Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi


Jahon chorvachilik tarmoqlar geografiyasi



Download 7,61 Mb.
bet36/221
Sana13.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#664723
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   221
Bog'liq
ЖАҲОН ГЕОГРАФИЯСИ УМК 2020 2021ўқув йили ТЕРМИЗ 25-ЛОТИН-ПРИНТЕРЬ-2

3.Jahon chorvachilik tarmoqlar geografiyasi.
Chorvachilik chorva mollari soni va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Jahonda chorva mollarining umumiy soni 4 mlrd boshga yaqin.
Sut yo’nalishidagi yirik shoxli qoramol ko’paytirish aholi zich joylashgan Yevropa, Shimoliy Amerika rayonlari uchun xosdir. Go’sht-sut yo’nalishidagi qoramolchilik intensiv qishloq xo’jaligiga ega bo’lgan mo’’tadil mintaqa rayonlarida shuningdek qurg’oqchil rayonlarida tarqalgan. Go’sht chorvachiligi (Argentina, Avstraliya) ekstensiv va intensiv rivojlangan bo’lsada, u tovar xususiyatiga ega.
Cho’chqachilik bilan turli tabiiy sharoitlardagi intensiv va ekstensiv qishloq xo’jaligiga ega bo’lgan mamlakatlarda mavjud. Odatda, bu tarmoq aholi zich joylashgan rayonlarda, kartoshkachilik, lavlagikorchilik rayonlarida keng rivojlangan.
Qo’ychilik keng yaylov maydonlariga ega bo’lgan mamlakat va rayonlarda rivojlangan. Ayni vaqtda mayin junli qo’ychilik quruq iqlimli rayonlarda ko’proq tarqalgan bo’lib, dasht hamda chala cho’l yaylovlari sharoitda olib boriladi.
M.B. Volf va Yu.D.Dmitrievskiy o’zlarining jahon qishloq xo’jaligi haqidagi kitoblarida 4 turdagi chorvachilik rayonlarini ajratganlar. Ular intensivlik darajasiga ko’ra quyidagicha taqsimlanishi mumkin
. Birinchi turga aholi juda zich joylashgan va qoramolchilik yuqori darajada zich bo’lgan (100 ga qishloq xo’jaligi maydoniga 100-200 bosh mollar to’g’ri keladi) rayonlar kiradi. Bu turga mansub rayonlarda mazkur tarmoq yuqori mahsuldorlikka ega bo’lib, intensiv sut chorvachiligi, cho’chqachilik, parrandachilikka ixtisoslashgandir. Yevropada birinchi turdagi rayon Daniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Shveytsariya kabi mamlakatlarni, Shimoliy Amerikada AQShning shimoli-sharqini qamrab oladi. Bu mamlakatlardagi chorvachilik yalpi qishloq xo’jalik tovar maxsulotining 60-80 % ini yetkazib beradi.
Ikkinchi turga intensivlik hamda qishloq xo’jalik mahsuldorligi o’rtacha darajada bo’lgan rayonlar mansubdir. Bu turga Janubiy va Sharqiy Yevropa, AQSh ning janubiy va markaziy shtatlari, Lotin Amerikasining ayrim rayonlari kiradi.
Uchinchi turga aholi zichligi hamda chorva mollari bosh soni zichligi (5-10 bosh) past bo’lgan rayonlar kiradi.
Bunday rayonlarga Avstraliyaning katta qismini, Argentinadagi Patagoniyani, Angola, G’arbiy va Shimoliy Afrikaning ayrim mamlakatlarini (Mavritaniya, Chad, Jazoir) kiritish mumkin. Odatda ushbu mamlakatlarda chorvachilik dehqonchilikdan ustun turadi.
Va nihoyat, to’rtinchi turga aholisi juda zich joylashgan, chorva mollari zich (60-200 bosh), ammo mahsuldorligi past va kam intensiv tarmoq hamda yo’nalishlar ustun bo’lgan rayonlar kiradi. Chorvachilik bu yerda yordamchi ahamiyat kasb etib, oz miqdorda tovar mahsuloti yetkazib beradi. Bunday rayonlarga Hindiston, Shri-Lanka, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarini misol keltirish mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlarda kam mahsuldor chorvachilik markazlari aksariyat hollarda iste’mol va tovar dehqonchililigidan hududiy jihatdan ajralgan holda olib boriladi.
Go’sht ishlab chiqarish tizimi mol va buzoq go’shti yetishtirish salmog’i 32 %, cho’chqa 39 %, parranda go’shti 20 %, ot va qo’y go’shti salmog’i 9 %ni tashkil etadi.
So’nggi yillarda broyler xo’jaligining Shimoliy Amerika, Yevropada intensiv rivojlanishi parranda go’shti yetishtirishni ko’paytirdi. Jahon bo’yicha uning soni 10 mlrd boshdan oshib ketdi. Ayniqsa, har bir bosh sigirdan sut sog’ib olish, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 3-5 ming kg (biroq Daniya, Niderlandiya 5,8 ming kg, Shvetsiyada 6 ming kg, AQSh da 6,5 ming kg. MDH davlatlarida o’rtacha 2,6 ming kg) ni tashkil etadi.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish