II Bob Metodika uyushmasi ishini tashkil etish va unga rahbarlik qilish
2.1. Metodik birlashmalar haqida tushuncha.
Metodik birlashmalar - maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga oid eng dolzarb masalalar muhokama etiladigan va hal qilinadigan uslubiy tuzilmalardir. Metodik birlashmalarning asosiy vazifasi - pedagog va tarbiyachilarning ijodiy faolligini oshirish va yangilikka 654 intilishlarini qo'llab-quvvatlash, o'z ishiga tanqidiy munosabatda bo'lish va xolisona baho berish ko'nikmasini shakllantirish, zimmasidagi vazifalarga yuksak mas'uliyat hissini qaror toptirish, kasb mahorati va malakasini uzluksiz oshirib borishga yo'naltirishdan iborat. Metodik birlashmalar butun o'quv yili davomida (sentyabrdan maygacha) faoliyat olib boradi. U turli toifadagi pedagogtarbiyachilar, musiqa rahbarlari, mudiralar faoliyatini takomillashtirish, ularning kasb mahorati va malakasini oshirish maqsadida tashkil etiladi. Bizning fikrimizcha, maktabgacha ta'lim muassasalari soni ko'p bo'lgan yirik tumanlarda bunday birlashmalarni bo'lim (yoki bir necha bo'lim) shaklida tashkil etish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Har bir bo'limda 18-20 maktabgacha ta'lim muassasalari kiradi
BirIashmaningishlashmuddati,faoliyatdoirasivavakolatlari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Odatda, uning yig'ilishlari 2 oyda bir marta o'tkaziladi. Metodik birlashma tarkibini shakllantirishda pedagoglarning ish staji, kasb mahorati va malakasi e'tiborga olinadi. Masalan, mudiralar uchun tashkil etilgan metodik birlashma tarkibiga kiritiladigan pedagoglar (yirik tumanlar uchun) oliy ma'lumotli, besh yil va undan ziyod ish stajiga ega bo'lishi zarur: O'rta va maxsus ma'lumotga ega va ish staji kam bo'lgan mudiralar va metodistlar uchun ham metodik birlashmalar shunday tartibda tashkil etiladi. Tarbiyachilar uchun metodik birlashmalar tashkil etishda esa ularning joriy yilda qaysi yoshdagi bolalar guruhida ishlagani e'tiborga olinadi. Metodik birlashmalarning ko'rgazmali qurollar va yangi uslubiy adabiyotlar ko'rgazmalarini tashkil etish borasidagi faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Metodik birlashma ishining samarasi uning faoliyati maktabgacha ta’lim bo'limi va metodika kabineti tomonidan qay darajada boshqarilayotganiga ham bog'liq. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar metodika kabinetlari metodika birlashma rahbari va xodimlari malakalarini oshirish ishini yo'lga qo'yadi, jumladan, bir yilda 2-3 marta uslubiy birlashmani tashkil etish va rejalashtirish, uni boshqarish, zamonaviy fan yutuqlari, ilg'or tajribalarni o'rganish va tatbiq etish kabi mavzularda seminarlar tashkil etadi. Shahar, tuman maktabgacha ta'lim bo'limlari metodika kabineti reja tuzish, ma'ruzalar tayyorlash, turli ko'rgazmalarni tashkil etishda birlashmalar rahbarlariga yordam beradi. Maktabgacha ta'lim bo'yicha tayyorlangan barcha uslubiy ishlanma va qo'ilanmalar, amaliy taklif-tavsiyalar, avvalo, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligiga taqdim etiladi. Ular vazirlik tomonidan ko'rib chiqilib, tasdiqlangandan so'ng maktabgacha ta'lim muassasalariga tarqatiladi.
Metodik kabinet o'z oldidagi vazifalarni hal etishda materialning mazmun-mohiyatiga, belgilangan talablarga javob berishi, o'tkazilayotgan tadbirlarda, xususan, seminarlarda yangi uslubiy ishlanmalar, adabiyotlar muhokamasiga alohida e'tibor berishi lozim. Uslubiy-pedagogik yig'ilishlar asosan ilk yosh guruhlari tarbiyachilari uchun o'tkaziladi. Ularda, asosan, bolalarning jismoniy-fiziologik, ruhiy va aqiy rivojlanishi masalalari muhokama qilinadi. Bunday yig'ilishlar 1 yoshdan 2 yoshgacha guruhlarda har oyda, 2 yoshdan 3 yoshgacha guruhlarda har chorakda 1 marta o'tkaziladi. Yig'ilishlarda mudira, metodist va tarbiyachilardan tashqari, shifokor, katta hamshira ham ishtirok etadi. Metodik birlashma faoliyati metodist tomonidan nazorat etiladi.
Mamlakatimiz hududidagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini uslubiy ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi tizimida maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha metodika uyushmalari faoliyat yuritadi
Mualliflik о‘quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda о‘quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bо‘lishi, u yoki bu nazariyalarni о‘rganishga mualliflik yondashuvi, о‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Mualliflik о‘quv dasturlari о‘quvchilarning erkin tanlovi bо‘yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng foydalaniladi.
Ta’lim mazmuni va о‘quv dasturlari о‘quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va о‘quv qо‘llanmalari kiradi.
Namunaviy о‘quv dasturlari Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. tavsiyanoma xususiyatiga ega bо‘ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishchi о‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, о‘quv jarayoni-ni metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, о‘quvchilarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.
О‘quv rejasi – barcha ta’lim muassasalarida sо‘zsiz amal qilinishi lozim bо‘lgan davlat hujjatidir Ta’lim muassasalari uchun mо‘ljallangan о‘quv rejasi ishlab chiqiladi va tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlanadi (Respublika xalq ta’limi yoki oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan). О‘quv rejasi ta’lim muassasasi ma’muriyatig ayuboriladi hamda mazkur reja asosida о‘quv jadvali tuziladi. О‘quv jadvalida hafta davomida о‘qitiladigan о‘quv predmetlarining nomi va ularga ajratilgan soatlar miqdori kо‘rsatilib, о‘quv yurti direktorining о‘quv ishlari bо‘yicha о‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Alohida aniq bir fanning о‘quv rejasi shu fanni о‘qitish uchun ajratilgan soatlar va о‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatidir.
О‘quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi:
О‘quv tarbiya ishining maqsadi, talabalarga aniq ilmiy bilim berish, olgan bilimlarini kо‘nikmaga aylantirib, uni hayotga qо‘llay olishga о‘rgatish.
О‘quv dasturi ham xuddi о‘quv rejasi muhim davlat hujjati bо‘lib, unda muayyan о‘quv predmetifanning mazmuni ochib beriladi va о‘quv yili davomida о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilishi zarur bо‘lgan bilim, kо‘nikma va malakalar hajmi kо‘rsatiladi.
О‘quv dasturlari tegishli ta’lim (umumiy о‘rta, kasb-hunar yoki oliy ta’lim) turidagi barcha ta’lim muassasalari uchun yagona, uning talablari tо‘la ravishda bajarilishi majburiydir.
Dastur tushuntirish xati, bо‘lim va mavzular bо‘yicha ajratilgan soatlar hajmi, dastur materiali mazmuni hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat bо‘ladi.
Tushuntirish xatida о‘quv predmetining ahamiyati, uning fanlar tizimida tutgan о‘rni, ular о‘rtasidagi aloqadorlik, materialni о‘rganish jarayonida hal etilishi lozim ayrim bо‘lim va mavzularni о‘rganish xususiyatlari kо‘rsatiladi. О‘qitish (ta’lim) metodlari va vositalarini qо‘llashga doir tavsiyalar beriladi.
Soatlar hisobini asosli о‘rinlarda о‘zgartirilishiga yо‘l quyiladi.
Dastur materiali bо‘limlar va mavzular bо‘yicha taqsimlangan bо‘lib, har bir mavzuni о‘rganish uchun о‘zlashtirishi majburiy bо‘lgan tushunchalar tizimini, shuningdek, kо‘nikma va malakalarning aniq kо‘rsatkichi beriladi, nihoyat, о‘quvchilarga qо‘yiladigan yakuniy talablar bayon etiladi.
Dasturdagi material ta’lim va tarbiya maqsadlari, didaktik tamoyillar uzviylik va izchillikka muvofiq ravishda tanlanadi va taqsimlanadi.
О‘quv dasturlari quyidagi tamoyillar asosida tuziladi:
Dastur mazmunining ilmiy xususiyatga egaligi.
Dastur mazmunining ijtimoiy-g‘oyaviy xususiyatga egaligi.
Nazariy g‘oyalarning amaliyot bilan birligi.
Dastur mazmunining ijobiy-tarixiy xususiyatga egaligi va aniq bir g‘oyaga asoslanganligi.
Dastur mazmunining muayyan tizimga ega bо‘lishi.
О‘quv predmetlari о‘rtasidagi о‘zaro aloqadorlik, bog‘lanishning mavjudligi.
Dasturni tayyorlashda о‘kuvchilarning psixologik va ruhiy xususiyatlarini inobatga olish
Do'stlaringiz bilan baham: |