To‘rtinchi avlod (1975-1989).
1965 yildan keyin kremniy chiplarga
joylangan elektron kompyuterlarning o‗rtacha miqdori har yili ikki martadan ortib
boradi. Bu taraqqiyot keng ko‗lamli integrasiyalanish (LSI) davriga olib keldi, bunda
bitta chipda 30 000dan ortiq elektron komponentning integrasiyalashuvi mumkin
bo‗ldi, keyin yirik ko‗lamli integrasiya (VLSI)davri keldi, bunda bitta chipda bir
millionga yaqin elektron komponentlarni integrasiyalash mumkin. Bu taraqqiyot esa
keskin rivojlanishga mikroprosessor arifmetik mantiqiy va nazorat funksiyalarini,
hamma kompyuterlar faoliyatining asosiy turlarini bajarish uchun zarur bo‗ladigan
hamma sxemalarni bitta chipda saqlaydi. Shu tariqa, mikroprosessorli to‗liq
kompyuter, birlamchi ma‘lumot saqlash qurilmalarining bir qancha qo‗shimcha
mikroxemalari, shuningdek, qo‗llab-quvvatlovchi boshqa sxemalarini yaratish
mumkin bo‗ldi. U yangi ijtimoiy inqilobni – shaxsiy (personal) kompyuterlar (ShK)
inqilobini boshladi. Ular ishlab chiqarishda uncha qimmat bo‗lmay qoldi va ko‗pchilik
odamlarda kompyuterga egalik qilish imkoni tug‘ildi.
1978 yilda Apple Computer Inc. kompanyaisidan Apple II va Radio Shack dan
Tandy Corporation
bo‗limining TRS-80 modeli etakchi shaxsiy kompyuterlar
bo‗ldilar. 1980 yilga kelib, IBM shaxsiy kompyuterlar bozori ko‗p narsa va‘da
qiluvchiligini anlaydilar va 1981 yilda IBM PC sifatida ma‘lum bo‗lgan o‗zlarining
xususiy PKlari bilan chiqdilar. Boshqa birqancha ishlab chiqaruvchilar IBMning
tasniflari (spesifikasiyasi) dan foydalanib, o‗zlarining keng ommaga ma‘lum bo‗lgan
IBM birgalikdagi xususiy kompyuterlarini yoki klonlarini yaratdilar. IBM PC va uning
klonlari to‗rtinchi avlod davomida PK industrisida ommaviy standartga aylandi.
To‗rtinchi avlodda magnit o‗zakdagi yarim o‗tkazguvli ma‘lumot yig‘uvchilar
o‗rnini katta xajmdagi qisqa murojaat vaqtiga ega bo‗lganlari bilan almashdi. Qattiq
disklar arzon, xajmi kichik va quvvati yuqori bo‗lib qoldi. Magnit tasmalarga
qo‗shimcha ravishda qayishqok disklar dasturlarni va ma‘lumotlarni bir kompyuter
tizimidan boshqasiga o‗tkazishda portativ tashuvchi sifatida ommalashdi.
To‗rtinchi avlod davrida yirik ko‗lamli kompyuter tizimi sohasida ham sezilarli
siljishlar bo‗ldi. To‗rtinchi avlod meynfreymlar tizimiga yaxshilanishlarga qo‗shimcha
ravishda
vektorli
va
simmetrik
multiprosessorli
texnologiyalar
asosidagi
superkompyuterlarning paydo bo‗lishi bilan o‗zini ko‗rsatdi. Parallel vektorli ishlov
berish texnologiyasi asosida qurilgan superkompyuter yuqori o‗tkazish xususiyatiga
ega tarmoqning nostandart koordinata kommutatori orqali xotiraning umumiy
moduliga yuqori tezlikda murojaat qiluvchi qator xotira uskunalari bilan bog‘liq
nostandart vektorli prosessorlarning uncha ko‗p bo‗lmagan miqdoriga ega bo‗ladi.
Boshqa tomondan, ko‗p prosessorli simmetrik texnologiyalar asosida qurilgan
superkompyuterda yuqori tezlikdagi shinalar yoki kommutatorning ko‗nadalang
tarmog‘i orqali umumiy xotiraga ulangan seriyali mikroprosessorlardan foydalaniladi.
Birinchi kategoriyali superkompyuterlar ishlab chiqaruvchilarga Gray Research va
ETA Sistems ni, oxirgi kategoriyalarga IBM, Silicon Graphies va Digital Equipment
Corporationni kiritish mumkin.
To‗rtinchi avlod davomida, yuqori tezlikda ishlovchi gi kompyuter tarmoqlari
ham yaratildi. Bu bir necha kompyuterlarni o‗zaro muomala qilish va ma‘lumot
almashish uchun birgalikda ishlashiga imkon berdi. Lokal hisoblash tarmoqlari (LHT)
kompyuterlarni tashkilot yoki universitet shaharchasi ichida ommaviylashdi. Aynan
shu tarzda global tarmoqlar ham (WAN) katta masofalarda joylashgan kompyuterlarni
ulash uchun ommalashdi. Bular kompyuter tarmoqlari va taqsimlangan tizimlarga olib
keldi.
Dasturiy ta‘minot sohasida to‗rtinchi avlodning yangi texnologiyalariga mos
holda, ayrim yangi ishlanmalar ham paydo bo‗ldi. Masalan, dasturchilar xususiy
kompyuterlar uchun bir qancha operasion tizim ishlab chiqdilar. Ularning orasida MS-
DOS, MS-Windows va Apple kompaniyasidan firmaga oid Mac OS tizimlari mashhur
edi. Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasi sohasida malakasi bo‗lmagan odamlarga
mo‗ljallanganligi uchun kompaniyalar ancha do‗stona foydalanuvchi grafik
interfeysini (GUI) ishlab chiqdilar. Foydalanuvchi grafik interfaysi (GUI)
foydalanuvchilar ―sichqoncha‖ yordamida tanlay oladigan belgichalar (rasmlar) va
menyu (tanlov ro‗yxati) dan iborat. Shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqaruvchilar va
dasturiy ta‘minot ishlab chiquvchilar PKlarni qudratli vositaga aylantirish uchun
shaxsiy kompyuterlar asosida bir qancha yangi takliflar ishlab chiqdilar. Ularning
orasida hujjatlarga, elektron jadvallarga ishlov berishni soddalashtirish imkonini
beruvchi, matnlarga ishlov berishning kuchli paketlari alohida o‗ringa ega bo‗lib, u
ustun va qator ko‗rinishida, tashkil etilgan ma‘lumotlarni hamda grafik paketlar ustida
engil manipulyasiya o‗tkazish va tahlil qilishga imkon berar, bu esa rasm va
diagrammalarni chizishni osonlashtirishga imkon berardi. To‗rtinchi avlod davrida
ommalashgan yana bir o‗ta foydali konsepsiya terminalning bitta oynasida bir qancha
oyna (daricha)lar bilan ishlay olish imkoniyati edi. Bu xususiyat foydalanuvchilarga
terminalning bitta ekranida bir vaqtning o‗zida ilovalarning bir qancha qanchasi
holatini alohida darchalarda kuzatish imkonini berdi.
Katta kompyuterlar uchun dasturiy ta‘minot sohasida ko‗p prosessori operasion
tizimlar va dasturlashtirishning parallel tillari ommalashgan asosiy texnologiyalar
qatoriga qo‗shildi. Ko‗p prosessorli operasion tizim yordamida meynfreym tizimlarida
bir nechta prosessordan foydalanishi mumkin (asosiy prosessor va tobe prosessorlar),
shu tariqa, tobe prosessorlar foydalanuvchilar terminallari va periferiyali qurilmalarni
boshqara olishlari mumkin, bu esa asosiy prosessorni asosiy dasturlarga ishlov
berishga
jalb
etilishiga,
umumiy
samaradorlik
oshishiga
imkon
beradi.
Superkompyuterlar,
shuningdek,
bu
tizimda
foydalaniladigan
ko‗p
sonli
prosessorlardan maksimal unumdorlik olmoq uchun ko‗p prosessorni operasion
tizimdan ham foydalanadilar. Bir vaqtning o‗zida dasturlash tillari dasturchilarga o‗z
ilovalarini bu ko‗p prosessorli tizimlar qismlari parallel ravishda bajara oladigan tarzda
yozishga imkon berib, ushbu ko‗p prosessorli tizim imkoniyatlaridan samarali
foydalanishga qo‗shimcha ravishda yordam berdilar. Ushbu turning eng kuchli tili
ADA edi.
To‗rtinchi avlodda UNIX operasion tizimi ham keng yirik ko‗lamli tizimlarda
foydalanish uchun o‗ta ommalashdi. Bundan tashqari, kompyuter tarmoqlarining
tarqalishi munosabati bilan bir necha kompyuterning bir-biri bilan muomalaga kira
olishi va o‗sha tarmoq resurslaridan birgalikda foydalanishga imkon berish uchun bir
qancha yangi funksiyalar mavjud operasion tizimga ulandi.
To‗rtinchi
avlod
davomida
ommalashgan
ayrim
boshqa
dasturiy
texnologiyalarga S dasturlashtirish tili, dasturiy ta‘minlashning ob‘ektga yo‗naltirilgan
loyihalashtirilishi va ob‘ektga yo‗naltirilgan dasturlashtirishlar kiradi. S tili o‗zida
assembler samaradorligi bilan yuqori darajali dasturlashtirish tillari xususiyatlarini
jamlaydi. Dasturiy ta‘minlashning ob‘ektga yo‗naltirilgan loyihalashtirilishining asosiy
vazifasi dasturni umumlashtirish va ob‘ekt deb ataluvchi dasturiy kodlarning takroriy
foydalaniladigan qismlarini birlashtirish yo‗li bilan dasturiy tizimni yaratish
hisoblanadi. Dasturiy ta‘minlashning ob‘ektga yo‗naltirilgan loyihalashtirilishini
engillashtirish (osonlashtirish) uchun dasturlashtirishning bir qancha ob‘ektga
yo‗naltirilgan tillari kiritildi. Ulardan SQQ eng ommaviy ob‘ektga yo‗naltirilgan til
sifatida paydo bo‗ldi.
To‗rtinchi avlod kompyuterlarining xarakterli xususiyatlari quyidagilar
hisoblanadi.
1. PK meynfeymlar yoki uchinchi avlod mini EHMlariga nisbatan kichik va
arzon edi.
2. To‗rtinchi avlod meynfreymlari va superkompyuterlari uchun ular turgan bino
(xona) kondisioner bilan ta‘minlanishi talab qilinishiga qaramay, xususiy
kompyuterlarga kondisioner talab etilmaydi.
3. Ular uchinchi avlod kompyuterlariga nisbatan kam energiya (quvvat)
sarflardi.
4.Ular uchinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ishonchliroq, apparatlarning
ishlamay qolishga moyilligi kamroq, texnik xizmat ko‗rsatishga kam xarajat talab
qilardi.
5. Ular uchinchi avlod kompyuterlariga taqqoslaganda tez ishlar, birlamchi va
ikkilamchi saqlanishiga ko‗rakatta xotiraga ega edi.
6. Ular umumiy foydalanishga mo‗ljallangan mashina edi.
7. Ularni tayyorlash elektron sxemaning alohida komponentlarini qo‗lda
yig‘ishni talab qilmasdi, bu esa yig‘ish bosqichida inson mehnati ulushi va moliyaviy
xarajatlar pasayishiga olib keldi. Shu bilan birga, BIS va SBIS fishkalar tayyorlash
uchun o‗ta murakkab texnologiya va qimmatbaho qurilmalar talab qilinar edi.
8. Bitta kompyuter uchun yozilgan dasturni boshqa kompyuterga oson
o‗tkazuvchi va bajaruvchi dasturlashtirishning yuqori standart tillaridan foydalanish
9. Foydalanuvchining grafik interfeysi (GUI) kompyuterni endi o‗rganayotgan
foydalanuvchilarga kompyuterdan foydalanishni tez o‗rganishga imkon berdi.
10. PK-ilovalar PKni ofis uchun ham, uyda foydalanish uchun ham kuchli
vositaga aylantirdi.
11. Kompyuterlar tarmog‘i disklar, printerlar v.b. kabi resurslarni bir qancha
kompyuterlar va ularning foydalanuvchilari tomonidan birgalikda foydalanishga
imkon berdi. Ularga, shuningdek, geografik jihatdan olis joylardagi kompyuterdan
foydalanuvchilar orasidagi o‗zaro aloqalar bilan bog‘liq takliflarning bir qancha yangi
turlarini ham qo‗shdilar. Korporativ ishlarni ta‘minlovchi kompyuterlar (computer
Supported Cooperative Working - CSCW) yoki guruhli ishlar ana shunday takliflardan
biri hisoblanib, uzoq (olis) joylarga joylashgan bitta loyihada ishlovchi bir necha
a‘zolar kompyuter tarmoqlari yordamida bir-birdari bilan hamkorlik qiladilar.
12. Ixchamlashtirilgan dasturiy ta‘minotga qo‗shimcha ravishda bu tizim ham
apparatning ustqurmasi funksiyasini bajaradi. Bunda foydalanuvchilarga mablag‘larni
faqat o‗z ehtiyojlari va qimmatini hisobga olgan holda, apparat va dasturiy
ta‘minlashning konfigurasiyasiga investisiyalashga imkon beradi.
13. To‗rtinchi avlod PKlari kompyuter narxlarini hatto alohida shaxslar uylarida
shaxsan foydalanish imkonini beradigan darajaga keltirdilar.
14. To‗rtinchi avlodning superkompyuterlari bu tizimda foydalaniladigan katta
miqdordagi prosessorlarda ilovadarning turli qismlariga parallel ravishda ishlov
berishga imkon yaratdi. Bu o‗z navbatida, katta vaqt sarfini talab qiladigan ilovalar
bilan ancha tez ishlashga imkon berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |