Sopol materiallar va buyumlar texnologiyasi. Sopol materiallar xom ashyosining hamma joyda mavjudligi, mustaxkamligi, jonzodlarga beziyonligi, bino va inshootlarning barcha joylarida ishlatish imkoniyati borligi, ularning 1000 yillar davomida qurilishning asosiy materiali bo‘lganini taqazo etgan. Ular fizik-mexanikaviy xossalari, shakli, ishlatish sohalari jixatidan hilma-hil bo‘lsada, texnologiya jarayonlari deyarli bir hil: soztuproqni qazib olish; maydalash (kukun); loy tayyorlash; qoliplash; quritish; pishirish va sovutish. Devorbop sopol materiallar. Odatda g‘isht zavodlari mahalliy soztuproq asosida g‘isht, sopol bloklar ishlab chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi g‘isht zavodlari 250´120´65 mm, 250´120´88 mm. va maxsus sexlar 250´250´50 mm. o‘lchamdagi g‘ishtlarni ishlab chiqaradi.
Sopol g‘isht GOST talablariga javob berib, 200,150,125,100 va 75 markalarda (KGS/sm2) ishlab chiqariladi. /ishtning suv shimuvchanligi kamida 8%, o‘rtacha zichligi 1700-1900 kg/m3, kamida 15 sikl sovuqqa chidamli bo‘lishi kerak.
Arxitektura yodgorliklarini tiklashda g‘ishtga qo‘yilgan talab yanada yuqori bo‘lishi lozim. Unga fizik-mexanikaviy xossalari bo‘yicha talablardan tashqari, sifati, yuzasi, rangi, yoriqlar bo‘lmasligi va sh.k. talablarga ham javob berishi kerak. Bu o‘rinda Ko‘kterak g‘isht zavodida (Toshkent viloyati) amalga oshirilgan ishlar o‘rinlidir. Bu zavod GFR “Bauxaus” universiteti, Fulda restavratsiya ilmiy-texnik markazi va TAqI “qurilish materiallari” kafedrasi olimlari bilan xamkorlikda kaolin bilan boyitilgan (5% atrofida) soztuproq asosida yuqori
sifatli, mustaxkam (Rsiq³75 KGS/sm2) bino va inshootlarni ta’mirlashda ishlatiladigan g‘isht ishlab chiqarmoqda (
Yuqori sifatli g‘ishtni qamashi g‘isht zavodi ham GFR investitsiyasi asosida 2001 yildan boshlab (yiliga 10 mln.dona) ishlab chiqara boshladi. Bu zavodlar g‘ishti O‘zbekitson Respublika bino va inshootlarni ta’mirlashda ishlatish maqsad qilib qo‘yilgan va bu tizimdan foydalanib “Osiyo” g‘ishtlari, terrakotalar, sirli va sirlanmagan, rangli va rang berilmagan sopol koshinlar, plitalar va toshlar ishlab chiqarish mumkin. Koshinlash materillari. Koshinlar mustaxkam, nam o‘tkazmaydigan, sovuqqa chidamli, asosga yaxshi yopishadigan, quyosh nuri va issiqqa bardoshli, chiroyli bo‘lishi va arxitektura yodgorliklarida avval ishlatilgan koshinlariga mos tushishi zarur.
Bino va inshootlarni koshinlashda koshin g‘ishtlari, bloklari va plitalari ishlatilishi mumkin. Koshin g‘ishtlari ishlatilishi mumkin. Koshin g‘ishtlari va bloklarining sirti silliq, taram-taram novli va naqshdor bo‘lishi mumkin. Koshinlash plitalari yassi, burchakbop va ravoqbop qilib ishlab chiqariladi. Kichik o‘lchamli fasad plitalarining
sirtiga-ajratilgan yuzasi silliq yoki naqshdor, rangli, sirlangan va sirlanmagan devorga yopishtiriladigan tomoni o‘yiq-o‘yiq bo‘ladi.
Ichki pardoz sopol materiallari suv shimmaydigan, mustaxkam, polboplari esa zarbga chidamli, yedirilishga bardoshli bo‘lishi lozim.
GOST bo‘yicha 30 hilga yaqin plitalar turli o‘lchamlarda, qalinligi esa 6 mm. dan qilib ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |