Nazorat savollari
1.Jahonda urbanizatsiya jarayonlarining rivojlanishiga qanday omillar o’z ta’sirini ko’rsatmoqda?.
2.Hozirgi vaqtda jahon aholisining qancha qismi shaharlarda yashamoqda?.
3.Xaritadan yirik shahar aglomeratsiyalar,va megapolislarni ko’rsating?.
4.Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi “Soxta urbanizatsiya”jarayonlarini izohlab bering?.
5.Rivojlanayotgan mamlakatlardagi urbanizatsiya jaryonlarini izohlab bering.
7-Mavzu.JAHON SANOATI (4 soat)
Reja:
1.Jahon sanoati tarkibida yuz berayotgan asosiy o’zgarishlar.
2.Jahon yoqilg’i-energetika balansi.
3.Jahon yoqilg’i-energetika sanoati.
a) Neft sanoati.
b) Gaz sanoati.
v) Ko’mir sanoati.
g) Energetika sanoati.
4.Jahon qayta ishlash sanoati.
a) Qora metallurgiya.
b) Rangli metallurgiya.
v) Mashinasozlik.
g) Kimyo sanoati.
Tayanch so’zlar:
Qazib oluvchi (undiruvchi) va qayta ishlovchi sanoat, yoqilg’i-energetika balansi. Sanoat tarmoqlari va rayonlari. Sanoat tarmoqlarining hududiy joylanishi va rivojlanish darajasi, eksport import tarkibi.
1.Jahon sanoati tarkibida yuz berayotgan asosiy o’zgarishlar.
Fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida hamma mamlakatlarning sanoati tarkibida muhim o’zgarishlar yuz bermoqda.
1.Hozirgi vaqtda undiruvchi sanoat bilan qayta ishlovchi sanoat o’rtasidagi nisbat o’zgarmoqda. Jumladan tog-kon sanoatining salmog’i tobora qisqarib, ishlab beruvchi sanoatniki esa o’smoqda.
2.Qayta ishlash sanoatning o’zida ham muhim o’zgarishlar yuz bermoqda.
a) avtomobilsozlik, samolyotsozlik, elektrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo va rangli metallurgiyaning ayrim tarmoqlari tez sur’at bilan o’smoqda.
b) «eng yangi tarmoqlar» deb ataluvchi radioelektronika, organik sintez sanoati, atom energetikasi, raketa texnikasi, yuqoridagi tarmoqlardan ham jadalroq sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
v) «eski tarmoqlar» deb ataluvchi ko’mir, to’qimachilik, qora metallurgiya, kemasozlik, lakomativsozlik tarmoqlari zamonga moslashtirilib, texnik jihatdan qaytadan ta’mirlanmoqda.
g) yoqilg’i-energetika balansida o’zgarishlar bo’lmoqda, yangi materiallar, tabiiy xom-ashyo o’rnini bosuvchi sun’iy materiallar amaliyotga jadal sur’atlar bilan joriy etilmoqda.
Sanoatda yuz berayotgan tarkibiy o’zgarishlar bilan bir qatorda hududiy o’zgarishlar ham yuz bermoqda.
d) yangi texnologiyani joriy etish, quvur, elektr uzatish va transportning boshqa turlarini rivojlantirish ko’pgina tarmoqlarni joylashtirishga ta’sir ko’rsatmoqda.
e) Hududiy o’zgarishlarning asosiy yo’nalishlaridan biri xom-ashyo masalasini hal qilishdir. Buning asosiy sabablari mineral xom-ashyoning dunyo bo’yicha notekis taqsimlanganligi bilan bog’langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |