Elektron tizimlar. Ultratovushli o’lchov tizimi (2.22-rasm) uch o’lchovli geometrik modelni kompyuter ekranida qurishga asoslangan. Kompyuter avtomobilning shikastlanmagan uchta nuqtasi orqali kuzov tubiga parallel yuzani aniqlab oladi va barcha o’lchovlarni ushbu yuzaga nisbatan aniqlaydi. Ultratovushli datchik – nur tarqatgichlar avtomobilning o’lchanadigan nuqtalariga o’rnatiladi va simlar bilan avtomobil tagidagi qabul qiluvchi to’singa ulanadi. Ovoz to’sindagi mikrofonlar yordamida qabul qilinadi. Barcha nuqtalar, ya’ni tayanch va o’lchanadiganlari kompyuter ekranida grafik hamda son ko’rinishida ko’rsatiladi. O’lchangan qiymatlar zavod ko’rsatkichlari bilan taqqoslanib, ularning farqi aniqlanadi va tiklash boshlanadi. Ultratovushli tizimning kamchiligi - signal elvizakda yo’qolib qoladi va o’rganmagan ishchilar simlarga o’ralib, ularni uzib yuborishlari mumkin.
2.22-rasm. Ultratovush yordamida kuzov geometrik o’lchamlarini aniqlash posti
Lazerli o’lchov tizimi ushbu kamchiliklardan holi bo’lib faqat tizimni kompyuter bilan bog’lovchi bir dona simga ega. Lazerli datchiklar kuzovning 46 nuqtasiga o’rnatiladi va ulardan tarqalgan ma’lumotlar kopyuter ekraniga chiqariladi. Masalan, Amerikaning “Kargrabber” firmasining lazer tizimi xohlagan rusumini tez, sifatli o’lchashni va tiklashni amalga oshiradi. Lazer kuzov detallarining bir biriga nisbatan joylashgan holatini ko’z ochib yumguncha taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lgani uchun ularni moslab keltirishni anchagina soddalashtiradi. Elektron tizim - sug’urta kompaniyalari bilan ilovchi servis korxonasi uchun juda kerakli topilma. Chunki yarim soat ichida kuzovning barcha shikastlari va ta’mirlash uchun kerakli detallari printerdan chiqarib olinadi.
Kuzovlarni ta’mirlashda kompyuter tizimi asosiy o’lchov asbobi sifatida o’z o’rnini egallamoqda. Masalan, “Car-o-Tronic” shved tizimi kompyuter va o’lchov tizimi orasida simsiz ishlaydi, chunki unda yuqori chastotada ishlaydigan radiouzatma qo’llanilgan.
“Avtorobot” firmasi shunday elektron o’lchov tizimini qo’llamoqdaki, uning yordamida eng etish qiyin bo’lgan nuqtalarni, yopiq yoki to’silgan joydagi nuqtalarni ham o’lchash mumkin. Ekrandagi ta’mirdan oldingi va tiklangan kuzovni chop etilish imkoniyati mijoz bilan avtoservis orasida mumkin bo’lgan kelishmovchiliklarning oldini oladi.
2.23-rasm. Kuzovga yopishtirilgan shtrixkod
|
“Chieff” firmasining “Genesis” tizimi ham kontaktsiz bo’lib, unda 750 min-1 tezlikda aylanuvchi ikkita lazer kallakdan foydalaniladi. Ishlash tamoyili – kuzovga maxsus plastina-shtrixkod tushirilgan nishon (2.23-rasm) yopishtiriladi.
Nishondan qaytgan nur lazer kallakda qabul qilinadi, kompyuter esa kuzov nazorat nuqtalarining koordinatalarini 0,01 mm gacha aniqlikda hisoblaydi. Tizim kalibrlash (to’g’rilash) ni talab etmaydi. Ma’lumotlar bazasi uchta alohida, ya’ni Amerika, Evropa va Osiyo avtomobillari kuzovlarining geometriyasi va nazorat nuqtalarining fotobanki to’ldirilgan kutubxonaga ega.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |