1.3. Tarmoqlar iqtisodiyotining samarali rivojlanishning xorij tajribasidan unumli foydalanish
Rivojlangan mamlakatlarda yaratilgan milliy innovatsion tizimi iqtisodiy o‘sishni yuqori su’atlarga ko‘tarayotganligini ularning bugungi iqtisodiyijtimoiy ko‘rsatkichlarida yaqqol o‘z ifodasini topayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Ularning boy tajribalarini o‘rganib, ayrim jihatlarini milliy iqtisodiyotimizni yanada yuksaltirish maqsadida foydalanish esa ijobiy natija berishi mumkin. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya jarayonlarini chuqurlashtirish yuksak texnologiyalar, innovatsiyalarni talab qilinishi biz o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz. Jahon tajribasi, yuksak darajada taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi bu haqiqatni qayta-qayta isbotlamoqda”9.
Avstriyalik olim Y. Shumpeterning fikricha iqtisodiy faoliyatga aynan innovatsion yondashuv – har bir davr iqtisodiy tizimining rivojlanish darajasini belgilab beradi10. Uning ta’limoti ko‘ra iqtisodiy o‘sishga kichik biznes, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali erishish mumkin. Yana bir guruh iqtisodchi olimlar iqtisodiy farovonlik bo‘yicha o‘z tadqiqotlarida11, rivojlanayotgan mamlakatlar innovatsiyalar hisobidan jadal iqtisodiy yuksalishining ichki omillarini ko‘rsatib berdilar. Ular Shumpeter g‘oyasiga zid bo‘lgan o‘z qarashlarida transmilliy kompaniyalar, ya’ni yirik kompaniyalar iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashgan.
XX-XXI asrlar bo‘sag‘asida jahon xo‘jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o‘rni juda katta bo‘lib, bunday guruhga kiruvchi davlatlar asosan Yevropa qit’asi va Shimoliy Amerika materigida joylashgandir. Mazkur davlatlar degan so‘zlar ham jahon iqtisodiyotida iqtisodiyotini rivojlanishi asosan tabiiy resurslardan qanday foydalanishlik darajasiga va shuningdek uzoq yillarga mo‘ljallangan zamonaviy ilmiy-texnikaviy taraqqiyotdagi o‘zgarishlarga bog‘liqdir.
Rivojlangan mamlakatlar guruhi hozirgi kunda o‘z tarkibida jahonning 30 dan ortiq davlatini birlashtirgan bo‘lib, bu davlatlar dunyo mamlakatlari xo‘jaligida tutgan o‘rniga ko‘ra bir necha klassifikatsiya bo‘lib o‘rganiladi. Ular quyidagilardan iborat:
1.Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi bo‘yicha rivojlangan katta “yettilik” davlatlar guruhi (ushbu davlatlar guruhiga Rossiya Federatsiyasini qo‘shilishi bilan “katta sakkizlik” davlatlar guruhi degan so‘zlar ham ishlatilmoqda).Ushbu guruhga AQSh, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada kabi davlatlarni kiritish mumkin.
2.Yevropa Ittifoqi kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga GFR, Belgiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Luksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shvesiya, Finlandiya, Avstriya
kabi davlatlarni kiritish mumkin.
3.Yevropa Erkin Savdo assotsiatsiyaga (YeAST) kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shvesariya kabi davlatlarni kiritish mumkin.
4.Beniluks guruhiga kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga Belgiya, Niderlandiya va Luksemburg kabi davlatlar kiradi.
5.Shimoliy Amerika Erkin savdo shartnomasiga (NAFTA) kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga AQSh, Kanada, Meksika kiradi.
G‘arbiy Yevropa davlatlarining jahon xo‘jaligidagi o‘rni Jahon xo‘jaligi va XIMda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy ribojlanishi alohida o‘rin egallaydi. Hozirgi kunda G‘arbiy Yevropa davlatlari hissasiga jahonda ishlab chiqarilayotgan jami yalpi milliy mahsulotning 28-29% i, dunyo aholisining 7-8% i to‘g‘ri keladi. G‘arbiy Yevropa Erkin Savdo zonasi hissasiga jahon savdosi aylanmasining 48- 50% i to‘g‘ri kelib, bu iqtisodiy zona hozirgi kunda 400 mln. ga yaqin iste’molchiga egadir.
Tarkibiy o‘zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo‘naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad – ichki va
tashqi bozorlarda to‘lovga qodir talabga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
G‘arbiy Yevropa davlatlarining iqtisodiy taraqqiyotida jahon mamlakatlari bilan olib borilayotgan tashqi savdo aloqalar muhim rol o‘ynaydi. O‘tgan asrning 70 - yillardagi Yevropa Ittifoqi (YeI) davlatlari dunyoda eng yirik savdo blokdan biriga aylangan edi. YeI davlatlarining tovarlar eksporti darajasi AQShning tovarlar eksporti darajasiga nisbatan uch barobar yuqori bo‘lib, 90-yillarda bu mamlakatlar hisobiga jahon savdosining 41-42% i, valyuta zahiralarining esa 36-37%i to‘g‘ri kelgan.
Bugungi kunda dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga nazar solar ekanmiz, ularning asosiy daromadlari va statistik ko‘rsatkichlari innovatsion jarayonlarning to‘g‘ri tashkillashtirilganligi hamda doimiy ravishda takomillashtirilib borilayotganligi bilan alohida e’tiborga loyiq. Bozor tizimi, resurslarni, avvalo yuqori talab va foyda darajasiga ega tarmoqlarga yo‘naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo‘ladi.
Keyingi ikki yilda dunyo iqtisodiyoti rivojlanishiga katta to‘sqinlik qilayotgan va o‘ziga yarasha ulkan inqirozga sabab bo‘layotgan koronavirus pandemiyasi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining ko‘pchilik tarmoqlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. 2020 yilda rivojlangan mamlakatlar guruhida iqtisodiyotda ishlab chiqarish 6,1% ga, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 1% ga kamayishi kutilmoqda (1.2-jadval). Bunda jahonning iqtisodiy jihatdan eng kuchli davlatlari bo‘lgan AQShda 5,9%, Yevropa mamlakatlarida 7,5%, Yaponiyada 5,2%, Buyuk Britaniyada 6,5%, Kanadada 6,2% pasayish bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |