Texnologik jihozlar va ularning ekspluatatsiyasi


Avtomobillarning ta’minot tizimini diagnostikalash jihozlari



Download 13,31 Mb.
bet23/78
Sana13.06.2022
Hajmi13,31 Mb.
#666066
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78
Bog'liq
Маруза матни-ТЖ ва УЭ-2020

2. Avtomobillarning ta’minot tizimini diagnostikalash jihozlari
Ta’minot tizimiga diagnoz qo’yish ko’rsatkichlari dvigatelning og’ir o’t olishi, yonilg’i sarfini oshishi, dvigatel quvvatining pasayishi, qizib ketishidan iborat.
Karbyuratorli dvigatellar ta’minot tizimiga diagnoz qo’yish diagnostika jihozlari yordamida yoki ishlash sharoitida bajariladi, tizimning mexanizm va birikmalari holati ular echilgandan so’ng aniqlanadi.
Karbyuratordagi jiklyor va purkagichlarning o’tkazuvchanlik qobiliyatini jiklerlarning o’tkazish qobiliyatini aniqlaydigan jihoz yordamida suvning harorati 19-21S, bosimi 1 metrli suv ustuni balandligida dozalash teshigidan 1 daqiqa davomida oqib o’tgan suvning miqdorini o’lchash orqali aniqlanadi. Natija aniq bo’lishi uchun sinov 3-4 marotaba takrorlanadi.
Dvigatel, karyurator, yonilg’i nasosi, yonilg’i baki va shunga o’xshash qismlarning ichki bo’shliqlarida joylashgan detallarning ishchi holatini aniqlashda turli hildagi “Vidioendoskop” lardan foydalaniladi (3.2-rasm). U yoritgich, diametri 9 mm bo’lgan 1 m lik egiluvchan zond va 3,5" li TFT displeyidan tarkib topgan.


3.2-rasm. Vidioendoskop

Yonilg’i nasosi avtomobilning o’zida yoki echib olinib tekshirilishi mumkin. Yonilg’i nasosi avtomobilda tekshirilganda, u bilan karbyurator orasiga monometrli moslama o’rnatilib, dvigatel ishlayotgan holatda hosil bo’lgan bosim aniqlanadi. Yonilg’i nasosi hosil qiladigan bosim 0.02-0.030 MPa, ishlab chiqarish qobiliyati 0.7-2 lminut va 30 sekund mobaynida bosimning pasayishi 0,008-0,010 MPa ni tashkil qilishi kerak.

Zamonaviy elektron boshqarish blokiga ega bo’lgan injektorli avtomobil dvigatellarining yonilg’i ta’minot tizimiga texnik xizmat ko’rsatishda, asosan, yonilg’i nasosining ishlab chiqarish qobiliyati va injektorlarning zichligi tekshiriladi.
3.3 va 3.4-rasmlarda injektorli yonilg’i ta’minot tizimiga xizmat ko’rsatishda ishlatiladigan maxsus jihozlarning shakllari keltirilgan.





3.3-rasm. Yonilg’i ta’minoti tizimini tekshirish va yuvish jihozi

3.4-rasm. Injektorlar tizimini tozalash majmuasi.

Hozirgi vaqtda injektorlarning texnik holatini ultratovushli NA4DFV stendiga (3.5-rasm) o’xshash apparatlarda tekshiriladi.


Stendda zamonaviy dvigatellarining barcha ish fazalarini immitastiya qilish va bir yo’la 4 ta injektorni quyidagi parametrlar bo’yicha tekshirish mumkin: obmotkaning qarshiligi; namlanmaslik; injekstiyada purkalish formasi; ifloslanish darajasi; oqimning barqarorligi; prujinaning ishga tushish vaqti.
NA4DFV stendi injektorlarni tekshirish bilan bir qatorda maxsus suyuqliklar bilan ultratovush yordamida tozalanadi.



3.5-rasm. Avtomobil dvigatellarining 4 ta injektorini bir yo’la tekshiradigan ultratovushli NA4DFV stendi

Ayni shunga o’xshash jihozlardan yana biri GL-6A stendi hisoblanadi. U benzinda ishlovchi dvigatellarning yonilg’i ta’minot tiximini diagnostika qilish, avtomobilning o’zida tizim va o’t oldirish kamerasini yuvish hamda bir yo’la 6 ta forsunkani nazorat qilish va ultratovush yordamida ularni tozalash imkonini beradi.
Ta’minot tizimga diagnoz qo’yilganda yonilg’i nasosi hosil qilayotgan bosim, injektorning texnik holati va yonilg’i filtrining holati nazoratdan o’tkaziladi. Bunda yonilg’i nasosining texnik holati, ya’ni hosil qilayotgan bosimini tekshirish uchun, injektor blokiga kelgan yonilg’i shlangasi echilib, o’rniga monometrli o’lchov asbobi o’rnatiladi va yonilg’i nasosining maxsus "q" klemmasi kuchlanish tarmoqiga ulanadi.
Dizel dvigatellarining yonilg’i haydovchi va yuqori bosimli nasosi hamda forsunkalari SDTA-1, SDTA-2 va shunga o’xshash zamonaviy jihozlar va priborlar yordamida tekshiriladi va sozlanadi.
Forsunkalar turli xildagi zamonaviy priborlar(3.7-rasm) yordamida tekshirilib, ularni germetiklik, purkash bosimi va purkash sifati aniqlanadi. Forsunka zichligi 30 MPa bosimda tekshiriladi. Purkash bosimi dvigatel turiga qarab belgilanadi. Yonilg’ining purkash sifati forsunkaning purkash teshigidan yonilg’ining bir maromda tumansimon chiqishi bilan xarakterlanadi. Yaxshi sozlangan dvigatel 400 - 600 aylmin. da bir maromda ishlashi kerak.
DD 2110 va NIIAT-1609 asbobi yonilg’i bakchasidan (1) dastasi bilan harakatga keltiriladigan yonilg’i nasosidan va manometrdan iborat. Forsunka (2) asbobga o’rnatilgandan so’ng, richag (7) vositasida bosim asta-sekin oshiriladi.

3.6-rasm. Ultratovushli GL-6A stendi.




mod.DD 2110









3.7-rasm. Forsunkalarni tekshirish asboblari.
1-yonilg’i bakchasi; 2-forsunka; 3-yuqori bosimli naycha; 4-manometr; 5-yonilg’i berish naychasi; 6-nasos sekstiyasi; 7-richag





3.8-rasm. Forsunkalarga xizmat ko’rsatish uskunasi mod. CNC

Ushbu CNC-601/602/801 uskunasi (3.8-rasm) barcha turdagi elektromagnitli va mexanik forsunkalarni tekshirish va ultratovush bilan tozalash, avtomobilning ta’minot tizimini hamda kiritish klapanlari va yondirish kamerasini forsunkalarni echmagan holda solvent bilan tozalash uchun xizmat qiladi.
Har hil turdagi yuqori bosimli yonilg’i nasosi (YuBYoN)ni sinash va rostlash jihozlari (3.9 va 3.10-rasmlar) 8-sekstiyagacha bo’lgan YuBYoN larni diagnostikalash va rostlash uchun xizmat qiladi.








3.9-rasm. Yuqori bosimli yonilg’i nasosi (YuBYoN)ni sinash va rostlash jihozi, mod. DD10-01
Jihoz tavsifi:
- sikl davomidagi ta’minoti 200 mm/sikl;
- plunjer diametri 12 mm gacha;
- 8 seksiyali asinxron elektrodvigatel
quvvati 7,5 kVt;
- chastota o’zgartirgich MITSUBISI.



3.10-rasm. YuBYoNni sinash jihozi

TN, UTN, ND, 4UNTM, LSTN turidagi, PVA, PVB, PESA, PEA, PECM, PPM(f), JP, WSK, PES, CAV, BOSC VE turidagi YuBYoN lari buyurtma asosida keltiriluvchi qo’shimcha jihozlar yordamida rostlanadi.




3.11-rasm. TAD-02A modelli asboblar to’plami

Diagnostikalash YuBYoN yuritish vali aylanishlar chastotasini shakllantirish bilan, yonilg’ining harorati va bosimini o’lchash, sikl davomida yonilg’ining yuborilishi, sinaluvchi ob’ektga yuborilayotgan yonilg’i sarfi, yonilg’i sachratish burchagining boshlanishi, sachratishni ilgarilatish muftasining burilishi, sachratish boshlanishi burchaklarining og’ishlari aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda yonilg’i apparatlarini avtomobillarning o’zida tekshirish uchun mahsus asboblar to’plamlari (3.11-rasm). Bunday jihozlar avtomobillarga xizmat ko’rsatish vaqtini tejashga imkon beradi. Ularning tarkibiga TAD-01A, TAD-02A va kompressometr BEST-03UP lar kiradi.




Download 13,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish