3.Aholisi.
Braziliya-ulkan aholi salohiyatiga ega mamlakat. Mamlakat aholisi Lotin Amerikasi jami aholisining taxminan 1g’3 qismini tashkil etadi. Braziliya aholisi soni 186 mln kishidan ortiq bo'lib, dunyoda 5-o'rinda turadi.
Braziliya millati murakkab etnik tarkibi bilan ajralib turadi. Jumladan mamlakat aholisi bo'lgan mahalliy aholi indeyeslar bilan afrikalik negrlar va yYevropalik muxojirlarning aralashuvi natijasida hosil bo'lgan. Tub joy aholi hisoblangan indeyeslar mamlakat jami aholisining 10 foizini tashkil etib, ular asosan Amazoniyaning ichki rayonlarida yashaydi.
Mamlakat aholisi milliy tarkibi xilma-xil bo'lib, uning tarkibida oq tanlilar 54,7 foiz, negrlar 5,9 foiz, mulatlar, metislar, sambolar va indeyeslar 38,5 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari mamlakatda boshqa millatlar, portugallar, ispanlar, nemislar, ukrainlar va yaponlar ham istiqomat qiladi. Ularning soni 3 mln kishi atrofida.
Mamlakat aholisi hududlar bo'ylab notekis joylashgan bo'lib, aholining o'rtacha zichligi 1 km ga 20 kishi to'g'ri keladi.
Mamlakatda urbanizasiya jarayoni tez sur'atda o'smoqda. Shahar aholisi hissasi 79 foizni tashkil etadi. Braziliyada San-Pauli, Reo-de-Janeyro, Belu-Orizonti, Salvador, Fortaleza. Resifi kabi shahar aglomerasiyalari shakllangan.
4.Davlat tuzumi.
Braziliyaga portugallar 1500 yilda kirib kelgan. Mamlakat Portugaliyaning 300 yil davomida mustamlakasi bo'lib keldi.
Braziliya 1822 yilda mustaqillikka erishdi. 1888 yilga kelib qullik bekor qilindi. 1889 yilda monarxiya ag'darib tashlandi va respublika e'lon qilindi. Hozirgi vaqtda Braziliya-federativ respublika. Konstitusiyaga ko'ra davlat, hukumat, Oliy bosh qo'mondon prezident hisoblanadi. Mamlakat ma'muriy xududiy tuzilishiga ko'ra 23 shtat, 3 hudud va Federal okrugdan iborat.
5.Xo'jaligi.
So'nggi yillarda rivojlangan mamlakatlardan ilg'or texnologiyalarning, sarmoya va kreditlarning iqtisodiyotga jalb qilinishi natijasida Braziliya zamonaviy sanoat ishlab chiqarishini barpo etishda katta yutuqlarga erishildi, shuningdek agrar mamlakatdan industrial mamlakatga aylandi.
Braziliya rivojlanayotgan mamlakat bir qancha tipologik jihatlarga ko'ra «yangi industral mamlakatlar» (Singapur, Gonkong, Janubiy Koreya va Tayvan bilan birgalikda) guruxiga kiritiladi, lekin Moskva Davlat Universiteti geograf olimlari mamlakatlarni «Tayanch rivojlanayogan mamlakatlar» guruhiga kiritadi.
Braziliya uchun sanoat ishlab chiqarishining yuqori hududiy konsentrasiyalashuvi (mujassamlashuvi) xosdir. Jami asosiy sanoat mahsulotlarining 80 foizini mamlakatning janubi-sharqida joylashgan San-Paulu, Rio-de-Janeyro va Minas-Jerays shtatlarida ishlab chiqariladi. Mamlakat temir rudasi, apatit, niobiy konsentratlari ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda birinchi, berilliy qazib chiqarish bo'yicha ikkinchi, boksit, grafit va tantal konsentratlari qazib chiqarishda uchinchi, oltin, asbest va qalayi qazib olishda to'rtinchi o'rinni egallaydi. Mamlakatda yiliga 150 mln tonnadan ortiq temir rudasi qazib olinmoqda, shundan 120 mln tonnasi tashqi bozorga eksport qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |