3. Elektr jihozlarni diagnostikalash jihozlari
Elektr jihozlarni diagnostikalash va ularni sozlash avtomobilning yonilg’i sarfini kamaytirishni va avtomobilning xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydi. Quyida elektr jihozlarida paydo bo’ladigan nosozliklar, ularni aniqlash va texnik xizmat ko’rsatish uchun qo’llaniladigan jihozlar keltirilgan. Avtomobildan echib olingan generator va starterning texnik holatini aniqlovchi stendlardan birining shakli 3.14-rasmda keltirilgan.
|
E250M-02 modeldagi stend mikroprostessorli boshqaruvga ega bo’lib, signallarni raqam ko’rinishiga aylantirib beradi va simsiz kompyuter bilan ulanish imkoniyatiga ega. Stend yuk va engil avtomobillar hamda avtobuslardan echilgan generator, starter, rele-sozlagich, starterning tortish relesi, elektr o’tkazgich, yarim o’tkazgich va rezistorlarni tekshiruv-nazoratdan o’tkazish uchun ishlatiladi.
|
3.14-rasm. E250M-02 modelidagi generator va starterni tekshiruv-nazorat stendi.
|
|
|
3.15-rasm. Elektrolit zichligini areometr va yordamchi asboblar
|
Generator elektr qismining nosozligi o’ramining massa bilan qisqa tutashuvlar hosil qilishdan iborat. Bu nazorat lampasi yoki voltmetr bilan aniqlanadi.
Akkumulyator batareyasini zaryadlash bevosita avtomobilning o’zida E-410 qurilmasi yordamida, tezkorlik bilan amalga oshirilishi mumkin. Xizmat ko’rsatiladigan akkumulyator batareyalarining bankalaridagi elektolitning zichligi uning zaryadlanganlik idarajasini ko’rsatadi. Shuning uchun elektrolit zichligini areometr va yordamchi asboblar (3.15-rasm)yordamida tekshiriladi.
Uzgich-taqsimlagichga TXK da tashqi qarov va unda yoriq borligi aniqlanganda, almashtirish, kuygan elektrodlarni va rotor plastinkalarini tozalash, boshlang’ich yonish burchagining ilgarilanishini tekshirish ishlari bajariladi. Boshlang’ich yonish burchagining ilgarilanishini tekshirish E-102 turidagi ko’chma stroboskop asbobi yordamida bajariladi.
Ilgarilanish burchagining o’rnatilishinig to’g’riligi (markazdan qochma vakuum regulyatorlari ishlamagan holda) dvigatel qizigan holatida, tirsakli val minimal chastota bilan aylanganda tekshiriladi.
Elektrolit zichligini tashqi haroratga nisbatan me’yoriy qiymatlari
Elektrolit harorati, °C
|
Zaryadlangan akkumulyatorning bankalaridagi elektrolit zichligi, g/sm3
|
Elektrolit harorati, °C
|
Zaryadlangan akkumulyatorning bankalaridagi elektrolit zichligi, g/sm3
|
+40
|
1,26
|
0
|
1,30
|
+30
|
1,27
|
-10
|
1,30
|
+20
|
1,28
|
-20
|
1,31
|
+10
|
1,29
|
-30
|
1,32
|
O’t oldirish shami avtomobilning o’zida, TXK paytida osstillografli E-206 yoki E-205 qo’zg’aluvchan elektronli jihozlardan foydalanib tekshiriladi. Tekshirish natijasida olingan ostillogrammani andoza bilan taqqoslab, shamning ishchanligi aniqlanadi.
3.16-rasm. SL-100 modeldagi o’t oldirish shamini tozalash va tekshirish pribori
|
Tekshirish paytida, osstillograf yondirish tizimining birinchi va ikkinchi zanjiri turli nuqtalariga ulanadi. Vaqti-vaqti bilan (610 ming km dan keyin) maxsus pribor (3.16-rasm) SL-100 moslamasi yordamida o’t oldirish shami tozalanadi, so’ngra tekshiriladi.
O’t oldirish shamini tozalash va tekshirish pribori 12 V li tarmoqdan ishlaydi va uning ichiga kichik hajmdagi kompressor o’rnatilgan. Sham 1,0 Mpa bosim ostida, 1000-2000 ayl-1 da tekshiriladi.
Kontaktlar orasidagi tirqishni tekshirish uslubi o’rtacha tok kuchining o’zgarishiga asoslangan bo’lib, bu tok uzgich-taqsimlagichning tutashgan holatdagi kontaktlaridan o’tadi.
|
Asbobdagi kontaktning berk holatidagi burchak ko’rsatkichli mikroampermetr bilan tok kuchi o’lchanadi. Bu asbob 4,6 va 8 stilindrli dvigatellarning uzgich-tasimlagichini tekshirish va kondensator sig’imini nazorat qiladi. Asbob korpus, oldingi panel, maxsus shkalali mikroampermetr, turli xil tekshirishlar kaliti va tugmachadan iborat. 4,6 va 8 stilindrli dvigatellar uchun kontaktlarni tutashgan holatidagi burchak, to’qqiz qirrali kulachoklar uchun 4045° , olti qirrali 3045º va sakkiz qirrali 2933˚ bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |