47
3-BOB. TAJRIBANI TASHKIL ETISH VA NATIJALAR TAXLILI.
3.1. MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNING TEVARAK-
ATROFNI BILISHDA NUTQINI RIVOJLANTIRISH USULLARINI
O’RGANISH
Maktabgacha ta’lim muassasasining tajriba guruhi qilib tanlangan
katta guruh
(5-6 yoshli) tarbiyalanuvchilarida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda
tevarak-atrof bilan tanishtirish ishlari olib borildi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni atrof-olam bilan tanishtirish darajalarini
aniqlash maqsadida Surxondaryo viloyati, Termiz shahar Maktabgacha ta’lim
bo’limiga qarashli 23 - Maktabgacha ta’lim muassasasi katta guruhi (5-6 yoshli)
tarbiyalanuvchilarida atrof-olam haqidagi tasavvurlarini shakllanganlik darajasini
aniqlashga oid kuzatish ishlari turli xil mashg‘ulotlar jarayonida olib borildi.
Ma’lumki, pedagogik texnologiya deganda o‘quv- tarbiya jarayonini oldindan
ma’lum tizimda uzviy loyihalash, ma’lum pedagogik tizimning hayotda amalga
oshiriladigan
loyihasi, qurilishi degan ma’no tushuniladi. Shu nuqtai nazardan
qaraganda maktabgacha katta yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirish ham ma’lum
pedagogik tizimning loyihasidir. YA’ni bolalarda nutqni rivojlantirish maqsadi,
mazmuni, tarbiya metodlari, shakllari va vositalari ifodalangan bir butun tizim
texnologiyasidir. Biz hozirgi davr talabi darajasida
maktabgacha katta yoshdagi
bolalar nutqini o‘stirishning bir butun tizimi, mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlarini
aniqladiq hamda eng yangi talablar darajasida uni amalga oshirish metodlari,
shakllari va vositalari texnologiyasini ishlab chiqdik.
Nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq ya’ni bolalar bilan so‘zlashishdir.
So‘zlashish og‘zaki nutqning eng oddiy shakli bo‘lib, unda bola o‘zini tutishi, ko‘z
48
qarashi, hatti-harakati,
ovozining past-balandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga
olinadi. So‘zlashish — dialogik nutq asosan, kattalar yordamida amalga oshiriladi va
u ayniqsa, tevarak-atrofni bilish jarayonida yaxshi natijalar beradi. Jumladan, jamoat
joylarida, ko‘pchilik o‘rtasida nutq madaniyatiga rioya etishga e’tibor qaratiladi.
Bunda bir-birining nutqini to‘ldirib borish, tuzatishlar kiritish, so‘rash, so‘rab
bilib olish dialogik nutqda o‘rgatishning usullari sanaladi.
Ma’lumki, muloqot ikki shaklda erkin va maxsus tayyorlangan
mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Kundalik hayot va taassurotlar asosida
uyushtiriladigan muloqot erkin muloqot bo‘lib, yo‘l-yo‘lakay o‘tkazilsa-da, bola
nutqining ifodali bo‘lishiga
yordam beradi, ularda jumlalarni grammatik jihatdan
to‘g‘ri tuzish malakalarining paydo bo‘lishiga, so‘z zaxirasining boyishiga olib
keladi. Shu bilan nutq malakasining o‘zlashtirilishiga zamin bo‘ladi. Bolalarda
ko‘proq guruh bilan qilingan sayrlarda tevarak-atrofni kuzatib,
tarbiyachisi va
do‘stlari bilan so‘zlashadi, uyda esa oila-a’zolari bilan muloqot natijasida nutqi
shakllana boradi. Maxsus tayyorlanadigan muloqotlar esa dastur asosida muayyan
mavzular bo‘yicha uyushtiriladi. Masalan, maxsus tayyorlangan suhbatlar
quyidagicha tuziladi: dastlab mavzu belgilanadi, uning maqsadi, vositalari aniqlanadi,
savollar tuziladi. Lekin bularning har biri—Nimaga? Nima uchun? Nimadan?
Qanday qilib? kabi izlanuvchi va muammoli savollar tarzida bo‘lishi zarur. Shu bilan
birga, savollar umumlashtiruvchi xarakter kasb etishi ham mumkin. Bunda muloqot
mashg‘uloti suhbat, muqaddima, asosiy qism va xulosadan iborat bo‘ladi.
≪
Do'stlaringiz bilan baham: