Termiz davlat universiteti qo‘lyozma huquqida



Download 93,03 Kb.
bet5/15
Sana11.03.2022
Hajmi93,03 Kb.
#490986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BISMILLAH DISSERTATSIYA

1.1 - jadval
Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni saqlashga xizmat qiluvchi asosiy omillar6

Ko‘rsatkichlar va omillar

Ko‘rsatkichlar va omillarning mazmuni

Makroiqtisodiy barqarorlik
va iqtisodiy o‘sishni saqlashning asosiy omillari

- iqtisodiyot tarmoq hamda sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash ishlarini faol tarzda olib borilganligi hamda yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etilganligi;
- tashqi savdoni erkinlashtirish hamda valyuta siyosati barqarorligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarning samarali tarzda amalga oshirilganligi;
- moliya, pul-kredit siyosati bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarning amaliyotga tatbiq etilganligi;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish borasida muhim islohotlarning amalda qo‘llanilganligi;
- puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirish hamda jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish asosida mablag‘larni istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilganligi;
- aholini samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida yuqori natijalarga erishilganligi va boshqalar.


Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 2020 yilda 83,0 foizni, shuningdek, YaIM tarkibida sanoatning ulushi 28,5 foizni tashkil etdi. 2019 yilning mos davri bilan solishtirganda ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida yuqori texnologiyali tarmoqning ulushi 1,9 foizni, o‘rta-yuqori texnologiyali - 22,4 foizni, o‘rta-quyi texnologiyali - 40,1 foiz va quyi texnologiyalisi - 35,6 foizni tashkil etdi.
Jami ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqarish, ta’mirlash hamda o‘rnatish, avtotransport vositalari, yarim tirkamalar va boshqa tayyor buyumlarni ishlab chiqarish sohasining ulushi - 19,4 foiz, metallurgiya sanoatining ulushi - 26,0 foiz, to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi - 15,8 foiz, oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi - 16,9 foiz, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi - 6,9 foizni tashkil etdi. Bu mamlakatimizda sanoat tarkibini diversifikatsiya qilish borasidagi amalga oshirilgan chora-tadbirlarning ijobiy natijasi sifatida izohlanadi. Shuningdek, yaqin istiqbolda milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlovchi sanoat tarmog‘ini tarkibiy jihatdan o‘rganish, tahlil qilish va sanoat mahsuloti ishlab chiqarish uchun eng samarali tarmoqlarga alohida e’tibor qaratish lozimdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida milliy iqtisodiyotda chuqur tarkibiy islohotlar orqali uzoq muddatli barqaror o‘sishni ta’minlashning qator muhim yo‘nalishlari belgilab berildi. Ulardan biri sifatida yangi eksport bozorlariga chiqish eng asosiy vazifalardan biri ekanligi qayd etildi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, qayta ishlangan mahsulotlarning jahon bozorlaridagi ulushi sezilarli bo‘lsa-da, uni yanada oshirish imkoniyatlari mavjud. Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini rivojlantirish va uning mahsulot tarkibini diversifikatsiya qilish o‘zaro aloqador bo‘lgan ikkita omillar guruhi orqali belgilanadi. Bir tomondan bu tabiiy resurslar sohasidagi qiyosiy ustunliklar bilan tavsiflangan statik omillar bo‘lib ularning ta’siri natijasida keyinchalik yuqori texnologik hamda yuqori darajada qayta ishlangan mahsulotlarga e’tiborni kuchaytirishga imkon yaratiladi. Boshqa tomondan bu innovatsiyalar va ilmiy-texnik yutuqlar bilan bog‘liq bo‘lgan dinamik ravishda o‘zgarib turadigan raqobat ustunligi omillari hisoblanadi. Ularning birgalikda uzviy harakati natijasida milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish, eksportning barqaror o‘sishini va umuman iqtisodiyot rivojida rag‘batlantiruvchi ta’sirni ta’minlashga erishiladi.
Jahon iqtisodiyotida pandemiyaning salbiy ta’siri hali to‘liq bartaraf bo‘lmaganligini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotning yaqin istiqbolda barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada faollashtirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

  • milliy iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish ishlarini yanada faol davom ettirish;

  • sanoatda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar turini kengaytirish va sifat jihatidan raqobatbardoshlik darajasini oshirish;

  • inson kapitaliga investitsiyalar kiritishni faollashtirish orqali istiqbolda ilmiy sig‘imi yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish;

  • iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yurituvchi korxonalarning eksport va import tuzilmasini, ularning ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish hamda eksport tarkibini diversifikatsiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni faollashtirish;

  • faol investitsiya siyosatini olib borish orqali muhim strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek xorijiy kapitalni avvalo moddiy eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishga jalb qilish;

  • milliy iqtisodiyotning barqaror rivojining muhim omili sifatida yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholining bandlik darajasini oshirish hamda mazkur jarayonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada rag‘batlantirish.

1.2. O‘zbekiston Respublikasida tarmoqlar tarkibi shakllanishi va rivojlanishining huquqiy asoslari

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ichida tarmoqlar tarkibining rivojlanishi, aholining munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlash bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirili. Ayniqsa, islohotlar natijasida tarmoqlarning rivojlanishi natijasida ichki iste’mol talabi kengayib borayotgani, pullik xizmatlar hajmi o‘sgani, fuqarolarning uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta’minlanish darajasida ham sifat o‘zgarishlari ro‘y bergani e’tiborga molik va bu boradagi tashkiliy-huquqiy jihatlarga e’tibor qaratmoqchimiz.


Jumladan, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi, “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”, “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, «Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi «Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5623 sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi «Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5621 sonli Farmoni va boshqalar.
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” da makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish asosiy vazifa sifatida belgilandi. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish uchun7:
- milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish;
- ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;
- yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;
- iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish;
- prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash;
- ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
- iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;
- faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;
- xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish;
- turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish;
- eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;
- yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasining O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ta’sirining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, tashqi iqtisodiy faolligini tiklash maqsadida 2020 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2021 yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi qarori makroiktisodiy siyosatni amalga oshirishning muhim asosini ta’minlaydi (1.2-jadval).



Download 93,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish