Qo’zg’alulchan Qo’zg’almas Hammabop
Rolikli inertsion massali
Rolikli tomozlash uskunali
Rolikli tomozlash uskunasiz
Rolikli tomozlash uskunali va inertsion massali
Kuch stendlarida g’ildiraklardagi tortish kuchi, ularning aylanish tezligi, transmissiya qarshiligi va yonilg’i sarfini to’g’ri uzatmada, berilgan barqaror yuklama va tezlik rejimlarida, maksimal buralish momenti va dvigatelning maksimal quvvati rejimlarida o’lchaydilar.
Kuchlar orqali tortish xususiyatlarini tekshiruvchi stendlar ko’p tarqalgan bo’lib, ular quvvat ko’rsatkichlari bilan bir qatorda avtomobilning yonilg’i iqtisodiy ko’rsatkichlarini ham aniqlashga imkon beradi. Bu jihozlar 2 ta barabandan (3.1-rasm) bitta yoki 2 ta bir juft barabandan tuzilgan bo’lib, ulardan biri yuklovchi qurilmaga ulangan bo’ladi. Hozirgi vaqtda yuklovchi qurilmaning gidravlik va indukstion tormozli turlari keng tarqalgan.
|
|
3.1-rasm. Kuchlar orqali ishlovchi rolikli K-485 stendi.
|
Tortish xususiyatlarini belgilovchi 4819M rusumli stend quyidagilarni o’lchaydi: tezlikni; tortish xususiyatlari va g’ildirakdagi quvvatni; tezlanish vaqti va tezlanishning kerakli uzatmadagi intervalini; dvigatelning optimal sozlanganligini.
Stendning ishlashi harakatning qaytarilish prinstipiga asoslangan. Sinash davrida avtomobil qo’zg’almas bo’lib, etaklovchi g’ildiraklar roliklarni aylantiradi. Elektrodinamik yuklovchi qurilma etaklovchi g’ildiraklarni yuklantiradi, elektrodinamik yuklovchi qurilmaga o’rnatilgan kuch o’lchovchi qurilma yuklanish kuchini o’lchaydi.
Stend konstruksiyasi bo’yicha bir xil bo’lgan o’ng va chap ikkita rolik blokka ega. Rolik bloklari payvandlangan rama, etaklovchi va etaklanuvchi roliklardan, egiluvchan muftadan, ko’targich, yuklamali va sozlash uskunasidan iborat.
Avtomobil pnevmatik yuritmali ko’targich yordamida g’ildiraklari bilan stend roligiga qo’yilgandan keyin, avtomobil dvigateli yurgiziladi va avtomobilning etaklovchi g’ildiraklari stend roliklarini 40 kmsoat tezlikgacha aylantiradi. Avtomobil g’ildiraklaridagi aylantiruvchi moment oldingi etaklovchi rolikka, so’ngra egiluvchan mufta orqali yuklovchi qurilmaga uzatiladi. elektrodinamik yuklovchi qurilmaga uzatilgan elektr toki teskari aylanuvchi momentni hosil qiladi, bu esa stend boshqarmasidagi pultda qayd etiladi va kuch o’lchovchi qurilmada o’lchanadigan avtomobil tortuvchi g’ildiraklarida yuklanishni hosil qiladi.
Avtomobilning rolikli stendga erkin kirishi va chiqishi etaklovchi va etaklanuvchi roliklar orasiga o’rnatilgan pnevmatik ko’targich orqali amalga oshiriladi. Ikki tomonlama ko’taruvchi asbob og’irligi 1,6 tonnagacha bo’lgan yukni 0,6 MPa bosim bilan ko’tarish xususiyatiga ega.
Ko’targich boshqaruv pultida joylashgan tumblerlar orqali ishga tushiriladi. Havo taqsimlagichda joylashgan elektromagnit, tumbler orqali ishga tushiriladi va u siqilgan havo oqimini stilindrning pastki bo’shlig’iga uzatishni ulaydi (maydonchaning tushirilishi). Maydoncha tushirilayotganda pastki bo’shliqdagi havo taqsimlagich zolotnigi orqali atmosferaga chiqib ketadi. Ko’targichni yuqori holatga keltirayotganda boshqaruv pultidagi qizil chiroq yonadi va ko’targich tushirilayotganda o’chadi.
Yuklanishli qurilma avtomobil g’ildiraklarining tormozlanishi oqibatida vujudga kelgan elektrodinamik yuklovchi qurilma korpusidagi reaktiv moment, uning korpusiga mustahkamlangan pishang va tortgich yordamida kuch o’lchovchi datchik orqali qabul qilinib, boshqaruv pultiga uzatiladi.
Reaktiv moment bosimli datchik orqali elektr signaliga aylanadi va u mikroampermetrda o’lchanadi.
Boshqaruv pultining paneli karkas konstrukstiyali tuzilishga ega. Stendni boshqarish pultida o’lchash, kuzatish tizimi, signal, elektr tizimini boshqarish apparatlari mavjud.
Inerstiya stendlarida quvvatni to’g’ri uzatmada, drosselning to’liq ochilgan holatida, transport vositasi g’ildiraklarining burchak tezlanishi hamda tezlab ketish vaqtini o’lchagan xolda aniqlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |