Yuvish moslamalarini tuzilishini takomillashtirish yo’llari
Avtomobil va uning agregatlarini yuvish jihozlarini samarali ishlashini ta’minlash uchun quyidagi konstruktiv echimlarni amalga oshirilishi tavsiya etiladi:
yuvish suyuqligi naporini 3-4 MPa ga oshirish;
osma zarrachali yuvish agregatlarini yaratish;
turli hildagi kimyoviy yuvish vositalarini ishlatish va yuvish suyuqligini isitish;
ishlatilgan suvdan qayta foydalanish (regenerastiya, aylanma suv ta’minoti tizimi);
texnologik jarayonni takomillashtirish va yangi konstrukstiyalarni qo’llash hisobiga elektr energiyasi va suv sarfini kamaytirish;
zarracha-cho’tkali qurilmalarni yaratish, chunki ular universal va tejamkor hisoblanadi;
alohida turli jarayonlarga moslashtirilgan yuvish jihozlarini yaratish;
tozalashning innavastion usullaridan foydalanish (elektromagnit to’lqinlari, tebranma sepish va h.k.);
3. Kuzovlarni ta’mirlash jihozlari
Kuzov va kabinalarni ta’mirlash ishlari pachoqlanish, darz va yoriqlar hamda deformastiya paydo bo’lganda amalga oshiriladi. Yuzalarni to’g’rilashda pachoqlangan joy xarakteriga qarab quyida keltirilgan jihozlar ishlatiladi.
a) kichik pachoqlanishni to’g’rilash: maxsus bolg’a, moslamalar. Elektr (2.15-rasm), gaz payvandlash apparatlari;
b) chuqur pachaqlanishni to’g’rilash: monolit tortish – to’g’rilash dastgohi. Vintli tortqich, sharli tortqich, elektr va gaz payvandlash jihozlari.
|
|
2.15- rasm. EISEMANN va Forward FWM-200 PRO mod. payvandlash apparatlari
|
Kuzovlar ta’mirlash ustaxonasiga barcha agregatlar osma qismlardan ajratilgan holda keltiriladi. Kuzovni ta’mirlash tunukasozlik uchastkasidan boshlanadi. Bu joyda urilib shikastlangan kuzovlar maxsus stendlarda vintli, gidravlik tortmalarda tortilib to’g’rilanadi, korroziyaga uchrab chirigan joylari va deformastiyalanib to’g’rilashning iloji bo’lmagan qismlari avtogen yoki pnevmatik keskichlar yordamida kesib tashlanadi.
Olib tashlangan joylarga ehtiyot qismlar yoki maxsus tayyorlangan yamoqlar payvandlanadi. Payvandlash karbonat angidridli himoyali muhitda yarim avtomatik elektryoyli qurilmalarda bajariladi. Kuzov panellari va o’zaklarining yorilgan va uzilgan joylari ham shu elektryoyli payvandlash usuli yordamida ulanadi.
POCKET TURBO 130 rusumidagi yarim avtomat payvandlash jihozi ixcham, simli payvandlash jihozi bo’lib, uzunligi 2-metr bo’lgan CEBORA kabeli, minusli uzunligi 2,3 m 8,3 mm 2-ta qisqichli sim, himoya maskasi, reduktor va bir marotabali ballon bilan butlangan.
Po’lat, zanglamaydigan po’lat, alyuminiylarni payvandlashda ishlatiladi.
2.16-rasm. Nuqtaviy payvandlash apparati
|
2.17-rasm. GEDORE 5133 mod.
pnevmatik jilvirlash mashinkasi
|
Avtotransport korxonalarida kuzovlarni ta’mirlash ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida nuqtaviy payvandlash apparatlari ishlatiladi (2.16-rasm). Bunday apparatni ishlab chiqarish bilan ta’mirlash ishlarining sifati jadalligi oshdi.
Kuzov detallarini kesishda esa avtogen usuli bilan bir qatorda pnevmatik yuritmali aylanma keskichlar (2.17-rasm) qo’llanadi. Kuzov detallarini birini-biriga ulashda kontakt nuqtali elektr payvandlash usullari ham qo’llanadi.Yo’l-transport hodisalariga uchragan engil avtomobillarning kuzovlari qattiq shikastlanish natijasida geometrik o’lchamlarini yo’qotadi va ularni maxsus stendlarsiz (2.18-rasm) oldingi holatiga qaytarib bo’lmaydi. Ilovada engil avtomobillarning shikastlangan kuzovlarini tiklash uchun yaratilgan jihozlarning ba’zi birlari keltirilgan.
Kuzovlarni tiklashda katta uskunalardan tashqari turli to’g’rilash jamlanmalari va jilvirlash mashinalaridan foydalaniladi.
2.19-rasmdagi jihoz AQSh-Rossiya mahsuloti bo’lib, ko’p mexanik zarar ko’rgan kuzovlarni ta’mirlashda ishlatiladi.
Jamlanma: tekis ta’sir etuvchi gidrostilindr, gidravlik ochiluvchi panjalar, qo’l gidravlik nasosi, turli ko’rinishdagi kallaklar, saqlash va ko’tarib yurish uchun yashikdan iborat.
|
2.18-rasm. Kuzovlarni to’g’rilash jihozi
|
2.19-rasm. Kuzovlarni gidravlik to’g’rilash jamlanmasi
|
To’g’rilangan, payvandlangan choklar tozalanadi va jilvirlash mashinalari yordamida (2.20-rasm) tekslanadi. Kuzovning ayrim bo’laklari parchinmix bilan maxkamlansa, 2.21-rasmdagi kabi asboblardan foydalaniladi.
|
|
|
|
2.20-rasm. GEDORE 5013 va GEDORE 5014mod. pnevmatik jilvirlash mashinalari
|
2.21-rasm. GEDORE 5135 mod. pnevmatik parchin mix qoqqich
|
Do'stlaringiz bilan baham: |