi.
Antiseptiklar–mikroorganizmlarni o’ldiradigan va yelim moddalariga biologik chidamlilik xossasini beradigan zaharli moddadir. Bunday moddalar sifatida fenol, krezol, formalin, sulfonaftenli kislotalar, natriy ftoritdan foydalaniladi.
Plastifikatorlar ko’pincha smolali yelimlarni plastikligini ta’minlaydi va yelimli choklarning mo’rtligini kamaytiradi.
Ko’piklanadigan moddalar – karbamidli smolalarni tejash maqsadida ko’piklantirishda foydalaniladi. Eng arzon va ko’p tarqalgan ko’piklantirish moddasi changsimon albumin hisoblanadi.
Elimlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: mahkam yopishishi, ishlatishga qulay bo’lishi, uzoqqa chidashi va uzoq vaqt saqlanishi; suvga chidamli (namlik yuqori sharoitlarda ishlatiladigan buyumlar uchun) va biologik jihatdan chidamli (mikroorganizmlarning yemiruvchi ishiga qarshilik ko’rsatadigan); yog’och tolasini yemirmasligi va uning tabiiy rangini o’zgartirmasligi; arzon bo’lishi, yelimlangan materiallarga ishlov berishda qirqish asboblarini o’tmaslantirmasligi; odam organizmi uchun zararsiz va alangalanmaydigan bo’lishi kerak.
Adgeziya yoki yopishtiruvchanlik, ikki har xil jinsli suyuq yoki qattiq jismlar sirtlari orasidagi bog’lanish. Yog’ochlarni va yog’och-qipiq plitalarni yelimlashda ko’pincha hayvonot yelimlari va karbamidli yelimlar yaxshi adgeziya hosil qiladi. Ulardan pardozlashda, mebellar uchun shitlar va plitalar tayyorlashda foydalaniladi.
Elimli birikmalarning mustahkamligi yelim chokining mustahkamlik chegarasi bilan xarakterlanadi. Yog’ochlarni yelimlashda ishlatiladigan yelimlarning hammasi hosil qiladigan mustahkamlik yorishga sinashda, mebel tayyorlash uchun belgilangan texnikaviy shartlarga mos kelishi (yopishtirilib pardozlashda kamida 10 kgk/sm2, boshqa hollarda yelimlashda kamida 20 kgk/sm2 bo’lishi) kerak.
Qovushoqlik deb suyuqlik (eritma) zarralarining o’zarosiljishi natijasida hosil bo’ladigan ichki ishqalanishga aytiladi. Yelimning qovushoqligi turli xil yopishtirish uchun (ish qovushoqligi) ishlatish mumkinligini ko’rsatadi. Shartli qovushoqlik ko’rsatkichi bo’lib, 200 sm3 yelim eritmasini viskozimetr (standart konsentratsiyali va temperaturali) soplosi orqali oqib o’tish vaqtini (sekund) xuddi shuncha miqdordagi 20°С temperaturali distillangan suvning oqib tushish vaqti (sekund)ga bo’lgan nisbati hisoblanadi.
Qovushoqligi yetarlicha bo’lmagan yelimlar yog’ochga tezda shimilib ketadi, shu sababdan yelimli birikma mustahkamligi pasayadi. Yelim qovushoqligi (har xil tipdagi yelimlar uchun turlicha bo’lgan) ortishi bilan ularning shimilish xossasi kamayadi va birikmaning mustahkamligi ortadi. Qovushoqligi ortib ketgan yelimlarni sirtga surkash qiyin, bunda ular odatda qalin mustahkam bo’lmagan yelim qatlami hosil qiladi. Elim eritmasining konsentratsiyasi deb, uning tarkibida quruq tovar yelimning protsent miqdoriga, smolali yelimlarda esa quruq moddalarga aytiladi va eritma massasiga nisbatan protsentlarda ifodalanadi. Yelim eritmasining konsentratsiyasi qancha yuqori bo’lsa, uning qovushoqligi shuncha yaxshi bo’ladi.
Suvga chidamliligi yelimli birikmaning nam ta’sirida mustahkamligini pasaytirmaslik xossasidir.
Elimlar suvga chidamliligi bo’yicha suvga chidamliligi oshirilgan, suvga chidamli va cheklangan suvga chidamli xillarga ajratiladi.
Suvga chidamli yelimlarga ko’pchilik sintetik yelimlar, cheklangan suvga chidamli yelimga kazein yelimlar, suvga chidamsiziga glyutenli yelimlar kiradi.
Elimlarning ishga yaroqliligi yelim eritmasining foydalanish uchun yaroqli holatini saqlab qolish vaqti bilan xarakterlanadi. Glyutinli yelimlardan tashqari, yelimlarning nshga yaroqliligi 2–8 soat bo’lishi mumkin. Shu vaqtdan keyin yelim-lar quyuqlashadi, buning natijasida yelimning yopishtirish xu-susiyati kamayadi va uni detal sirtiga surkash qiyinlashadi. Glyutinli yelimlarni bir necha kungacha ishlatish mumkin. Quyuqlashib qolgan yelim isitiladi.
Elimning yog’ochdan sizib o’tishi va shuningdek, yelim ta’siridan yog’och rangining o’zgarishi shponlarni pardozlashda kuzatiladi. Yelimning sizib o’tishi pastda joylashgan yelim qatlamining shimilib o’tishi natijasida shponning tashqi sirtida yelim dog’larining hosil bo’lishidan iborat. Bunga eritmaning yetarli darajada qovushoq va quyuq bo’lmaganligi, pardozlash vaqtida bosimning ortiqcha bo’lishi, yog’och yoki yelimda kislotalar va ishqorlar bo’lishi sabab bo’ladi.
Elimlarning biologik chidamliligi har xil bo’ladi. Organik yelimlar qulay sharoitlar mavjud bo’lganda mikroorganizmlar uchun yaxshi oziq muhiti bo’lib hisoblanadi. Bunday yelimlarni bakteriyalar va zamburug’lar oson yemiradi, bu esa yelimli birikma mustahkamligini keskin kamaytaradi Sintetik smolalar – zamburug’larga chidamli bo’ladi.
Elimning qotishi (yopishishi, qotish tezligi ) uning turi va tarkibiga bog’liq. Hayvonot yelimining qotishi yelimlash temperaturasiga va yelim choklaridan suvning bug’lanib ketish tezligiga bog’liq. Sintetik yelimlarning erimaydigan qattiq holatga o’tishi kimyoviy reaksiya natijasida sodir bo’lib, yuqori temperaturada reaksiya juda tez o’tadi.
Elimlar tashqi ko’rinishi bo’yicha suyuq, kukunsimon va plyonkasimon yelimlarga ajratiladi.
Elimlar reaksiyaga kirishishi bo’yicha termoreaktiv (qaytmaydigan) va teploplastik (qaytadigan) bo’lishi mumkin. Termoreaktiv yelimlar issiqlik va katalizatorlar ta’siri ostida suyuq holatdan qattiq erimaydigan holatga (rezol, mochevina va melamin smolalariga) o’tadi. Termoplastik yelimlar issiqlik ta’sirida suyuqlanadi, sovigandan keyin esa yana kimyoviy tarkibini o’zgartirmasdan qotadi. Bunday yelimni keyin yana isitib yumshatish mumkin, masalan, go’shtparda va suyak yelimlari, novolak smolalari, suyuluvchan yelimlar va h.k.
18–mavzu. Yelimlar, biriktiriladigan detal yuzasini yelimlashga tayyorlash (2 soat)



Download 13,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish