Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
Til jamiyat taraqqiyotiga qanday ta’sir etadi?
Til va tafakkur, til va nutq tushunchalarini farqlay olasizmi?
Til haqida donolar nimalar deyishgan?
Alisher Navoiyning «Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz» degan hikmatli iborasini tushuntirib bering.
A D A B I Y O T L A R :
1. A b d u l l a ye v M. Ma’naviyat va iqtisodiy tafakkur // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 2000 yil 28 iyul.
2. Ne ‘ m a t o v H., R a s u l o v R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – O‘qituvchi, 1995.
3. S o d i q o v A., A b d u a z i z o v A., I r i s q u l o v M. Tilshunoslikka kirish. – O‘qituvchi, 1981.
4. X a y r u l l a ye v M., H a q b e r d i ye v M. Mantiq. – O‘qituvchi,1993.
MAVZU. O‘ZBEK MUNSHAOTI TARIXI, UNING AN’ANALARI
O‘z Vatani, ona xalqini ravnaq toptirish uchun o‘zini ayamasdan mehnat
qilish: bu- jasorat va mardlik, bu- ona yurtga muhabbat va sadoqat, bu to‘g‘ri tarbiya va amaliy namuna demakdir.
Shavkat Mirziyoev.
REJA:
1.Munshaot tarixining davlatchilik tarixi bilan bog‘liqligi
2.Turkiy davlatchilikning boshlang‘ich davrlarida ish yuritishning og‘zaki shakli
3.Yozuv va musulmon huquqining paydo bo‘lishi bilan ish yuritish hujjatlarining takomillashuvi
4.Tarxon yorlig‘i, vaqfnoma, vasiqa singari hujjatlarning mazmuni
5.Sobiq ittifoq davrida o‘zbek tili va ish yuritish hujjatlari.O‘zbekiston Respublikasidagi hozirgi ish yuritish tizimi ilk turkiy davlatchilikdagi munshaotning bevosita vorisi ekanligi.
Tanyach so‘z va iboralar: adolatpesha qonunlar majmui, o‘rxun-enasoy, sug‘d, eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlar, yozma manbalar, yorliq farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznoma, vasiqa, lisoniy qolip, patta, ish yuritishni o‘zbekchalashtirish, munshaot, davlat, o‘zbek davlatchiligi, og‘zaki nutqiy me’yorlar, an’anaviyliq turkiy hoqonliklar hujjatlari.
Hujjatlar kechagina paydo bo‘lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan.
Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750 yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094 yillar)ning qonunlari va boshqa manbaalarning mavjudligi hujjatlar deb ataladigan tartibot vositalarining nechog‘li olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi. Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning almashina borishi, aniqrog‘i, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning takomillasha borishi barobarida hujjatlar ham takomil topib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o‘rxun-enasoy, sug‘d, eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko‘plab hujjatlar, umuman, yozma manbaalar ma’lum.
O‘zbek munshaoti tarixining shakllanish ildizlarini o‘zbek davlatchiligi tarixidan izlash lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |