Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana12.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#445909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
G`AFFOROVA DILDORAning odam va hayvon fiziologiyasi mustaqil ish

1.2.
 
Qonning shaklli elementlari 
Odam va umurtqali hayvonlar qonining shaklli elementlariga - eritrotsitlar (qizil 
qon tanachalari), leykotsitlar (oq qon tanachalari) va trombotsitlar (qon 
plastinkalari) kiradi. Ular soni, tuzilishi, etilishi, bajaradigan vazifasi bilan bir-
biridan farqqiladi. 
SHaklli elementlar odam qoni umumiy hajmining 44-45%ini tashkil qiladi. 
Umurtqasiz hayvonlarning ko‗pchiligida eritrotsitlar bo‗lmaydi. Leykotsitlar 
ko‗phujayrali hayvonlarning barchasida tarqalgan. Qon 


plastinkalari sut emizuvchilarda to‗liq rivojlangan bo‗lib, qushlarda bo‗lmaydi. 
Eritrotsitlar. Eritrotsitlar - qonning asosiy massasini tashkil qilib, uning qizil 
rangda bo‗lishini ta‘minlaydi. Odatdagi muhitda 1mm
3
odam qonida 4,5mln dan 
5,5 mln gacha eritrotsitlar bo‗ladi. O‗rtacha og‗irligi 65kg bo‗lgan odam qonining 
massasi 5l bo‗lsa, barcha eritrotsitlarning umumiy massasi 2-2,5l ini (qon-ning 
yarmi va undan kamrog‗ini) tashkil etadi. Hamma qondagi eritrotsitlarning 
umumiy miqdori 25X10
12
, ya‘ni 25 trillionga teng, ularning umumiy yuzasi 
3000m
2
ni tashkil qiladi, bu esa tana yuzasidan 1500 marta katta. 
Eritrotsitlar 
aksariyat issiq qonli hayvonlarda, odamlarda disksimon, tuya va lamalarda esa oval 
shaklida bo‗ladigan yadrosiz hujayralardir; amfibiya, reptiliya, baliqlarda va 
qo‗shlarda yadroli, oval shaklida bo‗ladi. Qishloq xo‗jalik hayvonlari 
eritrotsitlarining o‗rtacha diametri 4-7 mikronga teng. Tarkibida 60% suv va 40% 
quruq modda saqlaydi. Quruq moddasining 90% ni gemoglobin, 5,8% ni oqsillar, 
qolgan qismini esa lipoidlar, glyukoza, mineral tuzlar tashkil qiladi. Eritrotsitlarda 
katalaza, karboangidraza kabi enzimlar bor. Eritrotsitlar organizm uchun benihoya 
katta ahamiyatga ega bo‗lgan hujayralardir. CHunki ular o‗z tarkibidagi 
gemoglobinga kislorodni biriktirib olib, organizmdagi hamma organ va 
to‗qimalarga tashib beradi. Eritrotsitlar kislorod tashishdan tashqari karbonat 
angidrid va ayrim ozuqa moddalarni (aminokislotalarni) ham tashiy oladi. 
Eritrotsitlar qonning faol reaksiyasini gemoglobin yordamida bir meyorda ushlab 
turadi. Qonning ion tarkibini meyorida ushlab turishda, suv va tuzlar 
almashinuvida ham ishtirok qiladi. [ 2 ] 
Eritrotsitlar o‗z yuzalari bilan har xil zarrachalarni ushlab olib, 
zararsizlantirishda va gormonlar tashishda ham ishtirok qiladilar. Eritrotsitlar ari 
uyasiga o‗xshash katakchali tuzilishga ega. Gemoglobin ana shu katakchalarda 
joylashadi va eritrotsitlarga qizil rang beradi. Ularning qizil qon hujayralari deb 
atalishiga ham sabab shu. Qonning bu hujayralari 


yonidan qaralganda ikki tomonlama botiq bo‗lib (kulchasimon) ko‗rinadi. Ularning 
bunday 
tuzilishi 
bajaradigan 
vazifasiga 
juda 
mos 
bo‗lib, 
tarkibidagi 
gemoglobinning kislorod bilan yaxshi birikishiga qulaylik tug‗diradi. CHunki 
eritrotsitdagi gemoglobinning 3% yaqin qismi-gina uning sirtqi yuzasida, qolgan 
qismi esa ichida joylashgan. Eritrotsitlar ikki tomonlama botiq shaklida 
bo‗lmaganida edi, ularning ichki tomonidagi gemoglobinning kislorod bilan 
birikishi qiyin bo‗lardi. 
Eritrotsitlar sirtdan oqsil-lipoidli po‗st bilan o‗ralgan. Bu po‗st yarim 
o‗tkazgich xususiyatiga ega bo‗lib, moddalarni tanlab o‗tkazadi. U glyukoza, suv, 
anionlarni, kationlarni, gazlar va mochevinani o‗tkazgani holda, oqsillar, metall 
kationlarni o‗tkazmaydi. Eritrotsitlar hayot uchun juda zarur hujayralar bo‗lgani 
uchun qon shaklli hujayralarining asosiy qismini tashkil qiladi. Qonning yarmidan 
sal kamroq qismi ana shu hujayralarga to‗g‗ri keladi. 
Eritrotsitlarning ko‗payib ketishiga eritrotsitoz, kamayib ketishiga esa 
eritropeniya deyiladi. Eritrotsitozlar yoshlik davrida, ovqat egandan keyin, 
homiladarlik davrida, jismoniy ish bajarganda, dori-darmonlar qabul qilganda 
kuzatiladi, ko‗pincha kasallik davrlarida kuzatiladi. Ayrim hollarda, turli kasal-
liklar paytida hajmi, kattaligi, shakli o‗zgargan eritrotsitlar uchrashi mumkin. 
Agarda qonda odatdagi, normal eritrotsitlardan katta yohud kichik eritrotsitlar 
uchrasa bu hodisani anizatsitoz deb ataladi. SHakli o‗zgargan eritrotsitlarni 
poykilotsitoz deyiladi (butilka, taqa, uzum shingili va hokazolar). 
Eritrotsitlarning quruq qoldig‗i 95% atrofida globulindan, qolgan qismi esa 
lipidlar, uglevodlar, tuzlar, enzimlardan iborat. Eritrotsitlarda K ionlari va 
Naionlariga nisba-tan ko‗p, plazmada esa buning teskarisi bo‗ladi. 


Elektrolitlarning asosiy funksiyasi kislorodni o‗pkadan to‗qimalarga va 
karbonat angidridni to‗qimalardan o‗pkaga tashishdan iborat. SHu bilan birga 
eritrotsitlar 
o‗zining yuzida 
adsorbsiyalangan 
aminokislotali 
qoldiqlar 
ko‗rinishidagi oziqa moddalarni ham tashiydi, biologik faol moddalar lipidlar bilan 
plazma o‗rtasida almashinadi. Eritrotsitlar organizmda suv-tuz almashinuvini 
boshqa-rishda ishtirok etadi. Eritrotsitlar, immunitet hodisalarida ham qatnashadi, 
bunda ular turli zaharlarni adsorbsiya qiladi va keyin, bu zaharlar, 
retikuloendotelial tizimning hujayralari tomonidan parchalanadi. Eritrotsitlar qonni 
ivitish tizimi faolligini boshqarishda ham muhim rol o‗ynaydi. Butun eritrotsitlar 
trombotsitlar kabi, tromboplastinlar hosil bo‗lishiga ta‘sir qiladi. Aylanayotgan qon 
tarkibida buzilgan eritrotsitlarning paydo bo‗lishi giper-koagulyasiya va trombalar 
hosil bo‗lishiga olib kelishi mumkin. 
YOshi katta odamlarda eritrotsitlar yassi suyaklar ko‗migida yadroli ustun 
hujayralardan hosil bo‗ladi. Etilgan eritrotsitlar qonda 100-120 kun sirkulyasiya 
bo‗ladi, so‗ngra jigar, taloq va ko‗mikda fagotsitozga uchraydi. Boshqa a‘zolar 
ham qon tanachalarini parchalash qobiliyatiga ega, masalan, tananing zarbdan 
ko‗kargan joylarini (teri osti qon quyilishi) sekin-asta yo‗q bo‗lishi. Normal 
holatda, har 24 soatda eritrotsitlarning taxminan 0,8% yangilanadi. 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish