Termiz davlat universiteti "umumiy pedagogika" kafedrasi umumiy pedagogika fanidan



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/215
Sana09.07.2022
Hajmi2,83 Mb.
#767263
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   215
Bog'liq
umumiy pedagogika

Tarbiya jarayonining
yana bir xususiyati – bu uning 
yaxlit holda 
tizimli tashkil etilishi
dir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining 
maqsadi, mazmuni va metodlarini birligi shaxsni shakllantirish g‗oyasini amalga 


oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma'lumki. Shaxs ma'naviy-axloqiy sifatlarni 
navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o‗zlashtira boradi, shu bois 
pedagogik ta'sir ham yaxlitlik, tizimlilik xarakteriga ega bo‗lishi lozim. 
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim 
pedagogik talablarga amal qilish, o‗qituvchi va o‗quvchilar o‗rtasidagi 
hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi. 
Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon 
ikki 
tomonlama aloqa xususiyatiga
ega bo‗lib, unda bolaning o‗zi ham faol ishtirok 
etadi.
Ikki tomonlama aloqa ikki yo‗nalishda, ya'ni, o‗qituvchining o‗quvchiga 
ko‗rsatadigan ta'siri (to‗g‗ri aloqa) hamda o‗quvchining o‗qituvchiga nisbatan 
munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiya nazariyasi g‗oyasiga muvofiq, 
endilikda o‗quvchi tarbiya jarayonining ob'ektigina bo‗lib qolmasdan, sub'ekti 
sifatida ham faoliyat ko‗rsatadi. Shuning uchun o‗qituvchi o‗quvchining ichki 
imkoniyatlari, unga nisbatan bo‗layotgan tashqi ta'sirlar va axborot manbalarini 
inobatga olishi zarur. Agarda mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash 
qiyinlashadi yoki barcha urinishlr samarasiz yakun topadi. Mana shundan 
tarbiya jarayonining yana bir xususiyati – tarbiyada qarama-qarshilikning 
mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qaram-qarshiliklar o‗quvchilarga o‗z 
tushunchalariga muvofiq paydo bo‗lgan dastlabki sifatlar o‗rtasida yoki 
o‗quvchilarga qo‗yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari 
o‗rtasidagi ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi. 
Undan tashqari bu qarama-qarshiliklar ko‗pincha bolaning ongi bilan 
xulqi bir-biriga muvofiq bo‗lmasligidan, o‗qituvchi va tarbiyachilarning 
o‗quvchilar yosh, psixologik, fiziologik xususiyatlari (fe'l-atvori, xarakteri, 
qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan sog‗lomligi)ni yaxshi 
bilmasliklari oqibatida kelib chiqadi.
Demak, tarbiya jarayoni o‗zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi: 


Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda mavzuga 
quyidgicha xulosa qilish mumkin: 
1.
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida 
shaxsni har tomonlama o‗stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini 
tarkib toptirish jarayoni bo‗lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy 
munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo‗lib kelgan. 
1.
Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad 
asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo‗lga qo‗yish jarayonida bir qator 
vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, 
taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat 
fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi. 
1.
Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni 
inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo‗yilgan maqsadga 
erishish, shuningdek, bu boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish