Texnologik jihozlar va ularning ekspluatatsiyasi


Avtomobil kuzovini bo’yashga tayyorlash, bo’yash materiallari va jihozlari



Download 13,31 Mb.
bet18/78
Sana13.06.2022
Hajmi13,31 Mb.
#666066
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78
Bog'liq
Маруза матни-ТЖ ва УЭ-2020

4. Avtomobil kuzovini bo’yashga tayyorlash, bo’yash materiallari va jihozlari
Avtomobil kuzovi va kabinasi ta’mirdan keyin to’liq bo’yaladi yoki qisman ta’mirlangan joyi bo’yaladi. Bo’yashga tayyorlangan yuza zang, eski bo’yoq va boshqa kirlardan tozalanadi. Buning uchun metall cho’tkalar, qum qog’ozlar, purkovchi qurilmalar, eski bo’yoqni erituvchi suyuqliklar ishlatiladi. Yuzaning yog’ini ketkazish uchun uayt spirt va boshqa eritgichlar ishlatiladi.
Lok - bo’yoq mahsulotlariga bo’yoq, emal, shpaklevka va bo’yaladigan yuzani tayyorlovchi tarkiblar kiradi.
Emal – engil avtomobillarning har xil chiroyli ranglarini olish, uning ekspluatastiya jarayonida uzoq vaqt yaltirab turishini saqlash uchun xizmat qiladi. Amaliyotda, asosan, sintetik, melaminalkid va nitrostelyuloz emallar ishlatiladi.
Gruntovka va zangni yo’qotgichlar. Gruntovka metall yuzani emal qatlami bilan bog’lovchi sifatida xizmat qiladi. Ular yuqori adgeziyaga (yopishish) xosil qilish xususiyatiga ega. Gruntovka sepish, cho’tkada bo’yash , botirib olish va elektrchanglatish usullarida yuzaga qoplanadi va uning qalinligi 15...20 mkm bo’ladi. Gruntovkalar pigmentli, passivlashtiruvchi, fosfatlovchi va protektorli bo’ladi. Inertli pingmentlari bor gruntovkalar (GF-021, FA-03K) plenka hosil qiluvchilar bilan o’zaro bog’lanmaydi va yuzani zangdan himoya qilmaydi, lekin namlikni o’tkazmaydi. Passivlashtiruvchi gruntovkada metall xromati yoki namlik bilan o’zaro ta’sirlanuvchi boshqa pigmentlar bo’ladi (GF-017, GF-031 va h.k.). Fosfatli gruntovkaga fosforli kislota qo’shiladi. Ushbu gruntovka qora va rangli metall yaxshi adgeziya xosil qiladi va qalinligi 8...12 mkm ni tashkil etadi.
Protektorli gruntovkalarga (PS-1, EP-057) metall (stink) kukuni qo’shilishi sababli metalll yuzani yaxshi himoya qiladi. E-VA-01, E-VA-0112 gruntovkalar kuzov yuzasini zangdan tozalamasdan turib bo’yashni amalga oshirishda ishlatiladi. Uni 15S dan yuqori haroratda 1-2 marta sepiladi yoki cho’tkada surtiladi.
Shpaklevkalar. Kuzovning bo’yaladigan yuzalaridagi nuqsonlarni tekislash va yo’qotish uchun xizmat qiladi. U quyuq pastasimon bo’lib, lok (olif), pigment va to’ldirgich (bor) dan tashkil topgan. Shpaklevkani shpatel (kurakcha) yordamida surtiladi. Shpaklyovkaning NTS-007, NTS-008 va NTS-009 turlari gruntlangan metall yuzalarni, PF-002 qizdirib quritilmagan umumiy va ayrim yuzalarni, MS-006 gruntlangan yuzalarning kichik defektlarini to’g’rilashda ishlatiladi.
Lok - bo’yoq qatlamini yuvib tashlash uchun SD, AFT-1, SP-6, SP-7, SPS-1, SPS-2, SNB-9, “smыvka staroy kraski”, “Avtosmыvka staroy kraski” va boshqa eritmalar ishlab chiqarilmoqda.

Download 13,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish