Nooziq-ovqat ekinlari.
Paxta ekin maydonlari dunyoda 35 mln.ga.ni tashkil etadi. Ular asosan Shimoliy yarim sharning 200 va 400 shimoliy kengliklari oralig’ida mujassamlashgan. Paxta tolasi ishlab chiqarish jahonda asta-sekin o’sib borib, 18 mln.t. yetdi. O’z navbatida xalqaro paxtachilikni rayonlashtirish quyidagi o’ta yirik hamda yirik rayonlarni ajratish imkoniyatini beradi.
Birinchidan, bu Sharqiy, Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo bo’lib, Xitoy (4,5 mln.t.) Ikkinchidan, MDH doirasida O’rta Osiyo va Kavkaz orti mamlakatlari bo’lib,bu yerda yirik ishlab chiqaruvchi O’zbekiston (1,5 mln.t.) hisoblanadi. Uchinchidan, Janubi-g’arbiy Osiyo, bu yerda Turkiya (0,7 mln.t.), Eron, Iroq, Suriya, Afg’oniston alohida o’rin tutadi. To’rtinchidan, bu Shimoliy va Sharqiy Afrika, Misr, Suriya, Efiopiya, Uganda, Tanzaniya hisoblanadi. Beshinchidan. G’arbiy va markaziy Afrika-Nigeriya, Kamerun, Zair. Oltinchidan, Janubiy Afrika, Mozambik, Madagaskar. Ettinchidan, Shimoliy va Markaziy Amerika, avvalo AQSh (3,4 mln.t.) hamda Meksika. Sakkizinchidan, Janubiy Amerika, Braziliya (0,7 mln.t.), Argentina, Venesuela, Peru. To’qqizinchidan, bu Avstraliyadir.
Jahon savdo shaxobchalariga har yili 5-6 mln.t, asosan o’rta tolali paxta tolasi keltiriladi. Asosiy eksportchilar-AQSh (1,7 mln.t.), so’ngra O’zbekiston, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Afrika mamlakatlari, Paragvay, Avstraliya hisoblanadi.
Import geografiyasini asosan ikki region belgilab beradi:
Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo (Yaponiya, Tayvan, Koreya Respublikasi, Gonkong, Tailand, Indoneziya)
Yevropa (Italiya, GFR, Frantsiya, Polsha, Chexiya, Slovakiya va boshqalar).
Uzun tolali paxta qimmatbaho ahamiyat kasb etadi (Misr, Peru, Turkmaniston).
Jahonda tabiiy kauchukning 90 %i Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari: Malayziya (1,2 mln), Indoneziya va Tailand (1,2 mln. t. dan), shuningdek, Hindiston, Shri-Lanka, Filippin hissasiga to’g’ri keladi.
Jahonda tamaki kukuni yetishtirish 7 mln.t. ga yetdi. Uni eng ko’p yetishtiruvchi mamlakatlarga Xitoy (2,7 mln.t.), AQSh, Hindiston, Braziliya va MDH mamlakatlari kiradi. Shuningdek tamaki kam miqdorda Italiya, Gretsiya, Bolgariya, Turkiya, Indoneziya, Yaponiya va Kubada yetishtiriladi. Sigareta ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda AQSh birinchi (700 mlrd dona) MDH mamlakatlari ikkinchi o’rinda turadi.
Keyingi davrlarda narkotik o’simliklar hamda opium, marixuana va boshqa narkotik moddalar ishlab chiqarish sezilarli darajada ortdi. Ularni ishlab chiqaruvchi mamlakatlar tarkibida «oltin yarim oy» (Pokiston, Afg’oniston, Eron) hamda «oltin uchburchak» (Tailand, Laos, Myanma) shuningdek Kolumbiya alohida o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |