9. Atrof-muhitni muhofazasi muammolari va ularni hal etish yo’llari.
Insoniyat o’z «uyasini» faqat ifloslayotgani yo’q shu bilan birga u atrof-muhitni muhofaza qilish yo’llarini ham ishlab chiqdi va ularni amalga oshirishga kirishdi.
Birinchi yo’l har xil tozalagich inshootlarini bunyod etish, tarkibida oltingugurt kamroq bo’lgan yoqilg’ini qo’llanish, axlatlarni yo’qotish va qayta ishlash, balandligi 200-300m bo’lgan mo’rilar qurish, yerlarni rekultivatsiya qilish va boshqalardan iborat. Biroq eng mukammal inshootlar ham to’liq tozalay olmaydi. Juda baland mo’rilar esa muayyan joydagi ifloslovchi moddalar miqdorini kamaytirsa ham, lekin changsimon va kislotali ifloslovchi moddalarning kattaroq maydonlarga yoyilishiga yordam beradi. Balandligi 250 m bo’lgan mo’ri ifloslovchi moddalarning atrofga 75 km masofaga yoyilishiga olib keladi.
Ikkinchi yo’l ishlab chiqarishning tabiat muhofazasining tamomila yangi texnalogiyasini ishlab chiqarish va qo’llanishdan, chiqindisiz ishlab chiqarish jarayonlarini joriy qilishdan iborat. Bunda suv bilan ta’minlanishning to’g’ri, ya’ni daryo-korxona-daryo tizimidan tozalab qayta ishlatish tizimiga o’tishdan iborat. Avvalgi ishlangan suv qisman tashlanadi, so’ngra «quruq» texnologiyaga o’tiladi, bunda ishlatilgan suv daryo va hovuzlarga tashlanmasdan tozalanib qayta ishlatilaveradi. Bu yo’l asosiy yo’l bo’lishi kerak, chunki bunda atrof-muhitning ifloslanishi kamayibgina qolmay, butunlay to’xtatiladi.
Lekin bu yo’l katta mablag’ sarflashni talab etadiki, u hamma mamlakatlarning ham qo’lidan kela bermaydi.
Uchinchi yo’l. Atrof-muhit holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan «iflos» ishlab chiqarishlarni chuqur o’ylab eng maqbul joylashtirishdir. «Iflos» ishlab chiqarishga birinchi galda kimyo va neft-kimyo, metallurgiya, sellyuloza qog’oz sanoatlari, issiqlik energetikasi qurilish materiallari ishlab chiqarish kiradi. Bunday korxonalarni joylashtirishda geografik tadqiqotlar ayniqsa zarurdir.
10. Jahon ekologik siyosati.Atrof-muhitning ifloslanishi darajasining oshishi va tabiiy resurslarning talon-taroj qilinishi ishlab chiqarishning rivojlanishiga to’sqinlik qilib qoldi, u kishilar hayotiga ham xavf solyapti. Shu sababli jamoaning tabiatni himoya qilish harakati ommaviy tus ola boshladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning ko’pchiligi va ba’zi bir rivojlanayotgan mamlakatlar davlat ekologik siyosatini, tabiatdan foydalanish siyosatini yurita boshladilar. Tabiatni muhofaza qilish qonunlari qabul qilindi, jarimalar tizimi ishlab chiqildi, tabiat muhofazasiga xarajatlar ko’paytirildi, uzoq muddatga mo’ljallangan dasturlar tuzildi, muhitni muhofaza qilish davlat idoralari tashkil etildi. Bularning natijasida iqtisodiy mamlakatlarda 80-yillarda atrof-muhit ifloslanganlik darajasi asta-sekin pasaya boradi.Biroq ko’pchilik mamlakatlarda ekologik vaziyat juda keskinligicha qolmoqda. qurollarni sinash, ayniqsa yadro qurollarni sinash, harbiy harakatlar atrof-muhit uchun juda katta xavf bo’lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |