O’QUV USTAXONASIDA O’TKAZILADIGAN PRAKTIKUM TOG‘RISIDA MA’LUMOTLAR
Slesarlik o‘quv ustaxonasida o‘tkaziladigan praktikumda ishlatiladigan asosiy material metalldir. Metall buyumlarni slesarlik praktikumlarida studentlar tayyorlashlarida metall-ni termik ishlaydigan stanoklarning tarixi haqida ularni ta-nishtiradigan bo‘lsak, birinchi navbatda parmalash stanoklari hamda silindrik detallarni tayyorlaydigan stanoklar haqida gapiriladi. 1672 yilda Peterburg shahrida rus slesar-mexani-gi Andrey Konstantinovich Nartov dunyoda birinchi bo‘lib metall qirqadigan tokarlik stanogi yasadi. 1766 yilda rus mexanigi, kon ishlari masteri Ivan Ivanovich Polzunov bug‘ mashinasi ixtiro qildi va yasadi. Sanoatda ishlatish uchun mo‘ljallangan bu eng birinchi dvigatel ikki silindrli bug‘ mashinasidan iborat bo‘lib, zavoddagi ko‘pgina mashina va mexanizmlarni bir yo‘la haakatga keltira olar edi. Mashina dvigateli ishlab chiqarishda slesarlar o‘z o‘rinlarini asta-sekin stanokchi ishchilarga, ya’ni tokarlar, pardozlovchilarga, sozlovchilarga va boshqalarga bo‘shatib berdilar.
Keyin esa mashinasozlik zavodlarini tiklash, rekonstruksiya qilish hamda yangi zavodlar qurish ishlari boshlab yuborildi. Keyingi yillarda yrvet injener va texniklari metall ishlashning yangi usullarini ishl.ab „chiqdilar va bu usullar hozirgi paytda slesarlik o‘quv ustaxona praktikumida studentlarning amaliy mashg‘ulotlarida qo‘llana boshladilar: metallni elektr uskuna bilan ishlash usu-li shular jumlasidan bo‘lib, bu usul har qanday qattiq metallni ham kesuvchi asbobsiz ishlashga imkon beradi.
CHILANGARLIK O’QUV USTAXONASIDA O’TKAZILADIGAN ISHLARNING TURLARI.
Slesarlik o‘quv ustaxonasida o‘tkaziladigan praktikumda me-tallar turli slesarlik asboblari yordamida sovuq holatda ishlanadi. Slesarlik o‘quv ustaxonasida o‘tkaziladigan praktikum ishlari. rejalash, yo‘nish, to‘g‘rilash va qaychi bilan qirqish, egov-lash, parma bilan teshish, teshikni zenkovka qilish va yo‘nib kengaytirish, rezba qirqish, parchinlash, shaberlash, pritirka qilish va moslash, kavsharlash, qalay yugurtirish va hokazo tex-nologik protsesslarni o‘z ichiga oladi.
Studentlar metalldan slesarlik usulida buyum yasaganda yoki ishlaganda eng muhim slesarlik ishlarini ma’lum bir tartibda bajaradilar. Bundan maqsad studentlarni metall parchasini (zagotovkani) chizmada ko‘rsatilgan holatga keltirishga o‘rgatish-dir. Dastlab metalldan zagotovka tayyorlash yoki uni tuzatish (qirqish, to‘g‘rilash, egish) ishlari bajariladi; bu ishlar tayyor-garlik ishlari deb ataladi.
Slesarlik o‘quv ustaxonasida o‘tkaziladigan praktikum ishla-rida barcha studentlar ko‘rgazma buyumlar tayyorlashda va, xusu-san, modellashda qatnashadilar.
Har xil buyumlarni va ko‘rgazmali qurollarning detallari donalab tayyorlanadigan praktikumlarda studentlarning texnik bilimi, ko‘nikma va malakalari bo‘lishi, ya’ni detal yasashda prosesslarni to‘g‘ri bajarish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |