Termiz davlat universiteti qo‘lyozma huquqida


Саноат ишлаб чиқаришига таъсир кўрсатувчи омиллар



Download 93,03 Kb.
bet14/15
Sana11.03.2022
Hajmi93,03 Kb.
#490986
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
BISMILLAH DISSERTATSIYA

Саноат ишлаб чиқаришига таъсир кўрсатувчи омиллар






Ресурс

Иқтисодий


Ташкилий-бошқарув


Моддий-техник

Прогнозлаштириш ва режалаштириш

Ташкилий-ишлаб чиқариш тузилма





Ер


Меҳнатни ташкил этиш

Кооперация ва иқтисодий муносабатлар




Меҳнат

Иқтисодий рағбатлантириш

Оператив бошқарув ва назорат.Маркетинг ва ахборот таъминоти







Молиявий

Ходимлар




Илмий-техник тараққиёт



Инновация

Табиий ресурслардан самарали фойдаланиш








Инновация

Инновация

Инновация




2.2-rasm. Sanoat ishlab chiqarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar18.

Mamlakat YaIMda sanoat tarmoqlari mahsulotining qayd qilingan nisbatan yuqori ulushi uning bir qator yetakchi tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmining ancha katta o‘sish suratlariga erishilganligining natijasi hisoblanadi. Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash dasturlarini amalga oshirilishi, respublika sanoatining rivojlanishiga imkoniyatlar yaratdi. Shu bilan birga, sanoatning yanada barqaror rivojlanishi uchun quyidagilar zarur:


- ilg‘or mahalliy texnologiyalarni ishlab chiqish, zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga mahsulotlarnnig raqobatbardoshligini oshirish;
- tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishda mahalliylashtirish darajasini to‘xtatib turuvchi kamchiliklarni bartaraf etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga to‘sqinlik qiluvchi zarur tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar importini qisqartirish;
- kichik biznes sub’ektlarining ishlab chiqarish faoliyatini har taraflama qo‘llabquvvatlash va rag‘batlantirish mexanizmini yanada takomillashtirish. Respublika iqtisodiyotida sanoat tarmoqlari rivojlanishi bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ham sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini isloh qilishni diversifikatsiyalash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, zamonaviy yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish hamda xo‘jaliklarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan choratadbirlar natijasida ushbu sohada sezilarli darajada ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.
Mustaqillik yillarida respublikada qishloq xo‘jaligi sohasiga bozor tamoyillarini joriy qilish va mulkchilik shakllarini to‘liq o‘zgartirish bilan tub islohotlar o‘tkazildi, natijada xo‘jalik yuritishning yangi shakllari paydo bo‘lib, ular qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining rivojlanishida o‘z aksini topdi.
Respublikamizda xizmatlar sohasining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, bandlik va aholi daromadlari o‘sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida, mazkur tarmoq qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylandi.
Xizmatlar sohasi aholining barcha qatlamlarini qamrab oladi va jamiyatda sodir bo‘layotgan deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi, bu esa mazkur masalaning qanchalik muhim va ahamiyatli ekanligini ko‘rsatib beradi. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, mamlakat aholisining bandligini, daromadlarini va turmush sifatini oshirishning muhim yo‘nalishlari va omillaridan biri sifatida xizmatlar sohasi va servisni jadal rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashda mazkur soha muhim o‘rinni egallamoqda.
Respublikada 2017-2021 yillarda19 “Xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish” masalalari eng ustuvor strategik vazifalardan biri hisoblanadi. Fikrimizcha, xizmat ko‘rsatish sohasining YaIMdagi mutlaq va nisbiy ulushini o‘stirib borishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni qayd qilish mumkin: qishloq joylarda ko‘rsatiladigan xizmat turlarini ko‘paytirish va sifatini oshirish; xizmatlarning an’anaviy turlari bilan birga, yangi va zamonaviy turlari-yuridik, konsalting, bank, moliya, sug‘urta, lizing, sayyohlik-ekskursiya va telekommunikatsiya xizmatlarini jadal rivojlantirish; milliy korxonalarning xalqaro bozordagi xizmat ko‘rsatish darajasini va sifatini oshirish hamda uning eksportini ko‘paytirish; mamlakat hududlari bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi (aholi jon boshiga) va sifatidagi farqlarni ularning mavjud salohiyatidan to‘laroq foydalanish orqali yumshatish.
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida YaIM tarmoq tarkibini takomillashtirishning muhim ustuvor yo‘nalishi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, fan va texnika taraqqiyotining yutuqlarini mujassamlash-tiradigan yuqori texnologik tarmoq va sohalarni taraqqiyotning innovatsion yo‘liga o‘tkazib borishdir. Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev qayd qilib o‘tganidek: - “Kun tartibida o‘ta jiddiy masalalar turibdi. Bular - mamlakatimizda yaratilgan texnologiyalarning raqobatbardoshligini ta’minlash, «nou-xau» namunalarini yaratish, zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya’ni yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishdir.” 20 Bunda zamonaviy texnologiyalar asosida raqamli televizion uzatgich, videotelefonlar, internet-televidenie, yuqori tezlikdagi internet, NDTV kanallarini namoyish qilish respublikada “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va yanada rivojlantirish” dasturini amalga oshirishdagi dastlabki qadamlar hisoblanadi. YaIM tarmoq tarkibini takomillashtirishning muhim yo‘nalishi resurs tejovchi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonida qo‘llash hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, YaIMning tarmoq tuzilishini takomillashtirish, milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni diversifikatsiyalash jarayoni bilan birga davom ettirish - barqaror va mutanosib iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini oshirish, aholi turmush faravonligini oshirish hamda jadal taraqqiyotga erishishning muhim omili hisoblanadi. Ilmiy yo‘nalishlarni chuqur o‘rganish hamda umumlashtirish shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishi investitsion salohiyat rivojlanishi bilan bog‘lanadi. Qulay investitsiya muhitini yaratish, investitsiya siyosatining ustuvorliklari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish pirovardida har bir alohida tarmoq uchun investitsiya qarorini qabul qilishga olib kelishi kerak. Agar sharoitlar maqbul bo‘lsa, qo‘yilmalarning o‘sishi uchun rag‘batlar mavjud bo‘lib, zarur investitsiya manbalariga ega korxonalar investitsiya qiladi va ishlab chiqarish rivojlanadi.


Download 93,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish