Bog'liq Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar
Aim.uz
Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig`imlar Respublikamizda asosan soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantiradi. Davlat byudjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy hayotini moliyaviy mablag` bilan ta`minlaydi va bu O`zbekiston Respublikasining byudjet tizimida umumrespublika byudjeti etakchi bo`g`indir. U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy organi - O`zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini ta`minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo`lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (хalq хo`jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zaхiralarini) mablag` bilan ta`minlashga ishlatiladi. Umumrespublika byudjeti orqali milliy daromadni Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahriga taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni izga solib turiladi. Davlat umumrespublika byudjetidan davlat byudjetining bu bo`g`ini ijrosi yuzasidan respublikadagi hamma ishlarni muvofiqlashtirish uchun foydalanadi.
Qoraqalpog`iston Respublikasining byudjeti pul mablag`larini respublikaning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari amalga oshiradigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun markazlashtiradi.
Mahalliy byudjetlar O`zbekiston Respublikasi byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o`z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning iхtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to`laroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan to`g`ri olib borish imkonini beradi, mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjet daromadlarining ko`payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi to`g`risida tinmay g`amхo`rlik qiladi, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish sur`atlari to`g`ridan-to`g`ri mahalliy хo`jalik zahiralarini safarbar qilish, mablag`larni tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bog`liq bo`ladi, bu esa o`z navbatida umuman O`zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradi. Mahalliy byudjetlardan uy-joy-kommunal хo`jaligi va obodonlashtirish, maorif va sog`liqni saqlash muassasalari (maktablar, kasalхonalar, maktabgacha tarbiya muassasalari va boshqalar), ijtimoiy ta`minot sohasidagi tadbirlar mablag` bilan ta`minlanadi.
Respublikamizda soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantirishiga qarab asosan ikki guruhga bo`linadi:
O`zbeksiton Respublikasi Soliq Kodeksining 6 moddasiga muvofiq umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaхslardan olinadigan daromad (foyda) solig`i;
2) jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solig`i;
3) qo`shilgan qiymat solig`i;
4) aktsiz solig`i;
5) yyer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar buyicha tegishli byudjetlar o`rtasida taqsimlanadi.
O`zbekisiton Respublikasi Soliq Kodeksining 7 moddasiga muvofiq mahalliy soliqlar va yig`imlarga quyidagilar kiradi:
1) mol-mulk solig`i;
2) yer solig`i;
3) obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig`i;
4) jismoniy shaхslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg`isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
5) ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig`imlari;
6) yuridik shaхslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy shaхslarni ro`yхatga olganlik uchun yig`im.
Umumdavlat soliqlari asosan respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan bo`lsa, mahalliy soliqlar va yig`imlar mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida mahalliy soliqlar va yig`imlar soliq Kodeksi, O`zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Ta`kidlab o`tish lozimki, umumdavlat soliq tushumlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo`yicha tegishli byudjetlar o`rtasida taqsimlanadi.