Texnologik jihozlar va ularning ekspluatatsiyasi


Elektronli texnologiyalar



Download 13,31 Mb.
bet16/78
Sana13.06.2022
Hajmi13,31 Mb.
#666066
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78
Bog'liq
Маруза матни-ТЖ ва УЭ-2020

Elektronli texnologiyalar. Kuzovning avariyadan keyingi “ikkinchi hayoti” da tiklangan geometrik o’lchamlar aniqligi katta ahamiyatga ega. Ta’mirlash natijasida o’lchamlar aniq tiklanmasa shinalarning keskin eyilishiga, avtomobilni boshqarish qiyinlashishiga va turg’unlikning buzilishiga va eng asosiysi yangi avariyaga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda kuzovlarni ta’mirlash jihozlari bozorida oddiy konstrukstiyadan tortib, o’nlab tonna kuch hosil qiladigan, engil va yuk avtomobili hamda avtobus ramalarini to’g’rilovchi katta stendlargacha mavjud.
MDH mamlakatlarida Evropa hamda rivojlangan xorijiy davlatlarda foydasiz deb hisoblanadigan murakkab va qimmat ta’mirlash ishlari ham bajariladi. Ushbu ishlarni bajarish uchun Italiya, Shvestiya, Finlyandiya va Amerika firmalari tomonidan “Car-o-liner”, “Spanesi”, “Celette”, “Autorobot”, “Blackhawk” va “Chieff”kabi mukammal stendlar ishlab chiqarilmoqda.
Lekin qanday stend qo’llanilishidan qat’iy nazar, kuzov ta’mirining sifati o’lchov tizimining aniqligiga bog’liq. O’lchov tizimlari shartli ravishda mexanik va elektron turlariga bo’linadi.
Mexanik tizimlar an’anaviy belgilangan metall chizg’ichlarga asoslangan. Chizg’ichlarga qo’shimcha avtomobil texnologik xaritasi asosida ko’plab shablonlar ishlab chiqilgan. Mexanik tizimlar ichida “Car-o-Mech” modeli e’tiborga loyiq. Chunki ushbu stendda birinchi marta barcha avtomobillar uchun universal mexanik o’lchovlar tizimi taklif etilgan. O’lchov tizimi chizg’ich, o’lchov salazkalari (sirpang’ichlari), moslamalar va o’tkazgichlar hamda ishlab chiqaruvchi zavoddan olingan turli avtomobil kuzovlari o’lchovlarining ma’lumotlar bazasidan iborat. O’lchov tizimi kuzovning yuqori kapot osti, Makferson osmasi, eshik oshiq-moshiqlari, qanotlar o’rnatish va shu kabi nuqtalarni aniq o’lchash imkonini beradi.
“Blackhawk” firmasining R-188 rusumli mexanik o’lchov tizimi uchta havo yostiqchasi bilan butlangan. Ular o’lchov karetkalari o’rnatilgan to’sinni avtomobil kuzovi tubiga qisib, avtomobilni stapelga parallel bo’lishini ta’minlab qotiradi. Teleskopik karetkalar markaziy to’sinda harakatlanadi va ularning to’rttasi kuzov tubidagi shikastlanmagan tayanch nuqtalarga keltiriladi. Qolgan karetkalar kuzovning shikastlangan qismidagi nazorat nuqtalarini o’lchash uchun xizmat qiladi. R-188 tizimi yordamida kuzov geometriyasini stapelsiz ikki ustunli ko’targichda o’lchash mumkin.
Kuzov ta’mirlash jihozlari ishlab chiqaruvchi WEDGE CLAMP firmasining “Pivot-Measuring Sustem-PMS” tizimi o’zidan oldingi tajribalarning hammasini o’zida mujassamlashtirgan. Tizim ham sodda, ham arzonroq va uch o’lchamlilik xususiyatiga ega. Tizimning asosini tiklash ishlari jarayonida mahkamlangan holda turadigan qo’zg’aluvchan rama tashkil etadi va u o’lchashni tezlashtiradi hamda aniqlikni oshiradi.

Download 13,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish