ISHNI BAJARISH TARTIBI:
Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Chilangarlik arralari haqida umumiy ma’lumot.
Ishdan maqsad.
Chilangarlik arralari turlari tuzilishi, ishga sozlash , arralash usullari. bolg’alar: tuzilishi, ishga sozlash zubilo va kreytsmeysel: tuzilishi, ishga sozlash, qirqish va tarashlash usullari. zubilo yordamida qirqish. egovlarning turlari, tuzilishi, ishlatilishi, egovlash tartibi o’rganish ish malakasi hosil qilish.
Ishni bajarishga doyir ma’lumotlar:
Metall kesish arrasining tuzilishi va islatilishi.
Metallar uchun ishlatiladigan dastarralar qalin metall listlarni ko‘ndalang kesish yuzasi doira shaklidagi materiallar-ni arralash va oraliq ochishga xizmat qiladi.
Metall kesish arrasi (1.12- rasm) ramkasiga (1) polotno (2) o‘rnatiladi. 1-рамка, 2-даста, 3-полотно думи, 4-полотно,
Ramkaning bir tomonida qo‘zg‘almas tarang-lash qurilmasi bo‘lib unga dasta (3) kiygiziladi. Ikkinchi tomondan qo‘zg‘aluvchi qurilma (5) tortuvchi vint bilan (7) ya’ni quloqli gay-ka (6) bilan mahkamlanadi. Metall kesish arrasining polotnosi tarang tortilishi uchun uni vintli quloqcha yordamida buraladi. Arra-ning tishlari ishlovchida teskari tomonga yo‘na-ladi. Dastarraning U10, U10A, U12M markali polotnosini o‘rnatish tartibi 1.12-rasmda ko‘rsatilgan.
Arra bilan aylana detallarni kesishda ularni tiskiga mahkamlashdan oldin tiskining lablariga yog‘och taxtalar qistiriladi va arra polotnosini 45° burchak ostida o‘rnatiladi. Tiski bilan o‘quvchi turgan oraliq 15—20 sm bo‘lishi kerak, o‘quvchi chap oyoqqa tayanib, o‘ng oyog‘ini 60°—70° burchak ostida qo‘yib, gavdani to‘g‘ri tutgan holda arralaydi.
Kesish protsessida arrani gorizontal holda tutish va unga erkin bosim kuchi berib, ikkala qo‘lni barobar harakatlantirish lozim. 0,1 mm li metallni kesishda
1kg bosim kuchi kerak bo‘ladi. Kesish oxiriga yaqinlashganda tortish sekinlashtiriladi. Arra qizib ketmasligi uchun unga suv yoki boshqa suyuqlik tomi-zib turish kerak.
Aylana va trubalarni kesishda yog‘och tagliklardan ham foydalaniladiki, trubani kesishda uni aylantirib turish kerak, aks holda polotno sinishi mumkin.
Ishlashda zagotovkani tiskiga ishonchli mahkamlash, buzuq arradan foydalanmaslik, polotnoni nojovkaga to‘g‘ri o‘rnatish kerak. Metall qirindilarini aslo, puflab tozalab bo‘lmaydi, u kishining ko‘ziga tushishi mumkin, bunday holda metall cho‘tka-lardan foydalanish zarur.
O‘quv ustaxonasida o‘tkaziladigan chilangarlik amaliy mashg‘ulotlardatalabalarning eng ko‘p ishlatiladigan asboblari uning yonida bo‘lishi hamda dastgoh g‘aladonida saqlanishi lozim. Chilangarlik o‘quv ustaxonasida ishlaganda studentning ish o‘rnida doimiy tu-radigan asboblar qatorida bolg‘a, zubilolar, kreytsmeysel, egovlar, shaberlar, otvyortkalar, gayka kalitlari, abraziv qayroqlar turishi kerak.Chilangarlik ishlarida bolg‘alarning 1.13-rasmda ko‘rsatilgan ikki xili:
dumaloq muhrali va kvadrat muhrali turlari ishlatnla
1.13-rasm. Dumaloq va kvadrat muhrali sle-sarlik bolg‘alari
Bolg‘alar U7, U8 markali uglerodli po‘latdan yasaladi va ishlatiladigan qismlari
toblanadi hamda jilolanadi. Bolg‘aning sopi qattiq yog‘ochdan (buk, qayin,
zarangdan) yasaladi. Sopining uzunligi bolg‘aning og‘irligiga qarab har xil bo‘ladi. Bolg‘aning og‘irligi 400, 500, 600, 800 grammgacha, sopining uzunligi 350, 380, 430 mm gacha bo‘ladi. Bolg‘ani ishlatganda sopining oxi-ridan 15—30 mm qoldirib o‘ng qo‘l bilan qisib ushlash kerak.
1.14-rasm. Zubiloning umumiy ko‘rinishi
Zubilo asosan ishlanayotgan detalning sirtidan metallni tarashlash, zagotovkalarni qirqib buklash, tunukadan zagotovka qirqib olish, teshik va ariqchalar ochish, metalldagi g‘adur-budur va hokazolarni tozalash uchun ishlatiladi (1.14- rasm).
Zubilo uch qismdan — ish qismi, o‘rta qismi va zarb tushadigan qismdan iborat. Zubilolar U7A markali uglerodli asbobsozlik po‘latidan tayyorlanadi. Ish qismi 300 mm uzunlikda toblanadi. Zubiloning o‘lchami davlat standarti bilan belgilanadi.
Kreytsmeysel zubiloga o‘xshash asbobdir, lekin ish qismi nayza shaklida bo‘lishi hamda kesuvchi qirrasi birmuncha ensizroq bo‘lishi bilan zubilodan farq qiladi. Kreytsmeysellar U7A mar-kali asbobsozlik po‘latidan qilinadi va zubilo singari toblanadi.
Egovlar ham kesuvchi asboblardan hisoblanadi. Ular o‘lchami va profili har xil bo‘lgan hamda ish yuzasiga tishlar o‘yilgan polosa, brusok yoki chiviqdan iboratdir. Egovlar profiliga, tish-larining shakliga va qanday joylashganligiga hamda o‘lchamla-riga qarab xilma-xil bo‘ladi. Egovlar yassi, kvadrat, uch qirrali yarim yumaloq, yumaloq va maxsus egovlarga bo‘linadi. Egovlar X4 U8, U18 markali uglerodli asbobsozlik po‘latidan yoki SHX6, SHX9 va X315 markali xromli po‘latlardan tayyorlanadi (1.15-rasm).
Shaberlar bir uchida kesuvchi qirrasi bo‘lgan ko‘ndalang kesimi to‘rt burchaklik yoki burchaklik shaklidagi ensiz po‘lat parchasidan iborat
(1.16-rasm). Shaberlar U12, U12A markali uglerodli asbobsozlik po‘latidan tayyorlanadi, ularning ish qismi 30 mm uzunlikda toblanadi.
Otvyortkalar kallagida ariqchasi bo‘lgan burama mixlarni burab mahkamlash va burab bo‘shatish uchun ishlatiladi.
Gayka kalitlari oddiy va ochiladigan bo‘ladi hamda gayka boltlarni burab bo‘shatish uchun ishlatiladi. Kalitni gaykaga kiygizganda ular o‘rtasida
0,1—0,3 mm oraliq qolishi lozim.
Abraziv brusok (qayroq)lar kesuvchi asboblarni qayrash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |