Texnologik ta'lim yo'nalishi fanidan


II.BOB. Milliy qo’g'irchoq yaratilishi haqida



Download 1,93 Mb.
bet7/9
Sana23.01.2022
Hajmi1,93 Mb.
#402059
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Milliy qo’g\'irchoq tikish texnologiyasi

II.BOB. Milliy qo’g'irchoq yaratilishi haqida

2.1. Milliy qo’g'irchoq tikish texnologiyas

15 yil avval mamlakatimizga xorijdan “barbi” atalmish qo‘g‘irchoq kirib kelgandi. Ko‘rinishidan ayol qiyofasini aks ettiruvchi o‘yinchoq bolalarning sevimli ovunchog‘iga ham aylangan. Biroq, go‘daklik davrida bola qanday o‘yinchoqni oshno tutinsa, undan ruhiy ta'sir olar ekan. Shuning uchun bolalarga o‘zida go‘zallik, oqillik kabi ezguliklar ifodalangan o‘yinchoqlarni sovg‘a qilishga odatlanganmiz. Lekin barbi qo‘g‘irchog‘ida bolalarga faqat yaxshilik hadya qiluvchi o‘ziga xoslik ko‘rinmaydi.

Barbini bola ko‘rmas joyga qo‘yaylikda, bugungi kunda hunarmandlarimiz tomonidan tayyorlanayotgan qo‘g‘irchoqlarga e'tibor qarataylik. Ushbu qo‘g‘irchoqning tashqi qiyofasida butun borliqni ko‘rish mumkin.Tayyorlangan kiyimlarida esa milliylikning aks ettirilishi bolada ota-onaga mehr uyg‘otishi tabiiy. Biroq, nega bugungi kunda ota-onalar farzandlariga mana shunday milliy qadriyatlarga xos bo‘lgan qo‘g‘irchoqlarni olib berishmaydi?

Xaridorlarning aytishlariga qaraganda o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan qo‘g‘irchoqlarning narxi baland ekan. Xorijdan kirib kelgan ayol qiyofasidagi qo‘g‘irchoqlarning narxi arzon deyishyapti.



Mazkur muammolarni o‘rganish maqsadida bugungi kunda Farg‘ona viloyatida milliy qo‘g‘irchoqlarni yaratayotgan usta hunarmand Oydinoy Burxonovaning ustaxonasida bo‘ldik. Eng avvalo milliy qo‘g‘irchoqlarning narxi va ularning sababini so‘radik.

Tadbirkor tomonidan ishlab chiqilayotgan mahsulotga joriy yilning o‘zida yangilik kiritildi. Bu esa xaridorlarning talab va taklifiga mos kelishi mumkin. Ya'ni arzon va qulay... 

Milliy qadriyatga muhabbat eng avvalo oiladan shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlanadi. Oilada farzand uchun milliylik aks etgan qo‘g‘irchoqlar sotib olinsa, bolalar muassasidagi o‘yinchoqlar uning kelajakdagi o‘ylari va orzularini amalga oshishiga xizmat qiladi.

Biroq, ayrim maktabgacha ta'lim muassasalarida ana shunday o‘yinchoqlarni uchratmaysiz. Yumshoq o‘yinchoqlar-u, barbilar... Hunarmad bir necha bora mudiralarga murojat qilib milliylikdagi qo‘g‘irchoqlar bilan muassasalarni to‘ldirish taklifini bergan...Qo‘l mehnati, shuningdek, chinakam bolalikni ko‘rsatuvchi qo‘g‘irchoqlar har bir oila farzandi uchun zarur deb o‘ylaymiz.

Xulosa qiling va mulohaza yuriting. Farzandingiz xorijdan kelgan turqi sovuq qo‘g‘irchoqlarni o‘ynab, ertaga ularga taqlid qilsa. Bolalik vaqtidayoq balog‘at yoshidagi qizlardek fikrlasa... Bu jarayonda mehr muhabbat tuyg‘ulari qayoqda qoladi? O‘zimizning asl qadriyatlarga xos bo‘lgan o‘yinchog‘-u, qo‘g‘irchoqlar bu borada muammolarga to‘la yechim bo‘la olishini esa unutmagan ma'qul. 





Bugungi kunda bizda yura oladigan, gapiradigan, chinqiradigan, uxlaydigan, yeb-ichadigan, — xullas tirik jonzotlarga eng ko’p maksimal darajada yaqinlashtirilgan qo’g’irchoqlar bor. Shunday bo’lsa-da, ota-onasi qo’g’irchoq sotib ololmaydigan bechora qizaloqni bir ko’z oldingizga keltiring-chi. U tarashaning bir bo’lagini olib, unga liboslar kiydiradi-da, bu, mening qo’g’irchog’im, deydi. Ha, u, chindan-da qo’girchoq! Faqat buning uchun go’dak uni qo’girchoq deb atasa bo’lgani. Aynan shu sababga ko’ra biz ham qo’girchoqlar qachon paydo bo’lganligini aniqlay olmaymiz. Ehtimol, juda qadim-qadim zamonlardadir, chunki o’shanda bolalar ham, qo’girchoqlar ham bo’lgan. Hindularning bolalari buning uchun bosh tomoni yo’g’onlashib boradigan cho’qmorsimon yog’och parchasidan foydalanishgan.

Forslarning jujuqlari gazlama o’ralgan, ustida rasmlar solingan qo’g’irchoqlarni ermak qilishgan. Eng qadimiy zamonlarga mansub bola mozorlaridan butun dunyo bo’ylab loy yoki suyakdan yasalgan qo’girchoqlar topilgan. Ayrim nufuzli zotlar qo’girchoq, dastlab diniy ibodatlarda ishlatilgan deb hisoblashadi. Bolalarga qo’girchoqni but-sanam, timsol sifatida ushlab ko’rishga izn berilgan, biroq ularni o’ynash man etilgan edi. Boshqalar esa bolalar qo’g’irchoqni eng qadimiy zamonlarda ham o’ynashgan, deb ta’kidlaydilar. Bizga qadar yetib kelgan eng qadimiy qo’girchoqlar orasida qadimgi misrliklarning qo’g’irchoqlari ham bor. Umuman, ular qo’g’irchoqqa ko’pam loqayd bo’lmagandek taassurot uyg’onadi. Misrliklar ularni yog’ochdan yasashar va munchoqlar bilan bezatishardi. Misrliklarga mansub deb topilgan qo’g’irchoqlarining yoshi 3 000 yildan oshadi. Qadimgi yunonlar ham g’alati qo’g’irchoqlarning sohibi bo’lishgan. Ularni durustgina bezatilgan boshi, arqon yordamida harakatga keltiriladigan qo’l-oyoqlari bo’lgan. Bizning zamonamizda ham dunyoning turli go’shalarida bolalar mutlaqo biznikiga o’xshamagan va ular biznikidan afzal ko’rishadigan qo’g’irchoqlarni o’ynashadi. Jajji eskimos qizaloq fil suyagidan taroshlangan qo’girchoqni o’ynaydi. Meksikalik qizcha — sopoldan yasalganini, shunisi ham borki, unga bizning qo’girchoqlarimiz ancha rangpardek tuyulishi mumkin. Zamonaviy qo’g’irchoqlar patdan, gazlamalar, toshqog’oz va boshqa materiallardan qilingan. Eng qimmatbaho qo’girchoqlarning boshchasi ustasi farang rassomlar tomonidan yaratiladi. Ammo siz shuni ham yaxshi anglaysizki, uncha himmat bo’lmagani ham qizaloqning suyukli qo’girchog’i bo’lib holishi mumkin.


Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish