Dunyo okeani resurslari. Bundan 3000 yillar ilgari Finikiyada dengizdagi jonivorlarni tutib undan turli xildagi ranglar ishlab chiqarganlar. Turklar qadimgi mis rudasini Bosfor bo’g’ozi ostidan sho’ng’ib olganlar. Hozirgi kunda okean qirg’oqlaridan sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan rutil (temir-titan), sirkon (tsirkoniy), kassiterit (qalayi), moognotit (temir, oltin, platina, monotsit, olmos va ko’pgina qurilish materiallari) qazib olinmoqda. Suv ostida berkinib yotgan ildiz konlar orasidan esa, neft, temir va oltingugurt qazib olinayapti va bu sohada ishlar kengaytirilmoqda.
Dunyo okeani suv ostida neftning o’lchangan zahiralari 100000 mln tonna, gazniki esa 150000 mlrd m3 dir. Bu zahiralarning asosiy qismi Dunyo okeanining kontinental shelf zonasiga neft va gaz qazib olish uchun asosiy bazalardan biriga aylanib borayapti. Neftni suv ostidan qazib olish 1899 yili Kaliforniya qirg’oqlaridan boshlangan edi. Hozirgi kunda Atlantika okeani, jumladan Meksika qo’ltig’i bu sohada eng katta istiqbollarga ega ekanligi aniqlandi.Qahraboning sochma konlari zargarlikda keng qo’llaniladigan hamda tabiatda kam uchraydigan minerallardir. Lekin uning suv osti qirg’oq sochma konlari dunyoning ko’pchilik rayonlarida topilgan. Bular Boltiq dengizining Rossiya, GFR qirg’oqlaridagi konlardir. Keyingi yillarda qahrabo Rossiyaning shimolida Shimoliy muz okeani qirg’oqlari bo’ylab aniqlandi. Ko’mir konlari ham asosiy zarur foydali qazilmalardan hisoblanib, qadim zamonlardan beri suv ostidan qazib olinmoqda. Bu ishlar 1920 yillardayoq Shotlandiyada birinchi bo’lib boshlangan edi. Dunyo miqiyosida olganda suv ostidan ko’mir, asosan suv sathidan 250 metr chuqurlikdan qazib olinmoqda.
Platinaning sochma konlari esa faqatgina Alyaskadagi Bering dengizi qirg’oqlarida joylashgan bo’lib, 1926 yili ochilgan. Bu metallning suv ostidagi sochma konlari keyingi yillarda AQSh ning Oregona shtatining janubi - g’arbida ham topildi. Qum va qurilish metallari dengiz qirg’oq sohillarida mavjud. Ular ko’pincha betonga ishlatiladigan shag’allar va oyna sanoati xom ashyosi hisoblangan oq qumlardan iboratdir.
Dunyo okeanining temir marganetsli konkrentsiyalari Tinch okeanining 500 shimoliy va 600janubiy mintaqalari orasida o’ta chuqur vodiydan va kontinental qiyaligidan mustasno shelf va okean ostining chuqur zonalarida keng tarqalgan, ularning asosiy qismi okeanning 4000-6000 m chuqurliklarida joylashgan va qizil gillar bilan birga uchraydi. Bular Atlantika va Hind okeanlarining suvi nisbatan notinch bo’lganligi uchun bu yerda kam uchraydi. Konkretsiyalardan foydali element-temirning o’rtacha miqdori 11,97 %, marganetsniki 21,60 % ga to’g’ri keladi. Keyingi ma’lumotlarga qaraganda, okeanda bunday konlarning juda katta zahirasi borligi ko’rsatilmoqda. Jumladan, birgina Tinch okeanining sharqida 350 mlrd tonna, markazida 300 mlrd, g’arbida 406 mlrd tonna zahirasi bor, bu zahiralar yil sayin hosil bo’lish hisobiga oshib bormoqda
Dunyo okeanining fosforit konkretsiyalar, asosan, «Hosil toshi» hisoblanib, ularni quruqlikda va suv ostida izlash hamma vaqt o’z mohiyatini yo’qotmaydigan geologik qidiruv ishlaridan hisoblanadi.
Fosforit konkretsiyalarining okean ostidan topilishi ham Amerikaning «Chelendjer» ekspeditsiyasi bilan bog’liq. Birinchi bo’lib D. Merey va A Ranar (1891 y) tomonidan o’rganilgan. Hozirgi kunda fosforit konkretsiyalari Tinch okeanining Yaponiya, Filippin, Avstraliya, Yangi Zellandiya, Atlantika okeanining Pireney yarim oroli, janubi - g’arbiy Afrika, Gvineya qo’ltig’i, Hind okeanining Madagaskar oroli va Hindiston qirg’oqlarida aniqlandi. Fosforitlar odatda 50-60 m, ko’proq 80-300 m chuqurlikda, Tinch okeanning markazida va 1000-2500 metrlik joylarida tarqalgandir. Okean osti fosforitlarining umumiy zahirasi juda ko’p.
Magniy-magniyning esa past navlari qog’oz sanoatida magniy izolyatsiyalarini yasashda, suniy ipak olishda, rezina sanoatida o’ta chidamli g’isht tayyorlashda qo’llaniladi. Dunyo okeanidagi magniy bitmas-tuganmasdir. Suvdagi miqdori 0,31 % dan oshmaydi, dengiz suvi tarkibida natriydan so’ng ikkinchi o’rinni egallaydi.
Islandiyaning g’arbiy qirg’oqlarida Breydi Ford ko’rfazlarida 1976 yili dengiz suv o’tlaridan polufabrikat tayyorlaydigan fabrika qurilib ishga tushirildi. Fabrika bir yilda 7 ming tonna quruq suv o’ti unini ishlab chiqaradi. Fabrikaning bir yillik ish jarayoni uchun 25 ming tonna suv o’ti ketar ekan. Uni ford tubidan maxsus «suzib yuruvchi» chalg’i bilan o’rib olinadi. O’tlarni quritish esa bu yerda yer-harorati-issiq bug’ va suvlar (950S) yordamida amalga oshiriladi. Chunki Islandiyada issiq suv beradigan geyzerlar behisobdir.
Baliq talqoni uy hayvoni va parrandaga ko’p miqdorda beriladigan seroqsil oziqadir. Hozir odamni bevosita baliq mahsulotlarining o’zidan ancha ko’p miqdorda oqsil bilan ta’minlash uchun texnologiya ishlab chiqarilmoqda. Amerika okeanshunos mutaxassislarining fikricha 10 gramm baliq talqoni o’rtacha vaznda odamning go’sht oqsiliga bo’lgan kunlik extiyojini qondira oladi. BMT oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi komissiyasining ma’lumotlariga qaraganda baliq ovining 27 % ni odamlar yangi tutilgan paytda iste’mol qilmoqdalar. Ov qilingan baliqning 14 % muzlatilayapti, 13 % dudlanib tuzlanmoqda va 9 % konserva qilinyapti. Ilgari okeanlarda to’da-to’da bo’lib suzib yuruvchi kitlar soni hozirgi paytga kelib keskin kamayib ketdi. Hozirgi kunda Islandiyaning Janubiy-g’arbiy qirg’og’ida joylashgan Xvalflordureda bahaybat kitlarni ovlaydigan va ulardan mahsulot tayyorlaydigan stantsiya mavjud. Islandiya qirg’oqlarida kitlar sonini ko’paytirish maqsadida ularni ovlash chegaralab qo’yildi. Kitlar sonini qayta tiklash oson ish emas. Uning o’rtacha vazni 60-120 tonnaga yetadi va 80 yil yashaydi.
Hozirgi kunda kit ovlashni ma’lum normada nazorat qilib turish orqali ularning sonini qaytadan tiklashayotir. Lekin Braziliya qirg’oqlarida bu hayvonlarning butunlay yo’qolib ketish havfi tug’ilmoqda, bundan bir necha o’n yil muqaddam bu joylarda 100 mingga yaqin kit suzib yurar edi. Hozir ular 10 mingdan ham oz qolgan. Braziliya hukumatining kitlar mahsulotini eksport qilishdan keladigan daromadi qisqardi. Shuning uchun ham Braziliya davlati kitlarni ovlashni man etadigan qonun chiqardi va uni amalga oshirmoqda.
Planetamizda insonlar ichishga yaroqli bo’lgan chuchuk suvlarni yetarli bo’lishini ta’minlashdek muhim va zarur muammolar qo’yilmoqda. AQSh da XX asr boshlarida 55 km3 suv sarflanish 1980 yilga borganda 730 km3 ga yetdi. AQShning yirik shaharlarida chuchuk suv ta’minoti katta muammo bo’lib qolmoqda. Masalan, Nyu-York shaharlarida toza suv yetishmay qolmoqda. Keyingi paytlarda ichki suv havzalari, dengiz va okeanlarning ifloslanish insoniyatni tashvishga solmoqda.
Suv ostidagi neftni olish va uni tashish yildan-yilga tez sur’atlar bilan o’smoqda. Masalan, Dunyo okeanida 1938 yilda 84 mln.t. 1949 yilda 151 mln.t, 1958 yilda 369 mln.t. 1970 yilda 1500 mln.t, 1975 yilda esa 2400 mln.t. neft mahsulotlari tashildi. Okean sheleflardan so’rib olingan neft shu yili 440 mln tonnaga barobar bo’lib, tankerni yuvishda 1 % ga yaqin neft suv yuzasida tarqalgan.
Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda kemalarni benzin bilan ta’minlab turuvchi stantsiyalar yiliga 1,2 mln tonna qimmatbaho neft mahsulotlarini suvga quyadi. Tinch va Hind okeanidagi baliqlar, suv o’tlari va malyuskalarning organizmlarida hayot uchun xavfli simob borligi aniqlandi. Bundan tashqari okeanlarga quruqlikdagi sanoat obektlaridan turli chiqindilar olib kelindi. Kaliforniya universiteti va La-Xoldagi okeanografiya institutining xodimlari. Gavayi orollaridan 600 mil narida okean suvini tekshirganda juda ko’p sanoat, kommunal xo’jalik chiqindilarni topishgan. Okean to’lqinlarida 5 mln dona eski rezina sandal,35 mln dona bo’sh plastmassa va 70 mln dona idishlar suzib yurganini kuzatishdi.
Okean va dengizlarning sho’r suvlaridan foydalanish muammosi ham dolzarb masalalardan biridir. Er yuzasida milliondan ortiq aholi suv tanqisligidan qiynaladi. Quruqlikning 60 % qismida suv yo’q yoki yetishmaydi. Qadimdan inson sho’r suvni chuchuklashtirib, uni o’z extiyoji uchun foydalanib kelgan. Hozirgi vaqtda ba’zi davlatlarda sho’r suvdan chuchuk suv olish uchun turli komplekslar qurilgan. Ularning har biri sutkasiga 100 tonnadan ortiq suv beradi. Ayni paytda inson o’z ehtiyoji uchun turli usullar bilan katta miqdorda okeanlardan suv olmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |