Termiz davlat universiteti qo‘lyozma huquqida



Download 93,03 Kb.
bet4/15
Sana11.03.2022
Hajmi93,03 Kb.
#490986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BISMILLAH DISSERTATSIYA

ILMIY NAZARIY ASOSLARI

    1. Tarmoqlar iqtisodining shakllanish va rivojlanishining mohiyati va mazmuni

Iqtisodiyotning tarmoq tarkibi mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning real holatini aks ettiradi. Tarmoqlar tarkibi bir iqtisodiy bosqichdan boshqasiga o‘tish davrida, davlat iqtisodiy siyosatining asosiy muammolaridan biriga aylanadi.
Tadqiqot davomida tarmoqlar iqtisodiyotining nazariy asoslari va ilmiy uslublarini, iqtisodiyot tarmoqlarini samarali rivojlantirishning qonuniyatlarini, iqtisodiy tarmoqlarning iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini, har bir tarmoq va sohaning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning samarali rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan iqtisodiy muammolari va ularni innovatsion-iqtisodiy rivojlanish istiqbolini, milliy, xududiy, lokal iqtisodiy omillarini, O‘zbekistondagi tarmoqlararo iqtisodiy vaziyat va ularni optimallashtirishni, O‘zbekistonda mavjud tarmoqlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanishida boshqa mamlakatlar iqtisodiy tarmoqlari bilan farqli tomonlari haqida umumiy xususiyatlarini tadqiq etish maqsadga muvofiq.
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning uchinchi ustuvor yo‘nalishida “...tarkibiy va institutsional o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash”5 - deb belgilab qo‘yilganligidan, mamlakatimizda YaIMning tarmoq tarkibini takomillashtirish masalasi naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini anglash mumkin. YaIMni tarmoqlar bo‘yicha tahlil qilib o‘rganish - yaxlit iqtisodiyotning tarkibiga kiruvchi alohida tarmoqlarning shu mahsulotni yaratishdagi o‘rni va hissasini aniqlashga yordam beradi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mamlakatimizda yaratilayotgan YaIMning tarkibida sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, shu jamladan, aholiga pullik xizmat ko‘rsatish kabi sohalarning o‘rni va hissasi salmoqli o‘rinni egallaydi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish, ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligiga erishish, eksport tarkibi hamda geografiyasini diversifikatsiya qilish, shuningdek, hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish orqali milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar ancha faollashdi.
Buni quyidagi dolzarb masalalar bilan izohlash mumkin: birinchidan, milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, uning tarmoqlarida ishlab chiqarish sur’atlari o‘sishiga erishish mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ikkinchidan, jahon bozoridagi keskin raqobatlashuv sharoitida milliy ishlab chiqaruvchilarning yuqori sifatli mahsulotlar bilan jahon bozorlariga chiqishini faollashtirish zaruriyati mavjud. Uchinchidan, ilmiy sig‘imi yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan tendensiyalarning rivojlanishi hamda shunga muvofiq tarzda sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashda milliy iqtisodiyot doirasida doimiy ravishda zamonaviy texnologiyalar hamda innovatsiyalarni joriy etish talab qilinadi.
Milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish ko‘p jihatdan iqtisodiyot yo‘nalishlari hamda sohalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini barpo etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlarni yaratish bilan bevosita bog‘liq. Shu bois, mamlakatimizda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun uning tarmoqlari rolini, ayniqsa yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi hamda unda belgilangan ustuvor vazifalar milliy iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori natijalarga erishishda qo‘l kelmoqda. Jumladan, mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot (YaIM) ishlab chiqarish hajmi 2020 yil yakunlariga ko‘ra 580,2 trln. so‘mni tashkil etgan holda 2019 yildagiga nisbatan 70 mlrd. so‘mga oshdi, YaIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 341,5 trln. so‘m, xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 194,4 trln. so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 44,4 trln. so‘mga yetdi. Bunday natijaga iqtisodiyotning barcha tarmog‘ida islohotlarning tizimli va izchillik bilan amalga oshirilishi tufayli erishildi, albatta.
Statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2020 yilda yalpi ichki mahsulot hajmi 2016 yildagiga nisbatan qariyb ikki yarim barobarga oshgan holda 580,2 trln. so‘mni ishg‘ol etdi. Milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashda mamlakat sanoati yetakchi o‘rin tutadi. Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmi so‘nggi yillarda barqaror o‘sish sur’atlariga ega bo‘ldi, jumladan mazkur ko‘rsatkich 2020 yilda 367,1 trln. so‘mni tashkil etgani holda 2016 yilga nisbatan 255,2 trln. so‘mga oshgan. Bu jarayonda mamlakatimizda sanoat salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlari doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.
So‘nggi ikki yilda butun dunyoda yuzaga kelgan va hanuzgacha davom etayotgan pandemiya nafaqat odamlar salomatligiga, balki milliy iqtisodiyotlarning rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu jahonning qariyb barcha mamlakatlarida infeksiya tarqalishidan himoyalanish maqsadida bir qator cheklovlar hamda karantin tadbirlari joriy etilishi natijasida iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan ko‘plab yirik kompaniya va korxonalarda ishlab chiqarish sur’atlari hamda aholi bandlik darajasi keskin pasayishi kabi holatlarda namoyon bo‘ldi. Eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ham ishlab chiqarish va iste’mol hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish zanjirlari hamda savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida xom ashyo tovarlari narxining pasayishi va kon’yunkturaning yomonlashuviga olib keldi. 
Mazkur omillar global iqtisodiyotning bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham muayyan darajada ta’sir qilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni taqozo etdi. Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, maqsadli cheklov choralarini qo‘llash natijasida iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatiga imkon yaratildi, shuningdek, ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bojxona boji va soliq to‘lovlari bo‘yicha imtiyozli tizim joriy qilindi. Mazkur chora-tadbirlar va yaratilgan qulay shart-sharoitlar milliy iqtisodiyotning nisbatan barqaror rivojlanishi hamda real sektor korxonalarining odatiy faoliyatga qaytishi va ishlab chiqarish hajmining ko‘payishida muhim rol o‘ynadi. Bu borada, Prezident tomonidan 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2020 yil 3 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2020 yil 27 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2020 yil 18 maydagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2020 yil 20 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik sub’ektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari qabul qilingani ayni muddao bo‘ldi.
O‘z vaqtida amalga oshirilgan ta’sirchan chora-tadbirlar tufayli mamlakatimizda pandemiyaning salbiy oqibatlariga qaramasdan ayrim davlatlarga nisbatan sezilarli darajada iqtisodiy o‘sishga erishildi. Xalqaro valyuta fondi (XVF) ma’lumotlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 2018 yilda 5,4 foizni, 2019 yilda esa 5,6 foizni tashkil etdi. Pandemiya ta’siri natijasida mazkur ko‘rsatkichning taxminan 0,7% gacha pasayishiga qaramay, XVF mintaqada YaIM o‘sishini 2025 yilgacha 5,5-6% darajasida prognoz qilmoqda. MDH davlatlari orasida O‘zbekiston 2020 yilda ijobiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolgan uchta davlatdan bittasi hisoblanadi, xususan, 2020 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda YaIMning o‘sishi 1,6 foiz, Turkmanistonda 5,9 foiz, Tojikistonda 4,5 foiz ko‘rsatkichda saqlanib MDHning qolgan mamlakatlarida esa, 2019 yildagiga nisbatan pasayish tendensiyasi qayd etilgan. Bu holatga pandemiya sharoitida mamlakatimiz hukumati tomonidan milliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim chora-tadbirlar qo‘llanishi ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar tufayli sanoat bo‘yicha mehnat unumdorligining jadal o‘sishiga erishildi. Bunga birinchi navbatda, eksport qiluvchi korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning barqaror faoliyatini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektorida resurs bazasini kengaytirish va investitsiyaviy faollikni oshirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar sabab bo‘ldi. Shu o‘rinda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni saqlashga xizmat qiluvchi asosiy omillarga to‘xtalib o‘tamiz (1.1-jadval).

Download 93,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish