4. Dunyoda baliq ovlash va baliqchilik.
Bu tarmoqning shu bilan belgilanadiki, baliq va uning mahsulotlari qimmatli oqsil manbai, to’laqonli ovqatlanishning eng muhim elementidir. Shu sababdan dunyoda ovlanadigan baliqning 75-80 foizi odamlar ovqatlanishi uchun sarflanadi, qolgan 20-25 foizi esa qayta ishlanib, baliq uni qo’shimcha ozuqaga, baliq moyiga aylantiriladi va chorva ozuqasi yoki farmatsevtika sanoatida ishlatiladi. Hozir yillik ovlanadigan baliq 100 mln.t. ga yetadi.
Dunyo aholisi jon boshiga 17-18 kg baliq to’g’ri keladi. Yaponiyada bu ko’rsatkich 60-70 kg, Rossiya va AQSh da 17-18 kg, Nepalda 0,2 kg.
Dengizdan ovlangan mahsulotning 87-88 foizi baliq; 7-8 foizi malyuska, 4-5 foizi raksimon, 0,5 foizi boshqa turlar. Ovlangan baliq strukturasida so’nggi o’n yilliklarda ilgari ko’p ovlangan seld va treska, angaus baliqlari salmog’i pasaydi, kamroq qimmatga ega bo’lgan moyva, mintay, xek kabilarning salmog’i oshdi. Bunday hol qimmatli baliqlarni ko’p ovlash oqibatida sodir bo’ldi. So’nggi yillarda dengiz baliqlarini ovlash geografiyasida ham muhim o’zgarishlar yuz berdi.
kontinental shelf va Dunyo okeani chuqur suvli rayonlarida baliq ovlash nisbatlari o’zgardi. Hozirgi vaqtda okeanning chuqur qismida 10 %, kontinental shelefda 90 % baliq va dengiz mahsulotlari ovlanadi;
Dunyo okeanining uchta asosiy zonasi shimoliy (300 sh.k. dan shimolda), tropik va janubiy mintaqalar (300 j k dan janubda) o’rtasida nisbat o’zgardi. 1984 yilda ularning birinchi 85 %, ikkinchisi 13 %, uchinchisi 2% ovlangan baliqni bergan bo’lsa, hozircha ular o’rtasidagi nisbat 52:30:18 ga teng.
Okeanlarning asosiy baliq ovlanadigan rayonlari o’rtasidagi nisbat ham o’zgarmoqda. Atlantika okeanida ikkita ana shunday rayon Yevropa qirg’oqlaridagi Shimoli-Sharqiy va Amerika qirg’oqlaridagi Shimoli-G’arbiy rayon qadimdan mashhur. Birinchisi o’tgan asrning 50- yillarida ovlanadigan baliqning yarmini berar edi. Lekin keyinchalik ko’p ovlash, neft sanoati raqobat tufayli ovlash keskin qisqardi. Masalan, ilgari baliqqa boy shimoliy dengiz endilikda dunyoning atigi 2,5 % balig’ini beradi.
Shimoli-G’arbda (Kanada va AQSh) ham baliq ovlash sezilarli kamaydi. Tinch okeanida uchta asosiy baliq ovlash rayoni bor; a) Osiyo qirg’oqlaridagi Shimoli-G’arbiy rayon. Bu yerda Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi baliq ovlaydi. U baliq va boshqa dengiz mahsulotlarini ovlash bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda; b) Shimoliy-Amerika qirg’oqlaridagi Shimoli-Sharqiy rayon. U ikkinchi o’rinda; v) Peru va Chili qirg’oqlaridagi Tinch okeanining Janubi-Sharqiy qismi rayoni. Bu yerda asosan Peru anchuos balig’i ovlanadi. Bu beshta dunyoning asosiy baliq ovlash rayonlarida ko’p ovlash ta’sirida baliq zahiralari kamayib borayotganligi sababli ularni tiklash bo’yicha katta tadbirlar o’tkazilmoqda (AQSh, Yaponiya, Rossiya, Norvegiya.b).
5)So’nggi yillarda baliq ovlashda «birinchi o’nlikka» kiruvchi mamlakatlar tarkibida o’zgarishlar yuz berdi. O’tgan asrning 50 yillarda «o’nlikka». Yaponiya, AQSh, SSSR, Xitoy, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Kanada, GFR, Daniya chiqib ketdi. «birinchi o’nlik»dan keyingi o’rinlarda rivojlanayotgan mamlakatlar-Filippin Meksika, Braziliya turadi. Xitoyda ham baliq ovlash tez rivojlanmoqda. Shu bilan birga an’anaviy baliq ovlovchi mamlakatlar-Norvegiya, Daniya, Islandiya hozirga qadar Yevropaning baliq ovlovchi asosiy mamlakatlari bo’lib, qolayotir.
Keyingi yillarda suv organizmlarini tartibga solishda ko’zda tutilgan tadbirlar tizimiakva kultura (lotincha akva-suv, cultura-etishtirish) baliq ovlash va baliqchilikda tobora katta rol o’ynamoqda. U suv havzalarida baliq, malyuskalar, qisqichbaqasimonlar va suv o’tlari yetishtirish, baliqlarni akklimatizatsiyalash, suvosti «firmalarini» tashkil etish va boshqa tadbirlar o’tkazishni o’z ichiga oladi.
Dengiz muhitida tirik organizmlarni ko’paytirish marikultura deb ataladi. O’tgan asrning 90-yillar boshida dunyoda akvakultura mahsuloti 15 mln.t. ga yetdi. Uning 85 % ini Osiyo mamlakatlari Xitoy (5,5 mln.t.), Yaponiya, Koreya Respublikasi, Hindiston, Filippin, Indoneziya, V’etnam bergan. Bu yerda chuchuk suvli havzalarda asosan karp balig’i, dengiz «firmalar» va «plantatsiyalarida» esa baliq, malyuska, krevetka, qisqichbaqa, midiy, suv o’tlari yetishtiriladi. Akvakultura Yevropa va Shimoliy Amerikada kamroq rivojlangan. Dengiz «fermalari» Italiya, Frantsiya, Ispaniya, Portugaliya, Niderlandiya, Daniya, Buyuk Britaniya, AQSh da bor. Dunyo marikultura mahsuloti 9 mln. tonnaga yetib qoldi. Bashoratlarga ko’ra, u ancha ko’payadi, akva kulturaning umumiy mahsuloti xajmi 20 mln. tonnadan oshib ketdi.
Kit ovlash Norvegiyada 1868 yilda vujudga keldi, Shimoliy Atlantikada boshlangan. Keyinchalik Tinch okeanining shimoliy qismida, Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya qirg’oqlarida kit ovlana boshlangan. Kit ovlash 1920 yilda 11 ming bosh, 1939 yilda-46 ming, 1969 yilda rekord daraja-66 ming boshga yetgan. Lekin keyinchalik kit ovlash sur’atlari tez kamaydi,1975 yilga kelib 27 ming boshni tashkil etdi. 1903 yilda 70- yillargacha faqat Dunyo okeanining janubiy qismida 1,5 mln.bosh kit ovlangan. Oqibatda ba’zi kit turlarining 90 % i, eng yirik kitlar esa deyarli butunlay qirib yuborildi. Shu sababli kit ovlashni tartibga soluvchi xalqaro tashkilot-Xalqaro Kit Ovlash Komissiyasi (XKOK) tuzildi.(1946 y) 1994 yilda Dunyo okeanining janubiy qismida uzoq muddatli kitlar qo’riqxonasi (400 j.k.dan janubda) tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |