5112100 - «Texnologik ta’lim » yo'nalishi «18/2 » guruh talabasi __________
Imzo
Shodibekova Dildora Baxrom qizi
FIO (to`liq)
tomonidan bajarilgan kurs ishi
Ilmiy rahbar: ____________
Ilmiy darajasi va unvoni
_______ ___________________
imzo FIO
|
Chirchiq - 2021
Mavzu: Milliy qo’g'irchoq tikish texnologiyasi
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………..…3
1.BOB.Texnologiya fani haqida………………………………………………5
1.1. Texnologiya haqida tushuncha…………………………………….….....5
1.2.Mexnat ta’limida kasb tanlashga yo’llash va texnologik tarbiya
berishning pedagogik asoslari. ……………………………………………….8
II.BOB. Milliy qo’g'irchoq yaratilishi haqida………………………………13
2.1. Milliy qo’g'irchoq tikish texnologiyasi…………………………...……13
2.2. Milliy qo’g'irchoq tikish texnologiyasi mavzusida dars ishlanma……..18
XULOSA………………………………………………………………...…..27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….30
KIRISH
Texnologiya fanini o`qitish metodikasi fani pedagogika yo‘nalishida ta’lim oluvchi barcha ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi bakalavriat ta’lim standartlariga kiritilgan bo‘lib, unda texnologiya fanini o`qitish metodikasi predmeti, O‘zbekistonda texnologiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi, texnologiya fanini o`qitishda amaliy mashg`ulotlarni tashkil qilish to‘g‘risida fikr yuritilgan. Bundan tashqari ijodkorlik hamda ularda dars jarayoniga yangi ped texnologiyalarni joriy etish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida har bir talabaga induvidial mavzu beriladi va bu bo`yicha talabalar tomonidan yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llab dars ishlanmalari tayyorlanadi Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishda umumta’lim maktabi o’quvchilarining kasbga erkin va mustaqil moslashuvining amaliy tizimi sifatida qaralishi lozim. Bunda har bir o’quvchiga oid xususiyatlarini hisobga olish, jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan ish o’rni bilan to’laqonli ta’minlash zarurati kabi motivlarni e’tiborda tutish lozim.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishdan asosiy maqsad maktab o’quvchilarini ongli ravishda kasb egallashlarini ta’minlashdan iborat bo’lib, bu jarayon o’quvchining bo’lg’usi kasb faoliyati egasi sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib o’z imkoniyatlariga mos kasbga moslashuviga ko’maklashadi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda, texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish sohasida mavjud bo’lgan xulosalar va tavsiyalarni amalda qo’llashga extiyoj tug’ilmoqda.
Kurs ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va o‘quv qo‘llanmalarning boblari va mavzularini o‘rganish;
- tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish;
- o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash;
- o‘z –o‘zini baxolash orqali bilimni uzluksiz nazorat qilish;
- fanning boblari va mavzulari ustida ishlash;
- fanlar bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish, qo‘shimcha adabiyotlar ustida ishlash hamda ularni o‘rganish;
- yangi pedagogik texnologiyalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;
- talabalarning ilmiy–tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o‘rganish;
- faol o‘qitish metodidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
- masofaviy (distantsion ) ta’lim.
Do'stlaringiz bilan baham: |