Mavzu: Jamoani shakllantirish va rivojlantirish jarayoni



Download 440,35 Kb.
Sana29.05.2022
Hajmi440,35 Kb.
#619419
Bog'liq
Jamoani shakllantirish va rivojlantirish jarayoni

Mavzu: Jamoani shakllantirish va rivojlantirish jarayoni.

REJA: 1. Tashkilot doirasidagi guruhlar va ularning shakllanishi. 2. Rasmiy guruhlarning turlari. 3. Norasmiy guruhlar xususiyatlari va ularni samarali boshqarish.

Biz tashkilotni insonlarning umumiy maqsadlariga erishish uchun birgalikda faoliyat ko’rsatish imkonini beruvchi tarkib deb ta’riflashimiz mumkin. Tashkilot bo’lish sharti 1) tarkibida kamida 2 kishi bo’lgan kamida bir guruxning bo’lishligi, 2) gurux(lar)ning barcha a’zolari uchun umumiy xisoblangan kamida bir maqsadning bo’lishligi, 3) gurux(lar)ning ichida bir-birlari bilan tushungan xolda munosabatlar o’rnatib umumiy maqsadlar yo’nalishida xatti-xarakatlar qiluvchi odamlarning borligi Mana shu tashkilot ichidagi odamlar guruhlari, jamoalari, ularning faoliyati, o’zaro hamkorligi va samaradorligiga tashkilot faoliyatining samaradorligi va muvaffaqiyati bog’liq. 120 70 50 30 2003 2005 2006 2004

Shaxslar jamiyatdan, jamoadan, guruhdan tashqarida bo’la olmaydi, ular guruhda qaror topadi, ruyobga chiqadi. Jamoa, guruhlar va insonlarning ulardagi xulq - atvorlari boshqarishning ko’pgina bo’limlarida markaziy o’rinlardan birini egallaydi, shuning uchun guruhlarning turlari, ularning shakllanishi, maqsadlari va xatti-harakatlarini rahbarlar to’g’ri tushunib o’rganishlari zarur. Jamoa- ijtimoiy tashkilot bo’lib, uning uchun birgalikdagi ijtimoiy ahamiyatli faoliyat xosdir. "Jamoa" tushunchasining o’zi umumlashtiruvchi xisoblanadi, chunki yirik jamoalarda kishilarning yoshi, kasbiy qiziqishlari va x.k.lar bo’yicha turli guruhlarni topish mumkin. Har qanday jamoani tavsiflash uchun uning belgilovchi alomatlarini ko’rsatish mumkin: Rahbarlik – boshqaruv organining mavjudligi, ya’ni kimdir rahbarlik vazifasini o’z zimmasiga olishi lozimligi Jamoadagi barcha a’zolar maqsadlarining birligi, ya’ni bular qadriyatli yo’nalishlar bo’lib, jamoadagi shaxslarni birlashtiradi Intizom, ya’ni mazkur jamoa uchun qabul qilingan xulq-atvor normalarini bajarish

 Rasmiy guruhlar ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish uchun rahbariyat irodasi bilan tashkil etiladi Bu guruhlarning vazifasi mazkur tashkilotdagi mehnat taqsimotiga muvofiq muayyan ishlarni bajarishdan iboratdir. Rasmiy guruhlar tashkiliy tuzilishi bilan ajralib turadi. Bu erdagi ijtimoiy munosabatlar shaxssiz xususiyatga ega bo’ladi va oldindan belgilangan rollar orqali amalga oshiriladi Rahbar (yoki bo’yruqli) guruhi rahbar va uning bevosita bo’ysinuvchilaridan (ular ham o’z navbatida rahbarlar bo’lishi mumkin) iborat. Masalan, institut rektori va rektor o’rinbosarlari bo’yruqli guruhga misol bo’la oladi

Ishchi (maqsadli) guruh bu bir vazifani bajarish ustida ishlayotgan xodimlardan iborat guruhdir. Ularning umumiy rahbari bor bo’lsada, bu guruhlar bo’yruqli guruhlarga nisbatan o’zining mehnatini rejalashtirishda va amalga oshirishda ko’proq mustaqillikka ega Tashkilotlarda shakllanadigan guruhlardan yana bir turi bu norasmiy guruhlardir. Guruh ichida o’rnatilganxulq-atvor me’yorlari uning a’zolari ustidan nazorat qilish imkonini beradi

Norasmiy etakchi – bu rasmiy rahbar bo’lmagan shaxs bo’lib, u o’zining shaxsiy fazilatlari, kasb maxorati yoki boshqa xislatlari bilan jamoada obru-e’tibor kozongan buladi va uning xulk-atvoriga jiddiy ta’sir kursata oladi Murakkab tashkilotlarning sotsial-iqtisodiy Sistema sifatidagi umumiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: - aniq maqsad yo’nalishida xarakat qilish - bir butunlilik, yaxlitlilik - mexnat taqsimoti mavjudligi - bosqichlilik, boshqarish pog’onalarining mavjudligi - tashqi muxitga bog’liqlik - resurslardan foydalanish - avtanomlik va uzini boshqarish - moslashuvchanlik va xarakatchanlik - odamlar faoliyatiga va tashqi sharoitlarga bog’liq xolda extimollilik - boshqarishning zaruriyligi

Murakkab tashkilotlar doirasida  asosan mexnatning gorizantal va vertikal taqsimotlari amalga oshiriladi. Mexnatning gorizantal taqsimoti bu- bevosita maxsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq yaxlit ishlarning tarkibiy qismlarga ajratilish. Mexnatning vertikal taqsimoti bu- bevosita tashkilotni boshqarish bilan bog’liq bo’lgan ishlarni taqsimlash, ya’ni boshqaruv bo’g’inlari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun amalga oshiriladigan mexnat taqsimoti.Natijada tashkilotlarning boshqarish pog’onalari shakllanadilar. Rahbar o’z vaqtini doimo nazorat qilib borishi kerak.


Download 440,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish