Termiz davlat univеrsitеtining pedagogika instituti


Tuman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining ish mazmuni va vazifalari



Download 138,5 Kb.
bet3/6
Sana10.07.2022
Hajmi138,5 Kb.
#771422
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shahar metodika kabinetining asosiy ish faoliayati va vazifalari

1.2. Tuman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining ish mazmuni va vazifalari
Quyidagilar maktabgacha ta'lim tuman (shahar] bo'Iimlarining asosiy vazifalari hisoblanadi: Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta'minlashda ishtirok etish; kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar bilan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish sohasida o'zaro hamkorlik qilish; maktabgacha ta'lim muassasalarida maktabgacha ta'lim sohasidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish; maktabgacha ta’lim muassasalarida o'quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; maxsus maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni reabilitatsiya qilish va ma'naviy-axloqiy tarbiyalash; nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini qo'Ilabquwatlash va maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish; tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etish.
Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
-maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari va ularning rahbariyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta'minlaydi;
-idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va Vazirlikning buyruqlari bajarilishini muntazam nazorat qiladi;
-maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o'z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil etadi; -maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
-nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini qo'Ilabquwatlaydi va bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi;
-tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta'lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;
- maktabgacha ta'lim muassasalarida sog'lom ovqatlanishni tashkil etadi;
-maktabgacha ta'lim muassasalarida davlat talablari bajarilishi monitoringini olib boradi; davlat maktabgacha ta'lim muassasalarini moddiy-texnik ta'minlashni tashkil etadi;
-davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi; maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari vakolatiga tegishli bo'lgan tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarishxo'jalik masalalari va boshqa masalalar bo'yicha qaror qabul qiladi.
Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining sohaga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlar, Maktabgacha ta'lim vazirligi, boshqarmalari va bo'limlari tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar asosida besh yilga mo'ljallangan istiqbol rejasi tuziladi. Yillik rejada metodika kabinetining har bir o'quv yiliga taalluqli faoliyati aks etadi. Chorak va oylik rejalarida yillik reja belgilangan vazifalarning bajarilishi muddati aniq qayd etiladi. Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining yillik ish rejasi tumandagi uslubiy ishlarni bosqichmabosqich, mazmunli tashkil etilishini ta'minlash kerak. Bunda asosiy e'tibor o'quv, ta’lim-tarbiya yo'nalishidagi faoliyatini o'rganish, maktabgacha ta’lim muassasalarida uslubiy ishlarni tashkil etish va takomillashtirib borish, mudira, metodist, tarbiyachilarga o'quv faoliyati, mehnat, estetik, musiqa tarbiyasi bo'yicha uslubiy yordam ko'rsatish muassasalarda kasalliklarning oldini olish va profilaktikasini yo'lga qo'yish, yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam bo'lgan muassasalar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan to'g'ri va samarali tashkil etish kabi masalalarning bajarilishiga qaratiladi. Rejada maktabgacha ta’lim muassasalarini maqsadli, birlamchi yoki tizimli tekshirish tadbirlari alohida o'rin tutadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, tekshiruv shakli uning maqsadi va mazmuniga bog'liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati bilan tanishish, ularda kechayotgan jarayonlardan doimo xabardor bo'lib turishni ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki, tekshiruv rejasi barcha muassasalarni qamrab olishi kerak.
Rejada maktabgacha ta'lim muassasalari soni va nomi ko'rsatiladi. Xulosa qilib aytganda, tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifasi - pedagogika va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish, umumlashtirish va tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya muassasalarining kundalik faoliyatiga doir yutuq va tajribalar, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam berishdan iborat. Bu o'rinda tuman Maktabgacha ta’lim bo'limi tomonidan tavsiya etilgan bilimli, tajribali va ilg'or pedagoglarning uslubiy birlashmalar, seminar mashg'ulotlari, ma'ruzalar va boshqa anjumanlarni tashkil etish borasidagi sa'y-harakatlari maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Metodika kabineti o’z zimmasiga yuklangan vazifalarga ko’ra:

  • Qoraqalpog’iston respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta’lim metodika kabineti ish faoliyatini nazorat etadi va muvofiqlashtiradi;


  • maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya ishlar ahvoli va belgilangan rejalarning bajarilishini o’rganadi;


  • «Ilk qadam» dasturida ko’zda tutilgan vazifalarni to’laqonli amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi;


  • respublika metodika kabineti xodimlarini malaka oshirish kurslarida ma’ruzalar o’qishga, seminar-mashg’ulotlar o’tkazishga va to’garaklar ishini olib borishga jalb etadi.



Respublika maktabgacha ta’lim metodika kabineti
huzurida tashkil etilgan uslubiy Kengash metodikasi kabinetlari faoliyatiga yangi uslubiy yondashuvlar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga mas’uldir. Kengash tarkibiga uslubchilar, o’qituvchilar malakasini oshirish instituti rahbari va mutaxassislari, mudiralar, tarbiyachilar, musiqa rahbarlari, oliy o’quv yurtlarining yetuk professor o’qituvchilari kiradi.

Uslubiy Kengashda markaziy maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining ish rejasi, bajarilgan va rejalashtirilayotgan tashkiliy, uslubiy tadbirlar muhokama etiladi, ta’lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish, jumladan, metodika kabinetlarining ilg’or pedagogik tajribalarni to’plash borasidagi amaliy faoliyati, mak-tabgacha ta’lim bo’yicha uslubiy qo’llanmalarni muhokama qilish, tasdiqlash bilan bog’liq masalalar hal etiladi.


Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetida xodimlarning bilimi va malakasini oshirish maqsadida tegishli shart-sharoit yaratiladi (buning uchun ma’ruzalar, seminar-treninglar, ko’rgazmalar va boshqa tadbir-lar tashkil etiladi).
Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
-615 davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tuman (shahar] bo'linmalaridan, maktabgacha ta'lim muassasalaridan o'z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan axborotni belgilangan tartibda so'rash va olish;
-davlat dasturlarini va investitsiya dasturlarini amalga oshirish bo'yicha davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini o'rganish;
-davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish; bolalarni maktabga sifatli tayyorlash masalalari bo'yicha nodavlat ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik qilish;
-o'z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflarni ko'rib chiqish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish huquqiga ega.
Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari:
-maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash;
-Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalariva Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
-maktabgacha ta’lim sohasida dolzarb muammolarni, shuningdek, tumanni (shaharni) rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash;
-maktabgacha ta'lim masalalariga doir takliflarni tayyorlash va maktabgacha ta'lim masalalari yuzasidan tumanni [shaharni] rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish; tumanlarda (shaharlarda) maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish bo'yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yo'l xaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
Maktabgacha ta'lim muassasalari ishiga bevosita rahbarlik qilish Maktabgacha ta'lim bo'limi maktabgacha ta’lim - nazoratchi-metodistga yuklatiladi. Nazoratchi-metodist - bu malum sohaga tegishli qonunqoidalarning bajarilishini nazorat qiluvchi shaxsdir. Maktabgacha ta'lim muassasasi nazoratchi-metodistining ishi murakkab va ko'p qirralidir.
Nazoratchi-metodist o'z ishida Davlatimizning Maktabgacha ta'limsohasi bo'yicha chiqarilgan qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek, instruktiv, dasturiy, metodik hujjatlariga amal qiladi. Maktabgacha ta'lim bo'limi nazoratchi-metodisti (tuman, shahar}:
-Turli tildagi, ldora-tashkilot tomonidan tashkil etilishidan qat'i nazar «Ilk qadam» Davlat Dasturi tinglovchilarini bajarilishini kuzatadi, tekshiradi;
-Maktabgacha ta'lim muassasasi ishini har tomonlama nazorat qiladi;
-Qonun doirasida yo'l-yo'riq, buyruq, tavsiya, ko'rsatmalar beradi;
- Qonunga xilof ishlarni to'xtatadi va Maktabgacha ta'lim bo'limiga xabar beradi; -617 Maktabgacha ta'lim muassasasi ishlarni yaxshilash bo'yicha taklif, mulohazalar beradi;
-Maktabgacha ta'lim bo'limida mudira, metodist va tarbiyachilar uchun ilmiy-uslubiy kengashlar chaqiradi;
-Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini Attestatsiyadan o'tkazadi; Xodimlarni rag'batlantirish va jazolash, ishdan bo'shatish masalalariga rahbarlik qiladi; Shahar, tuman nazoratchi-metodisti - Xalq deputatlari ijroiya qo'mitalari oldiga Maktabgacha ta'lim bo'limi va Maktabgacha ta'lim muassasasi ishini yanada takomillashtirish bo'yicha masalalarni qo'yadi. Nazoratchi-metodistga (Respublika, viloyat, shahar, tuman nazoratchi-metodisti lavozimiga) qo'yiladigan asosiy talablar: eng ilg'or, yuksak pedagogik tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo'lgan, maktabgacha ta'lim tizimi ishini, tamoyillarini puxta egallagan, oliy maxsus ma'lumotga, ish stajiga ega bo'lgan; har tomonlama tayyorgarlik ko'rgan, o'z ishini ustasi, dunyoqarashi keng, ta'lim to'g'risidagi Davlat siyosatini puxta egallagan, nazoratchi-metodist-mutaxasslslik malakalariga ega bo'lgan; xolis, vijdonli, davlat nuqtayi nazari, qiziqishlari asosida ish yurituvchi, javobgarlikni his etuvchi, aniq, xushyor, tartibli, talabchan, o'z so'zida tura oladigan, kamchilikka murosasiz bo'lgan; maktabgacha ta'lim ravnaqi uchun eng samarali, foydali, kerakli, asosiy vazifalarni o'z vaqtida aniqlay olishi, qisqa muddatda bajara olish xususiyatiga ega bo'lgan; maktabgacha ta'lim muassasasi ishini har tomonlama chuqur tahlil qila olishi, ishdagi kamchiliklar o'z vaqtida bartaraf etish choralarini tezda aniqlab olishi, bajarishi; Maktabgacha ta'lim bo'limi va Maktabgacha ta'lim muassasasiga doimiy amaliy yordam berish; yangilikka intilish, tashviqot qilish, pedagoglarning ilg'or ish tajribalari amaliyotga yangi texnologiya asosida kiritish; g'oyaviy, siyosiy, pedagoglik bilimi ustida tinmay ishlash.
Nazoratchi-metodist 3 yilda 1 marta malaka oshirish kurslarida o'z malakasini oshiradi. Nazoratchi-metodist tumanda maktabgacha ta’lim ishining tashkilotchisi va rahbari, malakali pedagog-metodist, davlat nazoratchi-metodisti. U siyosiy jihatdan savodli, axloqiy mustahkam bo'lishi, ishiga davlat nazaridan yondashishi, maktabgacha ta'lim muassasalariga rahbarlik masalalarini operativ hal qilishi, ular ishini obyektiv va alohida-alohida baholash, talabchanlik bilan tekshirishni amaliy yordam ko'rsatish bilan olib borgan holda, kishilar bilan ishlay bilishi, pedagoglik nazokatini namoyon qilishi kerak. Maktabgacha ta'lim muassasalari ishining hamma bo'limlariga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish uchun nazoratchimetodist o'z ishini aniq rejalashtirish, keng jamoatchilikka suyanish lozim.
Nazoratchi-metodist aholining maktabgacha ta’lim muassasalariga bo'lgan talabini qondirishga alohida e'tibor beradi. Shu maqsadda u maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirishning kundalik va istiqbol-rejalarini tuzishda ishtirok etadi va yangi muassasalarini foydalanishga topshirilishini muntazam tekshirib turadi. Nazoratchimetodist Maktabgacha ta'lim muassasalarining rentabel ishlashiga erisha borib, ularning xalq, xo'jalik rejalarini bajarishini qat'iy nazorat qiladi, qishloqda maktabgacha ta'lim muassasalari qurilishiga katta e'tibor beradi, ular moddiy bazasini yaxshilanishiga g'amxo'rlik qiladi.
Nazoratchi-metodist moliya masalalarini tushunishi, maktabgacha ta'lim muassasalarini jihozlash, bolalarni ovqatlantirishga oid me'yoriy hujjatlarni bilishi, muassasani saqlash uchun ajratilgan pul mablag'Iarini o'z vaqtida berilishi va to'g'ri sarflanishini muntazam tekshirib turish, markazlashtirilgan buxgalteriya bilan hamkorlikda ishlash kerak.
Nazoratchi-metodist maktabgacha ta'lim muassasiga borganida metodik, tarbiyaviy va ma'muriy-xo'jalik ishlar ahvolini o'rganadi, ilg'or tajribani, ishdagi kamchiliklarni aniqlaydi, zarur yordam ko'rsatadi. U «Ilk qadam» davlat Dasturining bajarilishini nazorat qiladi, pedagogik kadrlar tarkibi va ularning joylashtirilishini o'rganadi, ularning malakasini oshirishga qaratilgan tadbir belgilaydi. Ota-onalar qo'mitasi faoliyatiga rahbarlik qilish va aholi orasida pedagogik bilimlarni tashviqot qilish ishlarini tashkil qilish nazoratchi ishida muhim rol o'ynaydi, u bu ishning mazmunini va shakllarini tuman sharoitiga muvofiq ravishda belgilaydi.
Maktabgacha ta'lim bo'limlariga to'liq, rahbarlik maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri, nazoratchi, metodist tomonidan ishlab chiqilgan yillik reja asosida olib boriladi. Rejaning kirish qismida avvalgi o'tgan o'quv yiliga tavsifnoma, qaysi va nechta maktabgacha ta'lim muassasalari qurildi, metodik ishlar qay darajada olib borildi, ilg'or ish tajribalari qanday umumlashtirildi, tashkiliy-xo'jalik ishlari, Tuman kengashlari, umuman barcha bajarilgan ishlarga tahlil beriladi.
Tadbirlar:
Tuman qaramog'idagi maktabgacha ta'lim muassasalarini komplektlash qoidalari, bir qancha maktabgacha ta'lim muassasasini nazoratga olish, ota-onalar tomonidan qarzlarning bajarilishini, pedagog xodimlarning ishlash, malakalarini oshirish ishlari va boshqa ishlar rejalashtiriladi.
Tuman kengashida ko'riladigan masalalar:
Frontal-yalpi tekshirish - Yalpi tekshirish.
Tematik nazorat - Tanlangan mavzu bo'yicha.
Yozgi sog'lomlashtirish ishlari.
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik.
Maktabgacha ta’lim bo'limi va tuman sog'liqni saqlash bo'limlarining birgalikdagi kengashlari.
hlari va javobgar shaxslarning familiyalari. Pedagogik kengashlar. Maktabgacha ta'lim bo'limining yangi o'quv yili rejasi bilan tanishtirish. Birinchiyarim o'quv yilidagi metodikbirlashmalar ishining hisoboti. Yosh tarbiyachilar to'garagi va ota-onalar universitetining ish hisoboti. Bolalar ovqatini tashkil etishda SES xodimlarining tekshiruv natijalari. Seminar- mashg'ulotlar. Maktabgacha ta'lim muassasasining ishida «Metodik kabinet» roli haqida. Bolalarni jismoniy jihatdan o'stirishda maktabgacha ta'lim muassasasining roli haqida. Ilk yosh guruhlarida metodik ishlarni tashkil qilish yo'llari, rahbarlik har oy reja asosida o'tkazilib turiladi. Ishlab chiqarish majlislari. Shanbaliklarni tashkil etish, yangi ishga tushirilayotgan obyektlarga yordam ko'rsatish va paxta kompaniyasiga qatnashish. Ulug' sanalarga tayyorgarlik ishlari boshqa masalalar ko'riladi. Metodik ishlar. Metod birlashma ishida faol qatnashish (yil davomida). Metod birlashma rahbarlarining hisobotlarini tinglash.
Hamma bo'limlar bo'yicha metodik ishlar sifatini oshirish. Ekologiya, iqtisodiy tarbiya bo'yicha ilg'or ish tajribalarni ommalashtirish, Ishlash malakalarini oshirish, Malaka oshirish kurslariga yuborish. Har bir muassasa xodimlarining pasport, kartochkalarini tashkil qilish. Metod birlashma rahbarlariga tizimli yordam ko'rsatish. Yosh mutaxassislar bilan ishlash. - Yosh tarbiyachilar to'garagini tashkil qilish. - Jamoat faoli bilan ishlash. Tematik va frontal-yalpi tekshirish ishlaridan instruksiyalash.
Maslahatlar (turli xildagi savollar bo'yicha] har shanba kunida. Reja shahar maktabgacha ta'lim bo'limi tomonidan tasdiqlanadi. Har kvartalda bir marotaba Maktabgacha ta'lim bo'limi kengashi chaqiriladi. Bunga asosan maktabgacha ta'limni yanada o'stirish, ish sifatini yaxshilash, ma'lum bolalar asosini tekshirish natijalari, ilg'or pedagoglar mahoratini so'zlab berish, davlatimiz belgilab bergan ishlar - vazifalarni, qonunlarni, qarorlarni bajarish, bolalar sog'ligi haqida g'amxo'rlik, kasalliklarni bartaraf qilish ishlari ko'riladi.
Kengashga xalq maorifi bo'limi mudiri rahbarlik qiladi. Har bir kengash protokol bilan olib boriladi, qaror qabul qilinadi, bajaruvchi shaxslar belgilanadi, muddati belgilanadi. Kengashda nazoratchi, metodist, kasaba uyushma qo'mitasi raisi, jamoatchi nazoratchilar ishtirok etadilar. Ular ham o'zlarining fikr-

Download 138,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish