V).Transport tarmoqlari. Temir yo'l transporti-tarmoqlari XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida shakllangan. O'sha davrlarda temir yo'l magistral yo'llari foydali qazilma konlarini va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish rayonlarini dengiz portlari bilan bog'lab turgan. Hozirgi vaqtda temir yo'llar modernizasiya qilinmoqda va yangi liniyalar yotqizilmoqda.
Kelajakda uzunligi 1000 km bo'lgan Shimol bilan Janubni bir-biri bilan bog'lovchi temir yil qurilishi loyihasi ko'rib chiqilmoqda.
Avtomobil transporti-yo'lovchi tashishda muhim rol o'ynaydi. Braziliya Lotin Amerikasi regionida eng uzun avtomobil yo'l tarmoqlariga ega. Uning uzunligi 1,7 mln kmni tashkil etadi.
Dengiz va daryo transporti-umumiy tonnaji bo'yicha Lotin Amerikasida birinchi o'rinda turadi.
Dengiz transportida jami tashqi savdo yuklarining 98 foizi tashiladi. Mamlakatda 50 ga yaqin dengiz daryo portlari, shundan 36 tasi chuqur suv yo'liga ega portlar ishlab turibdi.
Havo transporti-Braziliyada 80 dan ortiq yirik aeroportlar va mingga yaqin kichik mahalliy aeroportlar ishlab turibdi. Halqaro maqomga ega bo'lgan aeroportlar soni 5 ta bo'lib, ular dunyoning yirik shaharlari bilan havo yo'llari orqali bog'langan.
6.Tashqi iqtisodiy aloqalari. Jahon savdosida Braziliyaning hissasi uncha katta emas (1 foizga yaqin). Mamlakat tashqi savdosida iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ulushi 60 foizni tashkil etadi, biroq so'nggi yillarda regiondagi qo'shni mamlakatlar bilan savdo aloqalar kengaymoqda.
AQSH, Yaponiya va Yevropa mamlakatlari Braziliyaning asosiy savdo sheriklari hisoblanadi.
Keys banki 1.Braziliya iqtisodiy –ijtimoiy rivojlanishida qanday geografik omillar muhim rol o’ynaydi?.
2.Braziliya aholisining vujudga kelishida qanday omillar muhim rol o’ynagan?.
3.Braziliyadagi Amazoniya o’rmonlarini muhofaza qilish bo’yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?.
Nazorat savollari 1.Mamlakatning siyosiy-iqtisodiy geografik o’rniga baho bering.
2.Braziliya tabiiy sharoiti va mineral resurslarining xo’jalik ahamiyati xususida gapirib bering.
3.Mamlakat aholisi soni va o’sishi hamda joylashishining demografik jihatlariga ta’rif bering.
4. Mamlakat aholisining tarkibi,migratsiyasi,hamda urbanizatsiya jarayonlari to’g’risida gapirib bering.
5.Mamlakatning siyosiy ijtimoiy hayotida siyosiy partiyalarning mavqei shuningdek Braziliyaning xalqaro maydondagi tashqi siyosati haqida so’zlab bering.
6. Braziliya xo’jaligining tarmoqlar tarkibi,va ularning hududiy joylashishi,hamda rivojlanish darajasiga ta’rif bering.
7.Xaritadan mamlakatning eng asosiy sanoat,qishloq xo’jaligi va transport rivojlangan rayonlarini ko’rsating.
8.Mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarining geografik xususiyatlarini izohlab bering.