O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
Qo‘lyozma huquqida
UDK: 6.03.2:658(2345)
MAGISTRATURA BO‘LIMI
Rustamova Shoxista
«Tarmoqlar iqtisodiyotini shakllanishi va rivojlanishida jahon tajribasi va undan O‘zbekiston sharoitida foydalanish imkoniyatlari»
5А230108 –«Monopoliya» mutahassisligi bo‘yicha
Маgistr
аkademik darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTATSIYA
Ilmiy rahbar: DSc Bobonazarova J.
Ilmiy maslahatchi: i.f.d Xatamov O.
Т ОSHKENT-2021
Mundarija
DISSERTATSIYA 1
Dissertasiya Termiz Davlat Universiteti “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasida bajarilgan
Ilmiy rahbar _______ i.f.d. prof.Bobanazarova J.X.
Imzo Ilmiy darajasi va unvoni familiyasi, ismi, sharifi
Kafedra mudiri ________ _____________________________
imzo Ilmiy darajasi va unvoni familiyasi, ismi, sharifi
Magistratura bo’limi boshlig’i ________ _____________________________
imzo Ilmiy darajasi va unvoni familiyasi, ismi, sharifi
KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, raqobatbardoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarmoqlar iqtisodiyotini shakllanishi va rivojlanishi, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat yuritayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshiriladi.
Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta’minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o‘rin tutadi. Mamlakat xalq xo‘jaligi juda ko‘p tarmoq va sohalardan iborat bo‘lib, ularning rivojlanishi bir-birini taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib, o‘z iste’molchisini topadi. Masalan, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ko‘pchilik qismi (paxta, g‘alla, pilla, sut va h.k.) sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi va iste’molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O‘z navbatida sanoatning ishlab chiqarish vositalari yaratadigan sohalarining mahsulotlari xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida unumli iste’mol qilinadi. Bu ularning bir-biriga bog‘liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi.
Jahon iqtisodiyotining tarkibiga quyidagi elementlar kiradi: tarmoq, takror ishlab chiqarish, hududiy, ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalar (kichik tuzilmalar). Tarmoq tuzilishi – bu iqtisodiy tarmoqlar o‘rtasidagi o‘zaro nisbat. Tarmoq – bir xil mahsulot beruvchi korxonalar guruhi. Tarmoqlarning quyidagi guruhlari ajratiladi: qishloq xo‘jaligi; kon sanoati; qayta ishlash sanoati; iqtisodiy infratuzilma; xizmatlar ko‘rsatish.
Iqtisodiyotning tarmoq tarkibi mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning real holatini aks ettiradi. Tarmoqlar tarkibi va ularni qayta qurish muammolari, ayniqsa, bir iqtisodiy bosqichdan boshqasiga o‘tish davrida, davlat iqtisodiy siyosatining asosiy muammolaridan biriga aylanadi.
Shu sababli, Prezident Sh.M.Mirziyoev - “...mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari tarkibi va hududlarning eksport salohiyatini yanada rivoj-lantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish so‘zsiz hal qiluvchi faoliyat yo‘nalishiga aylanishi zarur1” – deb qat’iy ta’kidlab o‘tdilar.
Bundan tashqari, respublikada aholi farovonligini oshirish va iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish maqsadida ishlab chiqilgan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning uchinchi ustuvor yo‘nalishida “...tarkibiy va institutsional o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash2” - deb belgilab qo‘yilganligidan, mamlakatimizda YaIMning tarmoq tarkibini takomillashtirish masalasi naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini anglash mumkin.
Respublikamizda tarmoq iqtisodiyoti rivojlanishini takomillashtirish, milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni diversifikatsiyalash jarayoni bilan birga davom ettirish iqtisodiy rivojlanish strategiyalarining ilmiy-uslubiy va amaliy asoslarini ishlab chiqish lozim bo‘lib, u mavzuning dolzarbligini belgilaydi hamda ilmiy-amaliy asoslangan xulosalar, tavsiyanomalar ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |