18-Mavzu. LOTIN AMERIKASI DAVLATLARI (4soat)
LOTIN AMERIKASI SUBREGIONLARI:
1.Meksika va Markaziy Amerika
2.G’arbiy Hindiston
3.And mamlakatlari
4.La-Plata mamlakatlari
5.”Gviana uchburchagi”
6.Braziliya
BRAZILIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI (2soat)
REJA:
Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni.
Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari.
Aholisi.
Davlat tuzumi.
Xo'jaligi.
A) Sanoati B) Qishloq xo'jaligi
V) Transport tarmoqlari
6. Tashqi iqtisodiy aloqalari
Maydoni-8511965 km2
Aholisi-214 652 594 kishi (2021y 23.08)
Poytaxti— Brazilia
Tayanch so'zlar:
Qulay geografik o'rin, boy mineral xom ashyo va aholi salohiyati, immigrasiya, tog'-kon va qayta ishlash sanoat tarmoqlari, plantasiya xo'jaligi, tayanch mamlakatlar.
1.Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni.
Braziliya-Janubiy Amerikadagi eng yirik davlat, u materikning sharqiy va markaziy qismida joylashgan. Mamlakat shimoldan Fransiya. Gvianasi, Surinam, Gayana, va Venesuela, shimoli-g'arb va g'arbdan Kolumbiya, Peru, Boliviya bilan janubiy g'arb va janubdan Paragvay, Argentina va Urugvay bilan chegaradosh. Braziliyaning quruqlik chegarasi 16 ming kmga cho'zilgan. Sharqda esa mamlakatni 7,4 ming km ga cho'zilgan Atlantika okeani suvlari yuvib turadi.
2.Tabiiy sharoiti va resurslari.
Mamlakat relyefida shimoliy pasttekislik qismi (Amazonka xavzasi) va janubiy balandlik qismi (Braziliya yassi tog'ligi) o'rtasida katta tafovutlar kuzatiladi.
Mamlakat xududining bepoyonligi va geologik tuzilishining xususiyatlari uning xilma xil foydali qazilmalar bilan ta'minlanishiga zamin yaratgan.
Mamlakat temir rudalari, simob, niobiy, berilliy, apatit, boksit, oltin, marganes va asbest zahiralari bo'yicha dunyoda birinchi yoki oldingi o'rinlardan birini egallaydi. Shuningdek mamlakat titan, kobalt, volfram, fosforit, uran, magnezit, mis nikel, molibden, xromit olmos, toshko'mir, yonuvchi slanes va boksitning katta zahiralariga ega.
Toshko'mir konlari (zaxirasi 12 mlrd t.) asosan mamlakatning janubiy Riu-Grande-du-Sul, Santa-Katarina, Parana hamda shimolda Amazonka xavzasida joylashgan.
Braziliya temir ruda zaxirasi va uning eksporti bo'yicha dunyoda 1-o'rinda turadi. Mamlakatning Para shtatidagi Karajas temir ruda koni (Amazoniyada) dunyodagi eng yirik temir ruda koni bo'lib, uning zaxirasi 18 mlrd t. deb baholanmoqda. (ruda tarkibida temir juda yuqori-65 foizni tashkil etadi.) Shuningdek temir rudasi Minas-Jerays shtatidan hamda Boliviya va Paragvay bilan chegaradosh qismidan ham qazib olinadi. Boksitning yirik konlari mamlakat shimolidagi Amazoniyada topilgan.
Amazoniya o'rmonlari-Braziliyaning noyob boyligidir. Mazkur o'rmonlar Er shari iqlimining shakllanishida muhim o'rin tutadi. Mamlakat maydonining 60 foizini o'rmonlar egallaydi. Mamlakatning eng yirik Amazonka daryosining uzunligi 6400 km bo'lib, daryo Er sharidagi eng sersuv daryo hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |