Moylovchi materiallar va ularning vazifasi. Ishqalanish yuzalarini moylashga xizmat qiluvchi materiallar moylovchi materiallar deyiladi. Moylar detallarning korroziya bardoshligini oshirish, yeyilishni kamaytirish va ekspluatatsion muddatini uzaytirish uchun xizmat etadi. Moylar suyuq, qattiq va aralashma bo‘ladi. Suyuq moylarga mineral, o‘simlik, hayvon moylari kiradi. Mashinasozlikda ko‘p foydalaniladigan moy mineral moylardir. Ular bilan bir qatorda sovun aralashtirilgan qattiq moylar (solidol, tavot,texnik vazelin) dan ham foydalaniladi. Aralashmali moylarda sovundan tashqari grafit, talk, slyudalar ham bo‘ladi. Moylarni tanlashda ishqalanuvchi detallar konstruksiyasiga, ish sharoitiga (nagruzka, temperatura, muhit), o‘zaro ishqalanuvchi materiallarga qaraladi. Moylarning asosiy xarakteristikaga qovushoqligi, alangalanish temperaturasi kiradi. Eng yuqori qovushoq moy mineral moyi bo‘lib, uning qovushoqligi 17–22 Pa dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |