Texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendentsiyalari


Uchinchi avlod (1964-1975)



Download 440,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana14.05.2023
Hajmi440,05 Kb.
#938740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Reja Texnik vositalarning tushunchasi va rivojlanish tarixi 2

Uchinchi avlod (1964-1975) 
1958 yilda Jek Sent-Kler Kilbi va Robert Noys birinchi integral sxemani ixtiro 
qildilar. Integral sxema (IS) tranzistor rezistor va kondensatorlarga o‗xshash 
kremniyning bitta krestalidan o‗stirilgan va tarkibi bir biriga simsiz birlashtirilgan bir 
qancha elektron qismlardan iborat edi. IS texnologiyasi ―mikroelektronika‖ sifatida 
ham ma‘lum edi, chunki bu sxema juda kichkina (5mm kvadrat kamroq) kremniy 
yuzasida ko‗p komponentlarni birlashtirigan, uni ―chip‖ nomi bilan mashxur bo‗lgan 
(1-rasm, (s)ga qarang). Dastlab integral sxemalar o‗ntadan yigirmatagacha 
komponentdan iborat bo‗lgan. Bu texnologiya kichik integrasiya darajasi (SSI) deb 
nomlangan. Keyinroq mikrosxemalar tayyorlash uchun texnologiyada olg‘a siljishlar 
yuz berishi bilan bitta chipda yuztagacha komponentni integrasiyalash mumkin bo‗ldi. 
Bu texnologiya intergrasimyaning o‗rta darajasi (MSI) sifatida ma‘lum edi. 
Uchinchi avlod EHM mikrosxemalardan foydalanib tayyorlandi. Ularning eng 
avvalgisi SSI texnologiyasidan keyinroq tayyorlanganlariga esa MSI texnologiyasidan 
foydalanilgan. IS ishlab chiqarishda kam ( kichik) va arzon, pishiq va ishonchli, tez 
ishlar kam issiq tarqatar (chiqarar), elektron kompyuter simlaridan qo‗lda 
tayyorlangan elektr zanjirlarga nisbatan kam quvvat talab qilar edi. Oqibatda uchinchi 
avlod kompyuterlari ikkinchi avlod kompyuterlariga qaraganda ancha quvvatli, 
ishonchli, arzonroq xajmi kichikroq va xarorati pastroq bo‗lgan. 
Ma‘lumotlarni saqlash texnologiyasi sohasidagi birgalikda erishilgan yutuqlar 
magnit o‗zak asosida erkin foydalanish mumkin bo‗lgan katta xotira qurishga, 
shuningdek magnit disklari va tasmalarining katta sig‘imini yaratishga imkon berdi. 
Binobarin, uchinchi avlod kompyuterlari, odatda, diskda bir necha megabayt (5 
megabaytdan kamroq) operativ xotira va o‗nlab megabayt ma‘lumot saqlashga qodir 
magnit disklarga ega edi. 
Dasturiy ta‘minot
1
, yuqori darajadagi dasturlash tillarini standartlashtirish, 
taqsimlangan vaqtli operasion tizimlari, dasturiy ta‘minlashni apparat vositalaridan 
ajratib qo‗yish shuningdek mustaqil dasturlash industriyasini yaratish bularning 
hammasi uchinchi avlod davrida yuz berdi. O‗sha kunlarda FORTRAN va COBOL 
yuqori darajali dasturlashtirishning eng ommalashgan tili bo‗ldi. Ularni 1966 yilda va 
1968 yilda mos holda Amerika milliy standartlar instituti (ANSI) standartlashtirdi, 
standartlashtirilgan versiyalar esa ANSI FORTARAN va ANISI COBOL deb ataldi. 
Buning mohiyati shunda ediki, agar dasturchi dasturni yozishda bu standartlarga amal 
qilsa u bu dasturlarni ANSI FORTARAN yoki ANISI COBOL bilan kompilyatorda 
har qanday kompyuter ishlata olardi. Uchinchi avlod davrida yana bir qancha yuqori 
darajali dasturlashtirish tillari muomalaga kiritildi. Ularning orasida PL/1, PASCAL va 
BASIC alohida o‗ringa egalladi.
Ikkinchi avlod kompyuterlari paketli ishlov berish operasion tizimidan 
foydalangan. Bu tizimlarda foydalanuvchilar o‗z ma‘lumotlari va dasturlarni 
tayyorlashlari, keyin esa ularni ishlov berish usun hisoblash markaziga topshirishlari 
kerak bo‗lardi. Kompyuter markazidagi operatorlar foylanuvchilarning ushbu ishchi 
1
Informatika va axborot texnologiyalari: Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun darslik / S.S. 
G’ulomov, B.A. Begalov; O’zR Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot 
universiteti. – T.: Fan, 2010. – 704 b.
 


dasturlarini yig‘ishar va ularni berilgan vaqt intervalida paketlarda kompyuterga kiritar 
edilar. Foydalanuvchilar kompyuter markazidan o‗z ishlarining echimini qog‘ozga 
bosilgan holda olar edilar. Ma‘lumotlarga paketli ishlov berishga bunday yondashuv 
natijasida ayrim foydalanuvchilar ayniqsa dasturchilar uchun majburiy ushlanib qolish 
murakkabliklar yaratardi, chunki ular dasturdagi bir nechta xatoni topish va tuzatish 
uchun kunlab kutishga majbur edilar. Bu vaziyatni tuzatish uchun Dartmund kolejidan 
Jon Kemeni va Tomas Kurs taqsimlangan vaqtlarda ishlovchi operasion tizimlar 
konsepsiyasini (OS) taqdim etdi. Taqsimlangan vaqtlarga ajratilgan OS bir necha 
foydalanuvchiga kompyuterga tez kirish imkoniga ega bo‗ladi va har bir 
foydalanuvchi 
uchun 
kompyuterdan 
resurslaridan 
boshqalar 
ham 
foydalanayotganligini his qilmagan holda bir vaqtda foydalanishga imkon beradi. 
Bunga kompyuterga bir vaqtda birgalikda ulangan ko‗p sonli nisbatan past tezlikda 
ishlovchi mustaqil onlayn terminallardan foydalanish tufayli erishiladi. Har bir 
foydalanuvchi kompyuterga to‗g‘ridan-to‗g‘ri kira olishi uchun aloxida terminaldan 
foydalanadi. Taqsimlangan vaqtlarga ajratilgan operasion tizim prosessorning vaqtini 
shunday taqsimlaydiki, bunda o‗z navbatida hamma foydalanuvchilar dasturi
prosessor vaqtining bir qismiga (vaqt kesimi sifatida ma‘lum) ega bo‗ladi. 
Prosessorning ishlash tezligi unga bir foydalanuvchining ishidan ikkinchisinikiga tez 
izchillikda o‗tish va to ish tugamaguncha qadar vaqtning ajratilgan kvantida har bir 
topshiriqning uncha ko‗p bo‗lmagan qismini bajarishga imkon beradi. Har bir 
foydalanuvchi ―kompyuterda bir o‗zim ishlayapman‖ degan hayolda bo‗ladi. Vaqtni 
ajratish tartibi konsepsiyasini joriy etish dasturchilar ish unumdorligini ancha 
oshirishga 
va 
aviabiletlarni, 
so‗rovnomalar 
v.b.larni 
interfaol 
tizimlarini 
rezervlashtirish tizimi sifatida on-layn ilovalar ishlab chiqishga imkon beradi. 
1965 yilga qadar kompyuter ishlab chiqaruvchilar o‗z uskunalarini barcha 
dasturiy ta‘minlanish bilan birga sotishar, dasturiy ta‘minlash uchun alohida haq olmas 
edlar. Masalan, xaridorlar o‗zlari sotib olgan kompyuterlari bilan birga kompyuterda 
saqlanuvchi hamma tillar uchun translyatorga ega bo‗lganlar. Foydalanuvchilar nuqtai 
nazarida dasturiy ta‘minlash tekin edi.
1969 yilda IBM va boshqa kompyuter ishlab chiqaruvchilar o‗zlarining apparat 
va dasturiy mahsulotlariga alohida narxlar belgilanganlaridan keyin vaziyat o‗zgardi. 
Dasturiy ta‘minot bilan apparat ta‘minotining bunday ajratilishi foydalanuvchilarga 
o‗zlarining ehtiyojlari bo‗lgan va qadrlagan dasturiy ta‘minotgagina investisiya 
qilishlariga imkoniyat yaratdi. Masalan, hozirgi paytda xaridorlar o‗zlari uchun zarur 
bo‗lgan til bo‗yicha translyatorlarnigina sotib oladilar. Sotib olingan kompyuterlarda 
esa barcha translyatorlar qo‗llab-quvvatlanmaydi. Bu ko‗plab dasturchi firmalarning 
yaratilishiga olib keldi va dasturiy ta‘minotning mustaqil industriyaga aylanishiga 
sabab bo‗ldi. 
Uchinchi avlod tomonidan kiritilgan yana bir muhim tushuncha kompyuterlar 
oilasining teskari bir biriga mosligi bo‗ldi. Bu davrda IBM o‗z tizimida 360 tizimini 
teskari moslik bilan taqdim eta olardi, chunki o‗sha mashina tiliga asoslangan 
meynfreymlar tizimining turli o‗lchamlari edi. Bu korxonalarga priferiya jihozlariga va 
yangi tizimlarini ishga tushirish va dasturlarni modifikasiyalashga sarf-xarajat 
qilmasdan o‗z kompyuterlarini modernizasiyalash imkonini berdi. 
Uchinchi avlod davrida mini EHMlarni ishlab chiqish va joriy etishga ham joy 
ajratilgan. 1960-yillarning boshiga qadar qurilgan kompyuterlar universal tizimda 


bo‗lib, faqat eng yirik kompaniyalarigina ularni sotib olish va foydalanish imkoniga 
ega edi. Darvoqe, Meynfreymlar uchun katta tez va o‗ta qimmat tizimlar tomonidan 
qoldirilgan bo‗shliqni to‗ldirish uchun uncha qimmat va katta bo‗lmagan 
kompyuterlarga talab mavjud edi. Bir qancha novatorlar bu ehtiyojni tan oldilar va 
1960 yillarda uncha katta bo‗lmagan kompyuterlar ishlab chiqarish uchun yangi 
firmalar yaratdilar. 1965 yilda Digital Equipment Corporation (
DEC
) birinchi tijorat 
uchun imkoniyatli bo‗lgan minikompyuterlar 
PDP
-8ni chiqardi (Programmed Data 
Processor). Uni xonaning burchagiga osongina joylashtirsa bo‗lar va kompyuter 
operatoridan to‗liq ish kuni talab qilmas edi. U taqsimlangan vaqt operasion tizimidan 
foydalanar va shu binoning o‗zida bir necha foydalanuvchi har xil joydan undan 
foydalanishga imkoniyat yaratar edi. Uning qiymati meynfremlar an‘anaviy tizimi 
qiymatining chorak qismi atrofida bo‗lib, uncha katta bo‗lmagan kompaniyalar ham 
kompyuter sotib olish imkoniyatiga ega edi. Bu biznes va ilmiy maqsadlar uchun 
uncha katta bo‗lmagan kompyuterlarga talab mavjudligini tasdiqladi va 1971 yilda 
bozorda 25 dan ortiq minikompyuter ishlab chiqaruvchilar mavjud edi. 
Uchinchi avlod kmpyuterlarining o‗ziga xos tomonlari quyidagilar hisoblanadi. 
1.
Ular ikkinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ancha quvvatdi edi. Ular 
sekundiga 1 mln.ga yaqin operasiyalarni bajarishga qodir edi. 
2.
Ular ikkinchi avlod kompyuteriga nisbatan kichik shuning uchun kamroq joy 
talab qilardi. 
3.
Ular ikkinchi avlod kompyuterlariga nisbatan kam energiya (quvvat) talab 
qilar va kam issiqlik tarqatar edi. Uchinchi avlod kompyuterlari joylashtirilgan bino 
avvalgidek kondisioner bilan jihozlanishi zarur. 
4.
Ular ikkinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ishonchliroq va apparatlarning 
to‗xtab qolishga moyiligi kam xizmat ko‗rsatish qiymati ancha arzon edi. 
5.
Ular tez ishlar, ikkinchi avlod kompyuterlariga nisbatan axborotlarni saqlash 
uchun katta birlamchi va ikkilamchi xotiraga ega edi. 
6.
Ular ilmiy va tijorat maqsadlarida foydalanishga yaroqli umumiy vazifalarni 
bajaradigan mashina edi. 
7.
Ular tayyorlash elektron sxemasiga alohida alohida komponentlarini qo‗lda 
yig‘ishni talab qilmas edi, bu esa yig‘ish bosqichida inson mehnati ulushini va 
moliyaviy xarajatlarni pasayishiga olib kelardi. Shu tariqa, bu tizimni ishlab chiqarish 
oson va arzon edi. Bundan tashqari integral mikrosxemalar ishlab chiqarish uchun 
ancha murakkab texnologiya va qimmatbaho uskunalar zarur bo‗lar edi. 
8.
Yuqori 
darajali 
dasturlashtirishni 
tillarining 
standartlashtirilishi 
bir 
kompyuter uchun yozilgan dasturlarni boshqa kompyuterda bajarish uchun oson 
o‗tkazishga imkon beradi. 
9.
Taqsimlangan vaqt operasion tizimi bu tizimni bir necha foydalanuvchi 
interfaol va bir vaqtning o‗zida foydalanishiga imkon beradi.
10.
Taqsimlangan vaqt operasion tizimi dasturlarni ishlab chiqish vaqti va 
qiymatini bir necha martaga qisqartirib, dasturchilar ish unumdorligini sezilarli 
yaxshilashga yordam berdi. 
11.
Taqsimlangan vaqt operasion tizimi, shuningdek on-layn tizimida ishlashni 
amalga oshirishga va buning natijasi sifatida bu tizimlarni yangi onlayn ilovalar uchun 
qo‗llashga yordam berdi. 


12.
Dasturiy ta‘minlashni apparat vositalaridan ajratish bu tizimdan 
foydalanuvchilarga ular uchun va kerak bo‗lgan dasturiy ta‘minlashga investisiyalash 
imkonini berdi. 
13.
Uchinchi avlod minikompyuterlari hatto mayda kompaniyalar uchun ham 
kompyuterga ega bo‗lish imkonini yaratdi. 

Download 440,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish