Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi


Jahon biologik va Dunyo okeani resurslari



Download 7,61 Mb.
bet17/221
Sana13.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#664723
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   221
Bog'liq
ЖАҲОН ГЕОГРАФИЯСИ УМК 2020 2021ўқув йили ТЕРМИЗ 25-ЛОТИН-ПРИНТЕРЬ-2

7.Jahon biologik va Dunyo okeani resurslari
O’simlik resurslari madaniy va yovvoyi holda o’suvchi o’simliklardan iboratdir. Hozirgi vaqtda madaniy o’simliklarning turlari 6 mingga yetadi. Yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar orasida o’rmon resurslarini hosil qiluvchi o’rmon o’simliklari ko’pchilikni tashkil etadi. O’simlik resurslari ham tuproq resurslari singari tugaydi, lekin tiklanadigan resurslar hisoblanadi. Ulardan ko’p xil maqsadlarda foydalaniladi. Jahon o’rmon resurslari ikkita ko’rsatkichi bilan egallagan maydoni (4 mlrd.ga) va yog’och zahirasi (350 mlrd m3) bilan ifodalanadi. Yog’ochdan qadim zamonlarda qurilish va ishlov berish materiali sifatida foydalanib kelinadi, yog’och hozir ham bunday ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Hozirgi vaqtda ham yog’ochga talab oshib borayapti, dunyoda tayyorlanadigan yog’ochning 1|2 qismi shu maqsadlarga sarflanadi. Dehqonchilik paydo bo’lgan neolit davridan boshlab minglab yillar davomida o’rmonlar ekin ekish, yer ochish uchun yo’q qilindi. Faqat keyingi yuz yilda quruqlikdagi o’rmonlar ikki baravarga kamaydi. Tuproqlar yuvilib ketishining kuchayib ketishi va atmosferada kislorodning kamayishi o’rmonlarning yo’qolishi bilan bog’liqdir.
O’rmon resurslaridan foydalanish. Dunyodagi o’rmonlar juda katta masofaga cho’zilgan ikkita shimoliy va janubiy mintaqani hosil qiladi:
Shimoliy o’rmon mintaqasi mo’’tadil va qisman subtropik iqlim mintaqasida joylashgan. Dunyodagi butun o’rmon maydonining yarmi va yog’och zahirasining deyarli yarmi shu mintaqaga to’g’ri keladi. Asosiy o’rmon kesishishlari ayniqsa yog’ochi yaxshi sifatli igna bargli daraxtlarni kesish shu mintaqada olib boriladi. Daraxt kesish jadal olib borilayotgan bo’lsa ham o’rmonlarni tiklash va daraxt ekish ishlari tufayli (AQSh, Kanada, Finlandiya, Shvetsiyada) shimoliy mintaqada o’rmonlar maydoni kamayotgani yo’q. Biroq Rossiyada daraxt kesish uning o’sishiga qaraganda ko’proq bo’layapti.
Janubiy o’rmon mintaqasi asosan tropik va ekvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan. Dunyodagi o’rmon maydonining yarmi va umumiy yog’och zahirasining 50 % idan ortig’i shu mintaqaga to’g’ri keladi. Ilgari yog’ochdan asosan o’tin sifatida foydalanilar edi, keyinga vaqtlarda esa yog’ochni Yaponiya, G’arbiy Yevropa va AQSh ga eksport qilish ko’p marta oshdi. Janubiy mintaqa o’rmonlariga bir qancha yuz yillar davomida o’rmonni yoqib yer ochish va ekstensiv yaylov chorvachiligi katta zarar yetkazadi. Bularning hammasi o’rmonlarning halokatli ravishda kamayishiga sabab bo’ladi.
Sernam doimiy yashil tropik o’rmonlar hozir ham 1 mlrd gektardan ortiq maydonni egallagan, ularning yarmidan ortig’i Lotin Amerikasida joylashgan. Biroq Lotin Amerikasi bilan Osiyo hoziroq shunday o’rmonlarining 40 % ini, Afrika 50 % ini yo’qotdi. Tropik o’rmonlarni saqlash yuzasidan BMT rahbarligida katta ishlar boshlangan.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish