66
Oddiy matematik tushunchalarni kengaytirish, o‘zbek xalqining mustaqilligi xaqida
tushuncha berish. "O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i bilan tanishtirish. O‘zbek
milliy buyumlariga muhabbatlarini o‘yg‘otish. Naqsh elementlarini badiiy did bilan
chizishga o‘rgatish.
2. Mashg‘ulotga tayyorlanish:
Bolalar
soniga yetarli stol-stul, qogozlar, mo‘yqalam, suv, salfetka, yelim, qaychilar
tayyorlash.
3. Mashg‘ulotning tuzilishi:
1. Xafta kunlari, fasllar xaqida suxbat.
2. O‘zbekiston haqida so‘zlab berish.
3. Toshkent — O‘zbekistonning poytaxti suhbat.
4. Po‘lat Mo‘minning
≪
Mustaqillik
≫
,
≪
O‘zbekiston
≫
,
≪
Paxta
≫
she’rlarini
qaytarish.
5. Tasviriy faoliyatdan bilgan narsalarini chizdirish.
6. O‘zbekiston haqida maqol va ko‘shiqlar aytish.
7. Yakunlash.
IV. Mashg‘ulotnshpg borishi:
Bolalarga maqol aytish bilan mashg‘ulotni boshlash.
1. Bulbul chamanni sevar, odam - Vatanni.
2. Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas.
- Bolalar bugun haftaning qaysi kuni?
- Juma.
— To‘g‘ri, bugun haftaning juma kuni.
— Bolalar bir yilda necha fasl bor? (Bolalar javobi) tug‘ri.
- Xozir qaysi fasl? (javobi) tug‘ri.
“Kuz fasli haqida kim she’r aytib beradi?
≪
Kuz
≫
(SH.Sa’dulla).
≪
Kuz keldi
≫
(Uyg‘un). Juda yaxshi.
67
Bolalar siz yashayotgan o‘lkangizning nomi nima?
— O‘zbekiston Respublikasi.
— To‘g‘ri.
Men hozir sizlarga O‘zbekiston Respublikasi haqida so‘zlab beraman (bolalarga
O‘zbekiston va uning markazi Toshkent shahri haqida so‘zlab berish).
So‘ngra bolalarga O‘zbekiston, mustaqillik haqidagi tushunchalarni mustahkamlash
uchun savollar berish.
1. Yaqinda qanday bayram bo‘ldi?
2. O‘zbekistonning poytaxti qaysi shahar?
3. O‘zbekistonning qaysi joyiga sayohatga bordingiz?
4. Bayrog‘i qanday ranglardan iborat?
5. Qaysi madrasalarni bilasiz?
- Ko‘kaldosh madrasasi (javoblar).
6. Qaysi mehmonxonalarni bilasiz?
- «O‘zbekiston»,
≪
Chorsu
≫
,
≪
Toshkent
≫
mehmonxonasi. To‘g‘ri.
- Bodalar hozir o‘zingiz xohlagan rasmni chizasiz, bo‘yaysiz.
Bolalarni mashg‘ulot davomida rag‘batlantirib borish, co‘ngpa do‘ppi yasagan
boladan do‘ppi daqida she’r aytishni so‘rash.
V.
≪
Do‘ppi kiygan bola
≫
(Qambar O‘tayev she’ri).
Do‘ppisini kashtasida
Aks etadi to‘lim yey,
Tepasida
nur sochib
Tutar go‘yo so‘lim oy.
Do‘ppi kiygan bolaning
Yo‘llari erkinlikdir
Do‘ppi kiygan bolaning
Odobi qimmatlidir.
68
Juda yaxshi she’r aytding, rahmat (bolalar javoblari rag‘batlantiriladi). Mana bu siz,
bolalar, chiroyli qilib, bayroq, paxta shaklini chizdingiz. Chamanda gul qilib do‘ppini
naqshlar bilan bezatdingiz. Gul va naqshlarni kiyib, do‘ppiga yopishtirdingiz.
Rahmat, bolajonlarim, endi qo‘shiq eshitamiz (agarda vaqt qolsa
≪
Xolam mehmonga
keldilar
≫
xalq milliy o‘yinini o‘ynash bilan yakunlash).
«
Do'stlaringiz bilan baham: