Polbop sopol materiallar. Polbop sopolga-g‘isht, plitalar va koshinlar kiradi. Sopol plitalar 15 turda, uchburchak, to‘rtburchak, oltiburchak, sakkizqirrali holda ishlab chiqiladi. Polga ishlatiladigan sopol plitalarning suv shimuvchanligi 4% (massa bo‘yicha), yeyiluvchanligi 0,1 g/sm2 dan oshmasliki kerak. Sopol quvurlar. Sopol quvurlar zich, zarralari uyushib qotgan, sirti sirlangan va sirlanmagan va turli o‘lchamlarda (diametri 50 dan 600mm gacha) bo‘lishi mumkin. Sopol quvurlar xom ashyosiga shamot, ba’zan kvars qumi kukuni qo‘shiladi.
quvurlar maxsus presslarda zichlashtirilib qoliplanadi. Ularning suv shimuvchanligi 9-10% atrofida. Asosiy yodgorliklari restavratsiyasida sopol asosiy material bo‘lgani uchun, zarurat bo‘lsa GOSTda ko‘rsatilmagan buyum va qismlarini maxsus sexlarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozimdir. Bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini va chet ellar bilan xamkorlikni kuchaytirish zarur.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |