77
XULOSA VA TAVSIYALAR
Tevarak-atrofni o‘rganish narsa va hodisalarni idrok etish, o‘zini
qiziqtirgan masalalar to‘g‘risida fikr yuritish, o‘ylash, nutq o‘stirishni
rivojlantirishga yordam beradi.
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish ularga
ahloqiy tarbiya berish
vositalaridan biri bo'lib, bolalarning og'zaki nutqini o'stirish imkonini beradi,
bunda ularning so‘z boyligi o'sib, to'g'ri talaffuz etish malakasi ortib boradi,
ularda fikrni grammatik nuqtayi nazardan to'g'ri ifodalash ko'nikmasi
tarkib
topadi.
Maktabgacha ta’lim tizimining eng muhim sohasi bo‘lib barkamol avlod
asosan, ana shu bo‘g‘inda shakllanadi. Shunga ko‘ra maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda nutqni
rivojlantirish ham ta’limning eng muhim tarkibiy qismlaridan bo‘lib
hisoblanadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda tevarak -atrofni
kuzatish va undagi
voqea-hodisalarni anglash vositasida nutqni rivojlantirish quyidagi omillarni
hisobga olishni taqozo etadi:
- maktabgacha katta yoshdagi bolalarning yosh xususiyati,
ularning bilish
faoliyatida manbalarning qulayligi va so‘z zaxirasini boyitish;
-maktabgacha yoshidagi katta bolalar tevarak-atrofni o‘rganishda fikr va
jonli so‘z, ona tilining hissiy-estetik ma’no qirralarini his etish orqali amalga
oshirish.
- tevarak-atrofni o‘rganish jarayonida bolalarning
erkin nutq faoliyati
orqali amalga oshirish muhim va zarurdir.
- monologik va dialogik nutq malakasiga ega bo‘lish;
-o‘z suhbatdoshini tinglay olish va unga to‘g‘ri savol berish, savollarga
78
javob qaytarish, zaruriyatga ko‘ra tushuntira olish;
Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda
tevarak -
atrof bilan bolalarni ruhiy jihatdan rivojlantirishda, ularning madaniy
saviyasini, og‘zaki nutqni, jamoada so‘zlashishini
oshirilishida, tevarak -
atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat
qonuniyatlarini tushunib
olishlarida, maktabda muvaffaqiyatli o’qishlari uchun zamin yaratishda,
mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o’rgatishda, aqliy va axloqiy tarbiyani
amalga oshirishda, dunyoni, borliqni bilib olishda, xalqimiz madaniy merosini
o’rganishlarida asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.
79
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Mirziyoyev. SH ”Erkin va faravon, demokiratik O’zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz’’ T.O’zbekiston nashiriyoti 2016 yil
2. Mirziyoyev. SH “ Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga
quramiz ‘T.O’zbekiston nashiriyoti 2016 yil
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida».
2016 yil 29 dekabr PF - 2707 –sonli qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha
ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi
PF–5198-sonli Farmoni
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
Farmoni xarakatlar strategiyasi
6. Karimov I.A.«Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» 1997 yil
7. I.A.Karimov «Yusak ma’naviyat yengilmas kuch».T: “Ma’naviyat”
2008 yil,10-11b.
8. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Toshkent, 1997 yil
9. “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. Toshkent, 1997 yil 29
avgust
10. "Bolajon" takomillashtirish dasturi Toshkent 2017 yil
11. Babayeva D.R. “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi”, o’quv qo’llanma
TDPU. 2017 yil
12. “Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari” Toshkent.2017 yil.
13. “Sog’lom bola” davlat dasturi Toshkent “O’zbekiston” 2018 yil.
14. Sodiqova Sh. “Maktabgacha pedagogika” darslik. Toshkent.2017 yil.
15. Babayeva D.R “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi” darslik TDPU 2018
yil.
16. Qodirova F.R. Katta guruh uchun nutq o’stirish bo’yicha mashg’ulot
ishlanmalari, (metodik qo’llanma), Toshkent-2011
Do'stlaringiz bilan baham: