Termiz davlat univеrsitеtining pedagogika instituti


Metodika uyushmalarining asosiy vazifalari



Download 138,5 Kb.
bet5/6
Sana10.07.2022
Hajmi138,5 Kb.
#771422
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shahar metodika kabinetining asosiy ish faoliayati va vazifalari

2.2 Metodika uyushmalarining asosiy vazifalari
Metodika uyushmalarining maqsadi: - maktabgacha ta'lim muassasalarining har bir yo'nalish bo'yicha turli yosh davrlariga tegishli ta'lim faoliyatini muvofiqtashtirish; - zamonaviy ta'lim-tarbiya berishning innovatsion g'oya va yangi pedagogik texnologiyalarni o'rganish va keng targ'ib qilish, ilg'or tajriba va ijodiy tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish; - ta’lim muassasalari pedagog va tarbiyachilarining kasb mahorati va malakasini oshirish maqsadida mahorat maktablari, amaliy mashg'ulotlar, yangi pedagogik, uslubiy adabiyotlar, ta'limga oid va didaktik o'yin vositalari ko'rgazmasi, seminar-treninglarni muntazam ravishda tashkil etish orqali uslubiy yordam ko'rsatishdan iborat.
Metodika uyushmalarining asosiy vazifalari:
1. Maktabgacha ta'lim boshqaruv organlari tomonidan maktabgacha ta'lim yo'nalishiga oid me'yoriy hujjatlar va metodik ishlarni o'rganadi hamda ta'lim muassasalarida ta'limtarbiya jarayoniga tatbiq etish yo'llarini ko'rsatib beradi.
2. Viloyat metodika markazlarida maktabgacha ta'lim muassasalarining tajribali pedagoglari tarkibidan yo'nalishlar (rahbar, melodist, tarbiyachi, logoped, defektolog, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi) bo'yicha trenerlar guruhi tashkil etiladi. Trenerlarning har biri o'z yo'nalishi bo'yicha yangi i^ietodik tavsiyalar va me'yoriy hujjatlar bilan metodik uyushma rahbarlari uchun ikki oyda bir marta mashg'ulotlarni tashkil etadi.
3. Tuman (shahar) miqyosidagi ilg'or pedagogik ish tajribalarini o'rganadi hamda ulardan eng samaralilarini metodika uyushmasi qarori bilan tuman (shahar) bo'yicha ommalashtiradi.
4. Tuman (shahar} miqyosida ommalashgan innovatsion ish uslublariga ega muassasalar ish tajribasini viloyat bo'yicha ommalashtirishga tavsiya etadi.
5. Ta'lim muassasalari tarbiyachilarining metodik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish maqsadida, ta’limtarbiya faoliyatining zamon talabiga mosligini, qo'yilgan talablarning bajarilishi va ijodiy fikrlarning ta'lim jarayoniga to'g'ri yo'naltirilganini kuzatib boradi.
6. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yilgan Davlattalablari»ningyo‘nalishlar bo'yicha ba-jarilishi va tayanch dasturining ishlashini ta'minlashga rahbarlik qiladi.
7. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablari»ning ijrosini o'rganish uchun zarur bo'lgan test topshiriqlari va boshqa nazorat materiallarini tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.
8. Shahar va tumanda tegishli ta'lim yo'nalishining tatbiq etish ahvolini o'rganadi, tahlil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning Davlat talablari asosida egallagan malaka va ko'nikmalaridagi bo'shliqlarni aniqlaydi va ularni to'ldirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilaydi.
9. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablari» ijrosini ta'minlash, ta'lim sifat va samaradorligini oshirish, taTim-tarbiya jarayonini ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan boyitish, unga yangi innovatsion g'oyalarni tatbiq etishga ko'maklashuvchi tavsiyalar ishlab chiqadi va ularni ta'lim muassasalariga yetkazadi.
10. Tuman (shahar) miqyosida tegishli ta'Hmyo'nalishlarining metodik ta'minotga bo'lgan ehtiyojini aniqlaydi.
11. "Ilk qadam" dasturi, metodik qo'llanma va boshqa yangi metodik nashrlar, shuningdek, taTim-tarbiya jarayo- niga doir ilmiy maqolalarni o'rganadi va muhokama qiladi.
12. Maktabgacha ta'lim boshqaruv organlari ko'rsatmasi bilan sohaga oid yaratilayotgan yangi dastur, qoTlanmalarni tahlil qiladi va asoslangan xulosalar taqdim etadi.
13. Maktabgacha ta’lim muassasalarini maxsus sanitariyagigiyena talablari asosida jihozlanishiga metodik yordam beradi.
14. Tuman (shahar) miqyosida tegishli yo'nalish bo'yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ilg'or ish tajribalarini o'rganishga yo'naltirilgan o'quv-metodik seminarlarni tashkil etadi.
15. Tuman (shahar) miqyosida tarbiyachilarning uzluksiz malaka va mahoratlarini oshirib borishlarini ta'minlaydi.
16. Tuman (shahar) maktabgacha ta'lim muassasalarining ilg'or pedagogik tajribalari, ijodkor tarbiyachilari haqida axborotlar bazasini tashkil etadi.
17. Ta'lim muassasalarida turli yo'nalishdagi to'garaklar faoliyati va noan'anaviy guruhlarning ishlarini o'rganadi, ularga tegishli yordam ko'rsatadi.
18. Tuman (shahar) miqyosida o'tkaziladigan ikkinchi bosqich ko'rik-tanlovlarni o'tkazishga yordam beradi.
19. Ta'lim muassasalarining yangi o'quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta'minlanishini nazorat qiladi.
Tuman (shahar) miqyosida maktabgacha ta'limning bir necha yo'nalishlari, shuningdek (maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari, metodist, tarbiyachi, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi, logopedlar uchun) bittadan Metodika uyushmasi tashkil etiladi. - Metodika uyushmasiga har bir ta'lim muassasasidan bir va bir necha pedagog xodim muassasa rahbarining tavsiyasi va buyrug'i bilan a'zo qilib olinadi. - Metodika uyushmasiga tegishli ta’lim yo'nalishi bo'yicha tuman (shahar)ning eng ijodkor va tajribali tarbiyachi mutaxassisi rais etib saylanadi va uyushma yig'ilishiga rahbarlik qiladi.

- Metodik uyushma raisi va uning a'zolari uyushma faoliyatiarini jamoatchilik asosida yuritadilar.


- Metodik uyushma faoliyatiga bog'liq barcha tashkiliy ishlar va hujjatlarni yuritish tuman (shahar) ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining maktabgacha ta'lim yo'nalishi metodisti zimmasiga yuklatiladi.
- Uyushma faoliyati tuman (shahar) ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining huzuridagi Metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
- Metodika uyushmasi yig'ilishi har ikki oyda bir marta o'tkazilishi va yig'ilish ma'lum bir masalani muhokama qilishi yoki o'quv seminari tashkil qilishi mumkin. - Metodika uyushmasi yig'ilishlarida muhokama etilgan masalalar majlis bayonnomasida aks ettirilishi va qabul qilingan qaror yuzasidan tegishli ko'chirma taqdim etilishi zarur.
- Yig'ilish bayonlari daftari, uyushma ish rejasi va hisoboti tuman (shahar) metodika kabinetida uch yil saqlanadi.
Metodika uyushmasi hujjatlari:
Metodika uyushmasi quyidagi hujjatlar asosida faoliyat yuritadi:
yillik ish rejasi;
yig'ilish bayonnomalari;
hisobotlar;
metodika kengashiga taqdim etilgan va muhokamadan o'tgan ishlarning chop etilgan va elektron nusxasi.
Metodika kengashiga maktabgacha ta'lim boshqaruv organlaridan yo'llangan hujjatlar nusxasi.

XULOSA
Xulosa qilib aytish mumkinki, Maktabgacha yoshdagi bolalarning ishiga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari etadigan ishlarni bajarayotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlari turgan gap. Lekin bunda bolalarni mehnatga jalb qilmaslik kerak, bolalarning bajariladigan ishlarini kattalarning o‘zlari bir pasda qilib qo‘yishlari mumkin, degan ma’no kelib chikadi. SHarq xalqlarida bir maqol bor: “Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur”. Bu juda to‘g‘ri, xayotiy gap. Bu bolalarga biron yumush bajarilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan ko‘z-quloq bo‘lib turishlari kerak, degan ma’noni bildiradi. Bolalarda, xususan, kichik yoshdagi maktabgacha bolalrida xali mehnat malakalari yo‘q, qo‘l muskullari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shuning uchun bolalar qasddan yoki anqovliklaridan emas, balki eplay olmasliklaridan biror narsani tushirib, sindirib yuborishlari mumkin. Ana shunday “falokat” yuz bergan paytda bolani “anqov, merov, ko‘zinga qarasang bo‘lmaydimi” deb urinishi yoki koyish yaramaydi. Buning o‘rniga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni ko‘rsatib berish lozim. Maktabgacha da bolalar jalb qilinadigan mehnat faoliyatining turi juda xilma xildir. Masalan; tabiat burchagidagi jonivor yoki o‘simliklarni parvarish qilish, maktabgacha ta’lim tashkiloti hovlisida ishlash, oshxonada va guruhda navbatchilik qilish, kichkintoylarni kiyintirishga yordam berish va boshqalar. SHuni ham aytib o‘tish kerakki, kichik yoshdagi maktabgacha bolalari o‘zlarining mhxnat faoliyatlarini xali yo‘lga qo‘ya olmaydilar. SHuning uchun ular mehnatning juda sodda turlari bilan , ya’ni o‘simliklarga suv quyish, baliqlarga ovqat berish, xovliga suv sepish va shu kabilar bilan shug‘ullanadilar. O‘rta va katta guruh bolalari mehnat faoliyatini o‘yindan batamom farqlab, unga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydilar. Ular mehnatdan kelib chiqadigan natijani, ya’ni mehnatning ijtimoiy mohiyatini, kim uchun , nima uchun lozimligini tushunadilar. Ular kattalarning oiladagi uy – ro‘zg‘or ishlariga zo‘r ishtiyoq bilan yondoshadilar, kichkintoylar uchun qog‘oz, karton paner va plastilindan turli o‘yinchoqlar yasaydilar. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan mehnat faoliyati bolalarning har tomonlama, ham jismoniy , ham psixik, ham estetik, ham axloqiy tomondan barkamol rivojlanishlariga juda katta ta’sir qiladi. Maktabgacha bolalari biron o‘yin , ta’lim yoki mehnat faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lar ekan , ular asosida harakatga soluvchi mayllar yotadi. Kichik maktabgacha yoshidagi bolalarning xatti – harakatlari amalga oshirilayotgan sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Ular xatti – harakat motivlarini anglab ham etmaydilar. Bundan tashqari bolalarni bilimini rivojlantirishda talim to’g’risidagi qonun, davlat ta’lim standartlari va oliy ta’lim muassasalari muhim ahamiyatga ega. Bularning har birining maqsadi bolalarni kelajakka yetuk inson qilib tarbiyalash hisoblanadi.oliy ta;lim muassalariga misol qilib , bola boshlang;ich fundamentni maktabgacha ta;limdan oladi. Asosiy poydevor shu yerda boshlanadi. Shuning uchun ham maktabgacha ta’limning maqsadi – bolalarni maktab ta’limiga sifatli qilib tarbiyalab berish hisoblanadi. Keyinchalik bola yangi muhitga moslashib boradi. Umumiy o’rta ta’lim to’qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan iborat. Umumiy o’rta ta’lim boshlang’ich ta’limni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish ehtiyojining yuzaga kelishi asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarning o’zlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lish, shuningdek kasb tanlash ko’nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat o’quvchilarning umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga egaliklarini belgilaydi. Akademik litseylarda o’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo’nalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo’yicha bilim saviyalarini oshirish hamda o’zlarida fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko’nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Quyidagilar maktabgacha ta'lim tuman (shahar] bo'Iimlarining asosiy vazifalari hisoblanadi: Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta'minlashda ishtirok etish; kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar bilan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish sohasida o'zaro hamkorlik qilish; maktabgacha ta'lim muassasalarida maktabgacha ta'lim sohasidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish; maktabgacha ta’lim muassasalarida o'quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; maxsus maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni reabilitatsiya qilish va ma'naviy-axloqiy tarbiyalash; nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini qo'Ilabquwatlash va maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish; tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etish.
Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari va ularning rahbariyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta'minlaydi; idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va Vazirlikning buyruqlari bajarilishini muntazam nazorat qiladi; 614 maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o'z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil etadi; maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik qiladi; nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini qo'Ilabquwatlaydi va bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi; tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta'lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi; maktabgacha ta'lim muassasalarida sog'lom ovqatlanishni tashkil etadi; maktabgacha ta'lim muassasalarida davlat talablari bajarilishi monitoringini olib boradi; davlat maktabgacha ta'lim muassasalarini moddiy-texnik ta'minlashni tashkil etadi; davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi; maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari vakolatiga tegishli bo'lgan tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarishxo'jalik masalalari va boshqa masalalar bo'yicha qaror qabul qiladi.
Akademik litseylar asosan oliy o’quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari esa o’quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi layoqatlari, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan yo’nalishlar bo’yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar kolleji o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Davlat ta’lim standartlarining tarkibiy qismi sifatida umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim muassasalari uchun tayanch о‘quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch о‘quv reja ta’lim sohalarini meyorlash hamda ta’lim muassasalarini moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bо‘luvchi davlat hujjati sanaladi. Tayanch о‘quv rejasi о‘quv predmetlari bо‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini о‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan о‘quv soatlarining manimum hajmidagi miqdorini belgilaydi. Mazkur hujjat muayyan sinfda ma’lum о‘quv predmeti bо‘yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashga asos bо‘ladi.
Prezident «Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunga imzo chekdi. Mazkur qonun bilan 1997 yilda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida"gi hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentyabr kuni «Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunni imzolandi, deya xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati. Mazkur hujjat 19 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilinib, 7 avgustda Senat tomonidan ma’qullangan edi


Download 138,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish