Termiz davlat universiteti "umumiy pedagogika" kafedrasi umumiy pedagogika fanidan


O„QUVChILAR JAMOASI-YaGONA PeDAGOGIK JARAYoNNING



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/215
Sana09.07.2022
Hajmi2,83 Mb.
#767263
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   215
Bog'liq
umumiy pedagogika

O„QUVChILAR JAMOASI-YaGONA PeDAGOGIK JARAYoNNING 
ASOSIY ShAKLI. 
Reja: 
1

Mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish ta'lim va kadrlar 
tayyorlash milliy modelining asosiy maqsadi. 
2.
 
Shaxsning jamoada qaror topishi. 
3. Jamoa haqida tushuncha. 
4.Bolalar jamoasining shakllanish bosqichlari 
1.Mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish ta'lim va kadrlar 
tayyorlash milliy modelining asosiy maqsadi. 
Ijtimoiy munosabatlar 
ko‗lamining kengayishi o‗sib kelayotgan avlodni o‗ta murakkab xususiyatga ega 
munosabatlar jarayoniga har tomonlama yetuk etib tayyorlash vazifasini 
qo‗ymoqda. Psixologik, intellektual va fiziologik jihatdan yetuk inson hayotiy 
qarama-qarshilik, xususan, turli buzg‗unchi g‗oyalar ta'siriga tushib qolish, 
nosog‗lom turmush kechirish va noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etishdan 
o‗zini saqlab qola oladi. Shuningdek, shaxsning aqliy salohiyatga egaligi 
jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlovchi asosiy omildir. O‗zbekiston 


Respublikasida, demokratik va huquqiy jamiyat barpo etilayotgan mavjud 
sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro‗y berayotgan 
voqyea-hodisalarga shaxsiy munosabtini bildirishga imkon beradi. Ijtimoiy 
borliqda kechayotgan o‗zgarishlarga nisbatan shaxsiy nuqtai nazarning 
shakllanishi shaxs faolligini ko‗rsatuvchi muhim jihatlardan biridir. qolaversa, 
mustaqil fikr egasi bo‗lgan shaxs o‗z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon 
eta oladi. Muvaffaqiyatli ravishda olib borilayotgan ta'limiy islohotlarning ham 
asosiy maqsadi erkin, mustaqil fikriga ega barkamol shaxs va malakali 
mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu xususida O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni e'tirof etadi: «Amalga 
oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroning shaxs sifatida 
shakllanishi uchun, o‗z qobiliyatini, o‗z talantini ishga solib hayotini yanada 
yaxshilashi, ma'nan boyitishi uchun barcha imkoniyatni yaratib berishdan 
iboratdir»
80

Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda, ham muhim 
ijtimoiy vazifa sifatida kun tartibiga qo‗yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida 
komillikning asosi ezgu fikr, ezgu so‗z va ezgu amal (harakat)dan iborat 
ekanligi ta'kidlansa, islom ta'limoti g‗oyalariga ko‗ra yetuklikning bosh mezoni 
– ilmlilik, bilimli bo‗lishdir.
Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham komil inson qiyofasining 
yoritilishiga alohida ahamiyat berilgan. Xususan, Abu Nasr Forobiy komil 
insonni shakllantirish va fozil jamoa (yetuk jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning 
bir butun, yaxlit ikki yo‗nalishi ekanligiga urg‗u beradi. Allomaning fikricha, 
fozil jamiyat komil inson sa'yi-harakati bilan barpo etilishi mumkin. Shu bois 
mamlakatni boshqaruvchi shaxs o‗zida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam 
eta olishi zarur, deb hisoblaydi. «Aql to‗g‗risidagi» risolasida Abu Nasr Forobiy 
rahbar shaxs qiyofasida namoyon bo‗lishi lozim bo‗lgan o‗n ikki fazilatni 
keltirib o‗tadi. Bizning fikrimizcha, mazkur fazilatlar har bir zamonaviy shaxsda 
o‗z aksini topa olishi kerak, zero, ular inson hayotini mo‗tadil kechishi hamda 
muayyan kasbiy faoliyatlarni tashkil etishda muvaffaqiyatlarga erishishni 
kafolatlaydi. 
Abu Rayhon Beruniy ham komillikning asosini ilmli bo‗lishda deb 
hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg‗u beradi. 
Allomaning fikricha, axloqiylik, to‗g‗rilik, odillik, tadbirkorlik, o‗zini vazmin 
tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, aadolatli va vijdonli bo‗lish 
komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo‗lgan eng asosiy sifatlardir. 
Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning birinchi mezon sifatida 
bilimli bo‗lishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli bo‗lishi esa uning 
yanada yuksalishini ta'minlaydi, deya baholab alloma, adolatni ruhiy lazzat 
(ruhiy xotirjamlik)ning muhim ko‗rsatkichi ekanligini uqtiradi. 
1
1
Каримов И.А. Бунѐдкорлик йылидан. – Тошкент, Ызбекистон, 1996. – 116-бет. 


Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o‗rinni 
egallaydi va o‗z orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari 
timsolida gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson 
quyidagi sifatlarga ega bo‗lishi borasidagi g‗oya ilgari suriladi: aqlli, axloqli, 
bilimli, ijodkor, qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatli, 
adolatli, muruvvatli, sog‗lom, jismonan baquvvat, mard va jasur
81

Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi qarashlari bilan 
Sharq mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson qiyofasida, yana 
shuningdek, vatanparvarlik, hamda intizomlilik sifatlari ham namoyon bo‗lishi 
kerak, deb hisoblaydi. Alloma millat taqdirining jonkuyari sifatida milliy til 
taraqqiyoti jamiyat ma'naviy rivojini ta'minlovchi asosiy omil, deya baholaydi. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish