Bazofillar
. Bazofillar protoplazmasida uchraydigan yirik donachalarda
geparin va gistamin bo‗ladi. O‗tkir yallig‗lanishning regenerativ (yakunlovchi)
bosqichida qondagi bazofillar soni oshadi. Geparin qonning
mayda tomirlarida ivishiga yo‗l qo‗ymaydi, gistamin esa bu qon tomirlarini
kengaytiradi. Bu esa yallig‗lanish o‗choqlarida so‗rilish va bitish jarayonlariga
yordam beradi.Ularga boqliq bo‗lgan geparin lipolizni tezlashtiradi, ko‗p miqdorda
so‗rilgan yog‗ parchalanadi va plazmada erkin yog‗ kislotalari konsentra-siyasi
ortadi. Bazofillarning umri taxminan 12 soatga teng.
Eozinofillar
. Eozinofillar oqsil tabiatli toksin-larni va yot oqsillarni
parchalaydi hamda zararsizlantiradi. Allergiya holatida, masalan, ichakda gijja
ko‗payib ketganda, organizmda autoimmun jarayonlar rivojlanganda eozino-
fillarning soni ko‗payadi.
Neytrofillar
. Neytrofillar qonda 6-8 soat aylanib, amyoba singari harakat
qilib, shilliq pardalarga o‗tadi. Organizmda mikroblar kirgan joyga neytrofillar
to‗planadi. Ular mikroblar bilan to‗qnashib, mikroblarni o‗rab oladi. Bir neytrofil
15-20ta bakteriyani qamrab olib, lizosomasidagi enzimlari (proteaza, peptidaza,
dezoksiri-bonukleaza, lipaza) yordamida hazm qiladi va yo‗qotadi. Agar bu ishni
neytrofil bajara olmasa, o‗zi halok bo‗ladi. Yiring asosan neytrofillar va ularning
qoldiqlaridan iborat. Neytrofillar – nospetsifik immunitetning eng muhim qismi.
Ular mikrob va yot oqsillarga qarshi antitanachalar ishlab chiqarish yoki o‗z
membranasiga biriktirib olish qobiliyatiga ega. Neytrofillar yordamida odamning
jinsini aniqlash mumkin. Odamda ayol genotip bo‗lsa, 500 neytro-fildan kamida 7
sida «noqora tayoqchalari» uchraydi. Tayoqcha-larning uchini diametri 1,5-
2,0mkm li dumaloq bo‗lib, ingichka xromatin ko‗prikcha yordamida yadroning bir
segientiga bog‗langan. Jinsning bu belgisi jinsiy a‘zolar anomaliyasida to‗g‗ri
davolash usulini tanlashda yordam beradi.
Trombotsitlar.
Qonning bu shaklli hujayralariga xos belgilarni birinchi marta
1882 yilda italiyalik olim Bikosera yozib qoldirgan. Trombotsitlar yoki taloq
hujayralari - mega kariotsitlarining sitoplazmatik
parchalaridir.Trombotsitlar organizmda qonning ivish jarayonida katta ahamiyatga
ega. Tomirlar shikastlanib, trombotsitlari parchalanganda, ulardan qon ivishida
muhim rol uynaydigan bir qator moddalar bilan birgalikda serotonin ham ajralib
chiqadi, bu modda tomir devorini toraytirib qon ivishiga sharoit yaratilishida
ishtirok etadi.Diametri 2-5 mkm bo‗lgan oval shaklidagi trombotsitlar ko‗mikda va
taloqdagi gigant hujayralar – megakariotsit-larda hosil bo‗ladi. Trombotsitlarning
soni 1mm
3
odam qonida 100-200mingni tashkil qiladi. Ularning soni ovqat hazm
qilish, jismoniy ish bajarish va homiladorlikda ko‗payadi. Trombotsitlarning
qondagi soni kunduzi tundagidan ko‗proq bo‗ladi. Ular qon ivish jarayonida muhim
rol o‗ynaydi. [ 3 ]
Do'stlaringiz bilan baham: |