Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi


Jahon aholisining irqiy, etnik va diniy tarkibi



Download 7,61 Mb.
bet24/221
Sana13.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#664723
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   221
Bog'liq
ЖАҲОН ГЕОГРАФИЯСИ УМК 2020 2021ўқув йили ТЕРМИЗ 25-ЛОТИН-ПРИНТЕРЬ-2

4. Jahon aholisining irqiy, etnik va diniy tarkibi.
Inson irqi-bu o’xshash, avloddan-avlodga o’tuvchi tashqi (teri-gavda) belgilarga ega bo’lgan, tarixan shakllangan odamlar guruhidir. Hozirgi vaqtda 3 ta asosiy yevropoid (oq), negroid (qora) va mongoloid (sariq) irqlarga ajratish qabul qilingan. Ayrim hollarda to’rtinchi avstroloid irqi ham ajratiladi.
Dunyoda uch-to’rt ming xalq bo’lib, ularning ichida aholisining umumiy soni 100 dan, hatto o’ntadan oshmaydigan mayda elatlardan (Hindistonda toda, Braziliyada botoku va.b) soni 10 mln va 100 mlndan ziyod bo’lgan yirik millatlar mavjuddir. Shular qatoriga xitoylar, yaponlar, braziliyaliklar, AQSh amerikaliklari, ruslar, hindistonliklar, bengallar, panjobliklar, bixarlar, livanliklar, nemislar va boshqalar kiradi.
Milliy tarkibi xilma-xil bo’lgan Osiyoda dunyoda soni eng ko’p bo’lgan xalqlar yashaydi. Osiyoda mutloq soni 1 mlndan ortiq 110 ga yaqin xalq bo’lib, ularning umumiy miqdori qit’a aholisining 98 foizini tashkil etadi. Osiyo mamlakatlarining aksariyati ko’p millatlidir. 150 dan ortiq xalq Hindiston va Indoneziyada, deyarli 100 ta Filippinda, 50 dan ortiq Ve’tnam va Xitoyda 30 dan ortiq xalq, Eron, Afg’oniston, M’yanma, Tailandda istiqomat qiladi. Aholining etnik rang-barangligi ba’zi-bir xalqlar tarqalgan hududlarning davlat chegaralari bilan bo’linishi tufayli yana ham kuchaydi. Masalan: kurdlar Turkiya, Eron, Iroq va qisman Suriya, belujlar Eron, Afg’oniston va Pokiston, panjobliklar Pokiston va Hindiston davlatlari chegaralaridagi hududlarda kompakt holda yashaydi.
Dunyo mamlakatlari aholisining milliy tarkibi va etnik munosabatlarining xususiyatiga ko’ra qator guruhlarga taqsimlash mumkin:
Birinchi guruhga bir millatli, ya’ni asosiy millati jami aholisining 95 % dan ortiq qismini tashkil etuvchi mamlakatlar bularga Yevropada Islandiya, Irlandiya, Norvegiya, Daniya, Polsha, Germaniya va boshqalar, Osiyoda Yaponiya, KXDR, Koreya Respublikasi, Bangladesh, Mongoliya, Armaniston, Yaman, Omon, Qatar va boshq. Afrikada Misr, Liviya, Somali, Madagaskar Janubiy Afrikadagi deyarli barcha mamlakatlar kiradi. Ikkinchi guruhga ushbu ko’rsatkich 70-95 % ga teng bo’lgan mamlakatlar Buyuk Britaniya, Frantsiya, Ispaniya, Finlandiya, Ruminiya, Jazoir, Marokash, Zimbabve, Mavritaniya, Botsvana, Xitoy, Vetnam, Kambodja, Myanma, Turkiya, Suriya, Iroq, Shri-Lanka, Singapur, AQSh, Avstriya, Yangi Zelandiya, O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarbayjon davlatlari kiradi.
Uchinchi guruh mamlakatlarida (Eron, Afg’oniston, Gruziya, Qirg’iziston, Qozog’iston, Pokiston, Malayziya, Laos, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrika mamlakatlari va boshqalar) asosiy millat ulushi jami aholining yarmidan kam yoki ortiq biroq 70 % dan past ko’rsatkich bilan ifodalanadi. To’rtinchi guruhga aholisi bir nechta yirik millatlarga ega lekin ulardan birortasining ulushi sezilarli bo’lmagan mamlakatlarda to’plangan (Hindiston, Indoneziya, Filippin, Rossiya, Shveytsariya, G’arbiy Afrika mamlakatlari va boshqalar).
Ma’lumki so’nggi yillarda etnik tarkibi murakkab bo’lgan mamlakatlarda millatlararo munosabatlar murakkablashdi, mojarolar vujudga keldi. Yevropaliklar tomonidan bosib olingan hududlarda tub va mahalliy millat vakillarini kamsitish hollari uchrab turadi. (Shimol xalqlari, Avstraliya, Amerika va Avstraliya va Okeaniya aborigenlari). Ziddiyatlarning ikkinchi manbai bu kam sonli millatlarning o’ziga xos tili va madaniyatini mensimaslik, kamsitish (Buyuk Britaniyada shotlandlar va uelsliklar, Ispaniyada basklar, Frantsiyada korsikaliklar, Kanadada frankokanadaliklar va boshq). Milliy va diniy asosga ega bo’lgan mojarolar uzoq yillardan beri Hindiston, Shri-Lanka, Indoneziya, Efiopeya, Nigeriya, KXDR, Sudan, Somali, Malayziya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda davom etmoqda. Diniy va milliy ixtiloflar Yaqin Sharqda tus olgan. (Isroil, Falastin, Suriya, Livan va boshq.).
Ma’lumki, din jamiyat hayotida, turmushida katta rol o’ynaydi.
Yevropada xristianlik dinining barcha shakllari keng tarqalgan. Katoliklar asosan qit’a janubida, qisman g’arbi va markazida. Protestantlik shimolida, qisman g’arbi va janubi-sharqida keng tarqalgan.
Osiyoda barcha Dunyoviy dinlar va yirik milliy dinlar keng tarqalgan. Ayniqsa islom dini katta rol o’ynaydi. Islomning sunniylik yo’nalishi Indoneziya, Malayziya, Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Afg’oniston, Janubiy Osiyodagi barcha arab mamlakatlarida asosiy o’rin egallaydi. Islomning shialik yo’nalishi Eron, Ozarbayjon, qisman Iroq va Yamanda asosiy din sifatida tan olingan. Islom diniga e’tiqod qiluvchilarning katta-katta guruhlari Filippin, Kambodja, Tailand, Myanma, Kipr, Shri-Lanka mamlakatlarida mavjud.
Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida buddizm va lamaizm keng tarqalgan. Induizmga Hindiston va Nepal aholisining ko’pchiligi e’tiqod qiladi. Konfutsiychilik va daosizm dinlari Xitoyning asosiy dinlari hisoblanadi. Sintoizm Yaponiyada mavjud.
Shimoliy Amerikada xristianlikning ikki shakli katolik va protestantlik, Kanadada katoliklar ko’proq. Markaziy Amerika va Janubiy Amerikada katolik dini hukmronlik qiladi.
Afrikaning shimoli, g’arbi va sharqida joylashgan mamlakatlarda islomning sunniylik mazhabi hukmron. Efiopiya, JAR kabi mamlakatlarda xristianlik, Markaziy va janubiy Afrikada aholi mahalliy dinlarga e’tiqod qiladi.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish