axborotlar to‗plovchi vositalar ishlab chiqildi. Magnitli disklar ikkinchi avlod
kompyuterlarida asosiy ikkilamchi axborot tashuvchilar bo‗ldilar. Foydalanuvchilar
avvalgidek dasturlarni va ma‘lumotlarni tayyorlash va kompyuterga kiritish uchun
perfokartalardan keng foydalanardilar.
Dasturiy ta‘minotda dasturlashning yuqori darajali tili (masalan, FORTRAN,
COBOL, ALGOL va
SNOBOL
) va operasion tizim partiyalari ikkinchi avlod davrida
yuzaga keldi. Yuqori darajali dasturlashtirish tillari ikkinchi
avlod kompyuterlarning
dasturlashtirish va foydalanishni birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan oson qilib
qo‗ydi. Operasion tizimlar paketlarini joriy etish inson aralashuvining kamaytirishga,
tez ishlov berishga, o‗tkazish qobiliyatini oshirishga
va ikkinchi avlod
kompyuterlarida ishlashni soddalashtirishga olib keluvchi olib keldi.
Ilmiy hisoblashlar bilan bir qatorda ishbilarmonlik va sanoat borasida
foydalanuvchilar ikkinchi avlod kompyuterlaridan ish haqini hisoblash, zahiralarini
boshqarish marketing va ishlab chiqarishni rejalashtirish
kabi tijorat ilovalari
ma‘lumotlariga ishlov berish uchun yanada ko‗proq foydalandilar.
Ikkinchi avlob kompyuterlaridan foydalanishning qulayligi dasturchilar va tizimli
analitiklarning kompyuterlar dizayni emas, undan foydalanishga ko‗proq yo‗naltirilgan
hisoblashdagi yangi mutaxassisliklarni yuzaga keltiradi. Bu bir qancha kollejlar va
universitetlarga informatika kursi kiritilishiga olib keldi.
Ikkinchi avlod kompyuterlarining o‗ziga xos xususiyatlari quyidagilarda
ko‗rinadi:
1.
Ular birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan kamida o‗n
marta tez ishlar
edilar.
2.
Ular birinchi avlod kompyuterlaridan kichik edilar va kam joy talab qilar
edilar.
3.
Ular birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan kam quvvat talab qilar va kam
issiq tarqatar edilar. Ikkinchi avlod kompyuterlari joylashgan binolar avvalgidek zarur
kondisionerlar bilan jihozlashi kerak edi.
4.
Ular birnchi avlod kompyuterlariga nisbatan ancha ishonchli,
apparaturasi
kamroq buzilar edi.
5.
Ular tez ishlar va birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan katta xajmdagi
birlamchi va ikkilamchi ma‘lumotlarni saqlash qurilmalariga ega edi.
6.
Ularni dasturlash va ekspluatasiya qilish birinchi avlod kompyuterlariga
nisbatan engil edi. Binobarin, ular tijoratda ham ancha keng qo‗llanilar edi.
7.
Bu kompyuterlarda minglab alohida tranzistorlar elektron sxemalarda qo‗lda
yig‘ilishi kerak bo‗lar, bu esa bu kompyuterlarni tijorat maqsadida ishlab chiqarishni
qiyinlashtirar va narhi ham qimmatlashib ketar edi.
(a) vakumnaya trubka (b) Tranzistor (s)
Integral sxema (IS)
chiplar