xatti-harakatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish yo‗lida tashkil etilayotgan
boshqaruv faoliyati mohiyatini yoritishga xizmat qiladi.
Norasmiy tuzilma
jamoaning barcha a'zolari o‗rtasidagi shaxslararo
ma'naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi
va mikroguruhni tashqil
qiluvchi ayrim a'zolar o‗rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi.
Jamoaning har bir a'zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‗rinni
egallaydi. O‗quvchining jamoadagi o‗rni uning shaxs sifatida shakllanishi va
kamolotga erishishiga muhim ta'sir ko‗rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va
norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo‗lganda, jamoaning rasmiy
yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko‗zga ko‗ringan o‗rinni egallagan
holdagina u chinakam jamoa bo‗la oladi. Shuningdek,
norasmiy guruhlar
(mikroguruhlar) umumjamoa ijtimoiy manfatlari uchun kurashuvchi guruhlar
bo‗lgandagina jamoa o‗zini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin.
Yashash joylarida o‗zaro birikkan bolalar guruhlari qanchalik ahil va
inoq munosabat asosida tashkil topgan bo‗lmasin haqiqiy jamoa bo‗la olmaydi.
Chinakam jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olishi,
jamoa a'zolari o‗rtasida o‗zaro hamkorlik va ishchanlik
xarakteridagi aloqa va
munosabalarni qaror toptirishi lozim. Jamoaning majburiylik belgisi unga
o‗qituvchiik rahbarlikning yo‗lga qo‗yilishidir.
Shunday qilib, jamoa bir necha (a'zo) kishidan iborat guruh bo‗lib, u
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lgan umumiy maqsad asosida tashkil topadi. Jamoa
tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat uning oldiga qo‗yilgan maqsad
mazmunini ifoda etadi. Jamoa a'zolari o‗rtasida qaror topgan o‗zaro birlik,
shuningdek, ular o‗rtasida tashkil etiluvchi munosabat jarayonidagi tenglik
jamoaga rahbarlik qilish, jamoa a'zolarining guruh yetakchilariga bo‗ysunishlari,
shuningdek, ular tomonidan jamoa oldidagi javobgarlik
hissini anglashlari
uchun zamin yaratadi.
Jamoa va uni shakllantirish o‗qituvchiik faoliyatining maqsadi
hisoblanidi. Muhim tarbiyaviy ta'sir kuchiga ega bo‗lgan sub'ektlarning alohida
namuna ko‗rsatishlari jamoani shakllantirishning muhim vositasi bo‗lib, ushbu
vosita yordamida jamoaning barcha yoki muayyan a'zosini tarbiyalash ijobiy
samaralar beradi.
Jamoa tomonidan hal etilishi ko‗zda tutilgan
yetakchi tarbiyaviy vazifa
shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash hamda
mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir.
Umumiy o‗rta ta'lim hamda o‗rta maxsus kasb-hunar ta'limi
muassasalarida jamoani shakllantirish mas'uliyatli vazifa sanaladi.
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo‗g‗in - bu muayyan sinflar
negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida o‗quvchilar
tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat o‗qish faoliyati sanaladi.
Aynan
sinf jamoasida shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek,
sinflar jamoalari negizida maktab jamoasi shakllanadi. Maktab jamoasi ikki
muhim bo‗g‗in – o‗qituvchilar jamoasi hamda o‗quvchilar jamoasi asosida
tarkib topadi. O‗quv yurtlari jamoasi tarkibida o‗quvchilar
jamoasi asosiy
qismni tashkil etadi. O‗quvchilar jamoasi - bu ijtimoiy ahvoli shuningdek,
umumiy saylov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a'zolarning
huquq va burchlari tengligi asosidagi o‗zaro birlikka ega o‗quvchilar guruhidir.
O‗quvchilar jamoasi unga rahbarlikni olib boruvchi o‗qituvchilar hamda
bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi bo‗lib, o‗z-o‗zini nazorat
qilish hamda o‗z-o‗zini
boshqarish huquqi, shuningdek, o‗ziga xos psixologik
muhit va an'analariga ega bo‗ladi.
Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‗ysunadigan uzoq
muddatli murakkab jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: