Ishni bajarish uchun zarur jixozlar,materiallar va asboblar:
Chilangarlik asboblari (Bolg’a,qaychi,tunika list zagatovkalarkantrol o’lchov asboblari ) va amaliy ishlarning ish chizmalari,chilangarlik tiskilari.
Amaliy ishni bajarishdagi hisobatlarga quyidagilar kiritiladi:
1. Chilangarlik o‘quv ustaxonasini jihozlanishi va ish o’rinlarining tashkil etish.
2. Chilangarlik tisklari turlari, tuzilishi, ulardan foydalanish usullari.
3. Chilangarlik o‘quv Turba (silindir) tayyorlashda texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish tozaligi mavzulari boyicha refarat tayyorlash.
Mustaqil ta'lim uchun topshiriqlar
Metallarga termik ishlov berish.Detallarning mexanik xossalari o’zgartirish usullari.
Nazorat uchun savollar:
1Chilangarlik ustaxonasining jihozlanishi va ish o’rinlarin deb nimaga aytiladi?
2. Chilangarlik tisklari turlari, tuzilishi, ulardan foydalanish usullari haqida malumot bering?
3.Turba (silindir)va banka tayyorlashda qanday ish ketmaketligi bajariladi?
CHILANGARLIK
Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Chilangarlik kontrol-o’lchov va rejalash asboblari, Chilangarlik qaychilari haqida umumiy ma’lumot.
Ishdan maqsad:
Chilangarlik kontrol-o’lchov va rejalash asboblari: turlari, tuzilishi, ishlatilishi, Chilangarlik qaychilari: tuzilishi, ishga sozlash, qirqish usullari o’rganish
ish malakasi hosil qilish.
Ishni bajarishga doyir ma’lumotlar:
KONTROL-O’LCHASH ASBOBLARI
O’‘quv ustaxonasi praktikumida asosiy ish asboblaridan tashqari detallarning o‘lchamlarini belgilash va tekshirish (kontrol) o‘lchash asboblari bo‘lishi zarur. Masshtabli lineyka, ruletka, shtangensirkul, nutromer, go‘niyalar, malkalar shular jumlasidan. Lineykaning uzunligi 150, 300, 500 va 10 000 mm , eni
15 dan 35 mm gacha, qalinligi 0,3 dan 1,5 mm gacha bo‘ladi. Masshtabli lineykalar U7 yoki U8 markali uglerodli asbobsozlik po‘latidan tayyorlanadi
Ruletka to‘g‘ri chiziqli katta o‘lchamlarni o‘lchash uchun ishlatiladi. Ruletka uzunligi 1, 2, 5, 10, 15, 20, 25 m keladigan po‘lat tasmadir (1.7-rasm).
1.7- rasm. Ruletka.
Shtangensirkul to‘g‘ri shakldagi buyumlarni tashqi va ichki tomondan aniq o‘lchash uchun xizmat qiladi. Bu o‘lchash asbobi shtangadan, ikkita juft jag‘ (qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas jag‘lar) hamda korpusdan iborat (1.8- rasm).
1.8-rasm. Shtangensirkul:
1, 2- tashqi diametrni o‘lchaydigan qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas jag‘lar,
3, 4- ichki diametrni o‘lchaydigan jag‘lar, 5- ramkani mahkamlovchi vint,
6- qo‘zg‘aluvchi ramka, 7- chuqurlik ulchagich, 8- millimetrlarga bo‘lingan shtanga, 9- nonius.
Kronsirkul va nutromer detallarning to‘g‘ri chiziqli o‘lchamini olish va uni masshtab lineykada hisoblab chiqish uchun xizmat qiladi. Detallarning tashqi tomoni kronsirkul (1.9-rasm, a) bilan ichki tomoni esa nutromer (1.15-rasm b) bilan o‘lchanadi.
1.9- rasm.
a - odatdagj va prujinali kronsirkul, b-oddiy va prujinali nutromer.
Kronsirkul va nutromer bir-biridan oyoqchalarining shakli bilangina farq qiladi. Kronsirkul bilan nutromer U7, U8 markali po‘latdan yasaladi; ularning o‘lchaydigan uchlaridan tax-minan 200 mm qismi toblanadi.
Burchaklik (ugolnik)lar ichki va tashqi to‘g‘ri burchaklarni tekshirish uchun ishlatiladi (1.10-rasm)
Go‘niyalar asbob yasaladigan 18 markali uglerodli po‘latdan yoki XG markali ligerlangan po‘latdan yasaladi va toblanadi.
.
1.10-rasm. Burchaklik.
Transportir bu chiziqlar bilan 180 ta teng qismga bo‘lingan yarim
Burchaklarni o‘lchash uchun transportir va uglomer asboblari ishlatiladi.
doira shaklidadir. Yarim doiraning markazi 0 kertigi bilan ko‘rsatib qo‘yilgan. Transportir bilan burchak o‘lchashga 0 kertikni burchakka shunday qo‘yish lozimki, burchakning uchi transportirning markazida burchakning bir tomoni esa ichki yarim doiraning asosi chizig‘ida yotsin. Shundan so‘ng burchakning ikkala tomoni ora-sida graduslar uning yarim doira asos chizig‘ida yotgan tomondav boshlab, transportirning shkalasidan sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |