Texnologik ta'lim yo'nalishi fanidan


Milliy qo’g'irchoq tikish texnologiyasi mavzusida dars ishlanma



Download 1,93 Mb.
bet8/9
Sana23.01.2022
Hajmi1,93 Mb.
#402059
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Milliy qo’g\'irchoq tikish texnologiyasi

2.2. Milliy qo’g'irchoq tikish texnologiyasi mavzusida dars ishlanma

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy- o’quvchilarga qo’g’irchoq turlari haqida ma’lumot berish

b) tarbiyaviy - o’quvchilarni milliy urf-odatlarga muhabbat ruhida tarbiyalash

c) rivojlantiruvchi - qo’g’irchoq tikishga oid bilim va ko’nikmalarini kengaytirish

d) kasbga yo’naltiruvchi - xalq hunarmandchiligiga oid milliy

hunarlarimiz haqida ma’lumotlar berib, shu hunarlarga o’quvchilarni qiziqtirish

Dars tipi: yangi bilimlar berish

Dars turi: nazariy va amaliy

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, kichik guruhlarda ishlash, slaydlar

Darsning vazifasi: o’quvchilarni tikuvchilikka oid kasblarga qiziq-

tirish


Fanlararo bog’lanishi: matematika, rasm, tarix, adabiyot

Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, ko’rgazmalar, milliy qo’g’irchoqlar,

gazlama, andoza uchun qog’oz yoki klyonka, chizg’ich, TM va 2M qora qalam, o’chirg’ich, ish qutichas

Dars taqsimoti



I.Tashkiliy qism

10

II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash, baholash

10

III.Yangi mavzu bayoni

15

IV.Amaliy mashg’ulot

35

V.Dam olish daqiqasi: ” Qo’g’irchoq “ ashulasi

5

VI. Yangi mavzuni mustahkamlash, baholash

10

VII. Darsni yakunlash, uyga vazifa berish

5

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

a) o’quvchilar bilan salomlashish

b) navbatchi orqali davomatni aniqlash

c) o’quvchilarni darsga jalb qilish, darsga tayyorgarligini tekshirish

d) o’quvchilarni guruhlarga bo’lish

e) siyosiy daqiqa : 9- aprel ” Sohibqiron A.Temur “ tavallud

topgan kunining ____ yilligi haqida suhbat.

” BIZ KIM - MULKI TURON,

AMIRI TURKISTONMIZ.

BIZ KIM - MILLATLARNING

ENG QADIMI VA ENG ULUG’I

TURKNING BOSH BO’G’INIMIZ.“

AMIR TEMUR

II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash.

1.Yumshoq o’yinchoq deb nimaga aytiladi?

2.Qo’g’irchoqni tikish uchun qanday materiallar kerak bo’ladi?

3.Birinchi navbatda qo’g’irchoqning qaysi bo’lagi tayyorlab olinadi?

4.Qo’g’irchoq tikishda kashta turlaridan ham foydalaniladimi?

5.Xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilasizlar-mi?



III.Yangi mavzu bayoni.

Qo‘g‘irchoqni tikish uning andozasini tayyorlashdan boshlanadi. Qo‘g‘ir- choqning andozasi (1-rasm) da keltirilgan. Bu andozani tayyorlash uchun rasmda keltirilgan andoza ustiga ixtiyoriy kattalikdagi o‘zaro teng kvadratlardan chiziladi. Bunda kvadratlar qancha mayda bo’lsa, bezakning nuqtalari shunchalik aniq ko‘chiriladi va konturlarining nusxasi ham oson chiziladi. Millimetrli qog'oz yoki toza qog‘ozga buyum kattaligiga to‘g‘ri keladigan to‘g‘ri to‘rtburchak chizib, uni bezakdagi kvadratlar soni qancha bo‘lsa, shuncha kvadratlarga bo’linadi (1-rasm).

1-rasm.Qo’g’irchoq andozasi.

Agar qo‘g‘irchoq andozasi kattalashayotgan bo‘lsa, bu kataklar nusxa-dagi kataklardan katta bo‘lib., andoza kichiklashayotgan bo‘lsa, bu kataklar asl nusxadagidan kichik bo‘lib chiqadi. Shundan keyin kataklar bo‘yicha asl nusxadagi bezak gulining asosiy nuqtalari toza to‘rga ko‘chiriladi. Bu nuqtalar ravon chiziq bilan ehtiyotlab birlashtirib andozani kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan nusxasi hosil qilinadi. Rasm nuqtalarini oson topish uchun chizilgan to‘rning ikki tomoniga raqamlar qo‘yiladi. Yuqoridagi ishlar bajarilgach qo'girchoqning quyidagi andozalari hosil bo’ladi:

1. Tana qismi - 2 dona bichiladi.

2. Qo‘g‘irchoqning oyog‘i - 2 dona.

3. Qo‘g‘irchoqning qo‘li - 2 dona.

4. Qo‘g‘irchoqning kavushi - 2 dona.

IV.Amaliy mashg’ulot.

Asbob va moslamalar: yumshoq karton, ochiq rangdagi (kavushi uchun qora rangdagi) sidirg‘a gazlama bo‘laklari, igna, gazlama rangidagi g‘altak ip, qaychi, angishvona, chizg‘ich, mayda to‘g‘nag‘ichlar.Ishning tartibi. Qo‘g‘irchoq detallari ko‘rsatilgan sonlar miqdorida ochiq rangdagi (kavushi uchun qora rangdagi) sidirg‘a gazlamadan bichib olinadi va uning tana qismi tikib tayyorlanadi. Qo‘g‘irchoqning tana qismi tayyor bo‘lgach, shu o‘lchamdagi ko‘ylak andozasi tay­yorlanadi.

Uning andozasi va gazlamaga joylashtirilishi 2-rasmda keltirilgan. Ko‘ylak andozasi ham qo‘g‘irchoqning tanasi kabi tay­yorlanadi.



2-rasm. Ko‘ylak andazasi va uni gazlamaga joylashtirilishi

Qo‘g‘irchoqning tana qismi quyidagicha tayyorlanadi:

1.Qo‘g‘irchoq tanasining bosh qismida 4 ta 3 sm. li vitachkalar gazla- maning teskari tomonidan belgilanadi va tikib olinadi.

2.Qo‘g‘irchoqning yuz qismida o‘ng tomondan qosh, ko‘z va og‘iz o‘rnilari belgilanadi.

3.Qo‘g‘irchoqning tana qismi detallarini o‘ngini o‘ngiga qaratib, atrofi-

dan 0,5 sm. li chok uchta tomonidan tikib chiqiladi. Bo‘yin qis­mida

ozgina kertim (ochiq joy qoldiriladi) berilib tana qismi o‘ngiga ag‘-

dariladi va ichi sintefon bilan to‘ldiriladi. Chok haqi ko‘rinmas chok

bilan tikib qo‘yiladi.

4.Qo‘g‘irchoqning oyogi va qo‘llarini ham o‘ngini ichkariga qa­ratib

3 ta tomonidan tikib chiqiladi, ichi to‘ldiriladi va tana qismiga ulab

qo‘yiladi.

5.Kavushini ikkiga bukilib tovon qismi tikiladi, ichi to’ldirilib oyoq

uchlariga biriktirib qo‘yiladi.

6.Qo‘g‘irchoqning yuz qismi kashta bilan tikib bezatiladi va sochi

qora jun ipdan tayyorlanib, boshiga tikib yoki yelimlab yopishtiriladi.

V. Dam olish daqiqasi : ”Qo’g’irchoq” ashulasi.





VI. Yangi mavzuni mustahkamlash va baholash.

1.Qo‘g‘irchoqning tana qismi uchun qanday gazlama bo‘laklari kerak

bo‘ladi?


2.Qo‘g‘irchoqning tana qismi qanday detallardan iborat?

3.Har bir detal qanday nomlanadi va nechtadan bichiladi?

4.Qo‘g‘irchoqning tana qismi qanday bosqichlarda tikiladi?

5.Kim o’zi mustaqil qo’g’irchoq tikib ko’rgan?

O’quvchilarni tayyorlagan ishlarini tekshirish, savol-javobdagi ishtirok etganliklariga qarab baholash va ko’p baho olgan guruhlarni rag’batlan-tirish.

VII.Darsni yakunlash. uyga vazifa berish.

Uyda milliy qo’g’irchoq turlaridan chizib, mavzuga oid ma’lumotlar o’rganib kelish. Ish o’rnini yig’ishtirib, tartibga keltirib qo’yish.

Xulosa

Shunga ko’ra, biz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining ta’sirini har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz taqozo etiladi. Bu boradagi chora-tadbirlar Prezidentimiz I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarlarida keng va batafsil bayon qilib berilgan. Asarda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmun-mohiyati, namoyon bo’lish shakllari, kelib chiqish sabablari, uning O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri, mazkur inqiroz oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo’lgan omillar bayon qilib berilgan. SHuningdek, mamlakatimiz mehnatkashlari uchun g’oyat murakkab va og’ir bo’lishiga qaramay 2008 yilda erishilgan ijobiy natija va yutuqlar baholanib, respublikamizdagi iqtisodiy salohiyatdan yanada kengroq foydalanish imkoniyatlari ko’rsatib berilgan. Asarda O’zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo’li sifatida 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning quyidagi eng muhim ustuvor yo’nalishlari belgilab berilgan:

1) mamlakatimizda qabul qilingan 2009-2012 yillarda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo’yicha inqirozga qarshi dasturni amalga oshirish, shu asosda iqtisodiy o’sishning uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta’minlash;

2) tarkibiy o’zgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, buni birinchi navbatda, xalqaro sifat standartlariga javob beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo’lgan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yo’li bilan amalga oshirish;

3) qishloq turmushi sifatini va qiyofasini tubdan yaxshilashga, qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o’rni va ahamiyatini tubdan qayta ko’rib chiqishga, fermer xo’jaligini rivojlantirishni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan uzoq muddatli, o’zaro chuqur bog’langan chora-tadbirlar keng kompleksini amalga oshirish;

4) aholi bandligini ta’minlash, uning turmush sifatini oshirishning eng muhim omili sifatida xizmatlar ko’rsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish;









Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish